140
tezkorlik bilan koʻrsatilsa yaxshi. Agarda bu imkoniyat boʻlmasa unda nima qilishi
kerak? Shunda vrachga ekspert tizimlar yordamga kelishi mumkin.
Aytaylik shunday tizim bor boʻlsin. Shifokor unga maslahat uchun
murojaat qiladi. Ular orasida quyidagi muloqot boʻlib oʻtadi:
-Shifokor - Menga yordam kerak. Quyidagi kuzatilgan alomatlar... boʻyicha
kasallikni aniqlash kerak.
-ET - Toʻliq tushunib olishim uchun men quyidagi ma‘lumotlarni... bilishim kerak.
-Shifokor - Bu ma‘lumotlar bunaqa...
-ET - Kasalda bunday... narsalar kuzatilmayaptimi? Va shunga oʻxshash muloqot
davom etadi. Muloqot oxirida ET shifokorga qoʻyilishi kerak boʻlgan diagnoz
boʻyicha oʻz fikrini aytadi. Agarda bitta echim qabul qilish uchun ma‘lumotlar
etishmasa, ET shifokorga diagnozlar tuplamini beradi. Tizimdan zarur xabarlarni
olib, shifokor kasalni davolash kursi boʻyicha yakunlovchi qarorni qabul qiladi.