• 3.3. Billing tizimlari Tayanch soʻzlar.
  • Nazorat savollari va topshiriqlari




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/76
    Sana01.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #129371
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
    Nazorat savollari va topshiriqlari.
    1. ―Sun‘iy intellekt‖ fani nimalarni oʻrganadi? 
    2. ―Su‘niy intellekt‖ atamasi qachon taklif qilingan edi? 
    3. ―Qora kuti‖ kibernetikasining asosida nimalar yotadi? 
    4. Neyrokibernetikaning asosiga nimalar qoʻyilgan? 
    5. Sun‘iy intellekt tizimlarini rivojlanishining bosqichlarini sanab bering? 
    6. Intellekt tizimlar qanday turlarga boʻlinadi? 
    7. Qanday ADPni intellektual deb ataydilar? 
    8. Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi (AUT) nima? 
    9.
    Ekspert tizimi nimadan iborat?
    10. 
    Predmetli sohada bilimlarni kimlar tarkiblashtiradi? 
     
    Mustaqil ish topshiriqlari 
    1. ET axborot texnologiyasining xarakteristikasi va vazifalari nimalardan iborat? 
    2. ET axborot texnologiyasining asosiy yasovchilarini izoxlab bering. 


    149 
    3.3. Billing tizimlari 
     
    Tayanch soʻzlar. Billing tizimi, IP-telefoniyada, ma‘lumotlar bazalarini 
    boshqarish tizimi, avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimi. 
    Billing tizimi (inglizcha bill – hisobvaraq, billing – hisobvaraq yozib berish) 
    – telekommunikatsiya operatorlari tomonidan abonentlarga hisobvaraqlar taqdim 
    etish va boshqa xizmat etkazib beruvchilari bilan oʻzaro hisob-kitoblar uchun 
    ishlatiladigan har bir mijoz uchun aloqa xizmatlarining qiymatini hisoblaydigan va 
    barcha tariflar va boshqa qiymat tavsiflari toʻgʻrisidagi axborotni saqlaydigan 
    tizimdir. Ular bajaradigan operatsiyalar tsikli billing deb ataladi. Billing tizimi 
    (BT) buxgalteriya tizimi, telekommunikatsiya operatorlari uchun maxsus ishlab 
    chiqilgan dastur ta‘minotidan iborat. Billing tizimlari (simli va uyali) telefoniyada 
    ham, ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari (internet provayderlar)da ham ishlatiladi, 
    shuningdek IP-telefoniyada ham oʻz oʻrniga ega. Istalgan BT muayyan 
    ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT) asosida yaratiladi. Dunyodagi 
    koʻpchilik BTlari Oracle MBBT asosida yaratilgan. Boshqa MBBTlar orasidan 
    katta hajmdagi axborot uchun moʻljallangan Sybase va Informix ni ajratib 
    koʻrsatish mumkin. Quyidagilar esa ba‘zi billing tizimlarining nomlanishi: BIS, 
    Flagship, CBOSS, Arbor, Bill-2000-prepaid. Shuni qayd etish lozimki, BT 
    deganda, odatda billingni tashkil etishda ishtirok etadigan apparat ta‘minoti ham 
    koʻzda tutiladi. 
    Billing 
    tizimining 
    bir 
    necha 
    nomlanishi 
    mavjud: 
    AHKT 
    – 
    avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimi; ABT – axborot billing tizimi. 
    BTning muhim sifatlaridan biri uning moslashuvchanligi, ya‘ni oʻzgargan 
    vaziyatlarga moslashish qobiliyati hisoblanadi. Moslashuvchan tizim nafaqat 
    operatorning bir fursatli ehtiyojlariga moslashgan, balki sozlanuvchanlik, 
    modullilikvaochiqlilik kabi jihatlar hisobiga istiqboldagi vazifalarni echishga 
    imkon beradi. Tizim qurilishining modul tizimi bu shunday tamoyilki, unda butun 
    tizim alohida qismlar (modullar)dan yigʻiladi. BT ham shunday qismlar – kichik 
    tizimlardan tashkil topgan. BT, masalan, ma‘lumotlarni birlamchi qayta ishlash 


    150 
    kichik tizimini, billingni tezkor boshqarish kichik tizimini, mijozlarni xabardor 
    qilish kichik tizimini oʻz ichiga oladi. Tizimning ochiqliligi deganda, dasturiy 
    mahsulot boshlangʻich kodining ochiqliligi koʻzda tutiladi hamda bu operatorga 
    kelajakda ishlab chiquvchiga qaram boʻlib qolmaslik va tizimga mustaqil xizmat 
    koʻrsatish va uni zamonaviylashtirishga imkon beradi. BTning moslashuvchanligi 
    bilan avtomatlashgan hisob-kitoblar tizimlarining quyidagi jihati – keng 
    koʻlamlilik uzviy bogʻliqdir. 
    Yuklanish boʻyicha keng koʻlamlilik (masshtablilik). Abonentlar bazasi 
    oʻsgan sharoitda, qoʻshimcha xizmatlar paydo boʻlganida, BTni oʻzgartirish yoki 
    uning dasturiy qismini qaytadan ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmasligi kerak. 
    BTning 
    imkoniyatlarini 
    koʻpaytirishga 
    tizimning 
    apparat 
    qismini 
    zamonaviylashtirish hisobiga erishilishi kerak. Keng koʻlamlilik tizimlarni 
    loyihalashtirayotganda katta hajmdagi ma‘lumotlarga moʻljallangan MBBTdan 
    foydalanish kerak. MBBT koʻp jarayonli ish rejimini qoʻllab-quvvatlashni 
    ta‘minlashi uchun turli kompyuter platformalariga mos kelishi kerak. 
    Ishonchlilik istalgan tizimga qoʻyiladigan asosiy talablardan biridir. BTning 
    ishonchliligi 
    tizimni 
    ishlab 
    chiqishda 
    foydalaniladigan 
    MBBT 
    va 
    texnologiyalarning ishonchliligi bilan aniqlanadi. Amaliy dasturiy ta‘minotni 
    etkazib beruvchisi (ishlab chiquvchi)ning ishonchliligi: uning bozordagi ishlash 
    vaqti va bilvosita koʻrsatkich sifatida telekommunikatsiyalar bozorida u ishlab 
    chiqqan tizimlar mavjudligining foizi ham muhim ahamiyat kasb etadiganlar 
    qatoridadir. Biroq BTning ishonchliligi ularni ishlab chiqishda aniq standartlarga 
    rioya qilinishi bilan ham ta‘minlanadi. 
    Koʻp tillilik – axborotni taqdim etish uchun turli tillarni oʻrnatish imkoniyati. 
    Koʻp valyutalilik – ixtiyoriy valyutalar bilan ishlash imkoniyati. 
    Kechiktirilgan billing – hisob-kitoblar amalga oshirilgan qoʻngʻiroqlardan keyin 
    amalga oshiriladigan billing. 
    Tezkor billingda – hisobvaraq balansining oʻzgarishi soʻzlashuv jarayonida 
    amalga oshiriladi va Sizning hisobvaragʻingizdagi qoldiq toʻgʻrisidagi axborotni 
    qoʻngʻiroqdan soʻng darhol olish mumkin. 


    151 
    Billingni optimallashtirish – operatorlar tomonidan oʻz BTlarini yaxshilash 
    va takomillashtirish. 
    Katta BTlari – yirik operatorlar tomonidan qoʻllaniladigan tizimlar. 
    Billingning postingi – billing hisob-kitobining natijalarini qayd etish; hisob-
    kitoblardan soʻng natijalar foydalanuvchilarga ochiq boʻladi (joʻnatiladi, bosmadan 
    chiqariladi). 
    BT mijozlar bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirishga moʻljallanganligi 
    sababli, u shartnomani imzolashdan tortib, to uyali aloqa xizmatlari uchun 
    hisobvaraqlarni yozishgacha avtomatlashtirishni, shu bilan birga toʻgʻri qilib 
    avtomatlashtirishni ta‘minlashi kerak. Avtomatik xizmatlar va ma‘lumotlarni 
    avtomatik yigʻish kichik tizimlari yordamida AHKT abonentlarga oʻz-oʻziga 
    xizmat koʻrsatishga imkoniyat berishi kerak. Ba‘zi BTlari abonentlarga Internet 
    orqali ulanish buyurtmalarini rasmiylashtirish va xizmatlarga haq toʻlashga imkon 
    beradi. 
    Billingni tashkil qilish sxemasi murakkab emas: ulanishlar va ularning 
    davomiyligi toʻgʻrisidagi axborot kommutator tomonidan yoziladi va birlamchi 
    qayta ishlashdan soʻng hisob-kitob tizimiga beriladi. Hisob-kitob tizimiga tariflar 
    «ma‘lum». U chaqiruvni aniqlaydi va zarur hisob-kitoblarni bajaradi, bu bilan 
    abonentning hisobvaragʻini tuzadi. Tabiiyki, tizimning xotirasida nafaqat 
    me‘yorlar, tariflar va xizmatlar toʻgʻrisidagi axborot, balki mijozlar, abonentlar va 
    boshqa aloqa xizmatlarini etkazib beruvchilar (agar shundaylari mavjud boʻlsa) 
    bilan imzolangan shartnomalar, shuningdek turli kanallar va yoʻnalishlar boʻyicha 
    axborotni uzatish qiymati toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar saqlanishi kerak (tizimda 
    dilerlarning mavjudligi ham koʻzda tutilgan boʻlishi kerak: ularda boshqacha 
    narxlar boʻlishi mumkin, masalan, ulanishga). Bundan tashqari, istalgan BT 
    toʻlovlar tarixini saqlaydigan bazaga ega boʻlishi kerak: faqat shu ma‘lumotlargina 
    toʻlov jarayonini nazorat qilish va abonentlarni faollashtirish (deaktivatsiya) 
    qilishga imkon beradi. BTning bu funktsiyasini himoya funktsiyasi deb ham atash 
    mumkin, chunki u aloqa xizmatlariga haq toʻlamaydiganlar uchun ushbu 
    xizmatlardan foydalanishga imkon bermaydi 


    152 
    BTni funktsional imkoniyatlariga koʻra, uch toifaga boʻlish mumkin: 
    transmilliy aloqa operatorlari uchun moʻljallangan, buyurtmali milliy koʻlamdagi 
    va hududiy tarmoqlar uchun oʻrta toifadagi tizimlar. 
    Birinchi toifaga mansub BTlari millatlararo darajada, turli vaqt 
    mintaqalarida oʻzaro aloqani ta‘minlashi kerak, ya‘ni ular koʻp valyutali va koʻp 
    tilli boʻlishi kerak. 
    Milliy koʻlamdagi buyurtma tizimlari muayyan operatorga mos qilib 
    yaratiladi. Operatorga mavjud hisob-kitob tizimiga mos keladigan yangi BT kerak 
    boʻlib qolishi mumkin. Albatta, bunday birgina tizimlarning qiymati ancha yuqori. 
    Hudud koʻlamida BT standartlari bilan cheklanib qolish mumkin. Biroq, bu 
    tizimlar ham yuqorida qayd etilgan jihatlar: moslashuvchanlik, keng koʻlamlilik, 
    ishonchlilikka ega boʻlishi kerak. Istalgan BT muayyan aloqa operatorining biznes-
    jarayoniga tuziladi va sozlanadi, xizmatlarni taqdim etishning texnologik tsikliga 
    mos keladigan oʻz funktsiyalari toʻplamiga ega, chaqiruvlar va ulanishlar 
    toʻgʻrisida unga axborot etkazib beradigan muayyan tarmoq jihozi bilan ishlashi 
    mumkin, ya‘ni BT «quti» mahsuloti hisoblanmaydi. Lekin amalda barcha BTlarni 
    qoʻllab-quvvatlaydigan standart funktsiyalar toʻplami ham mavjud. Unga 
    quyidagilar kiradi: 
    · boshlangʻich axborotni birlamchi qayta ishlash va tahlil qilish bosqichida 
    bajariladigan operatsiyalar, masalan, ulanishlar va xizmatlar toʻgʻrisida 
    ma‘lumotlarni olish funktsiyasi (kommutatorga soʻrovlar); 
    · 
    tarmoq 
    jihozini 
    boshqarish 
    operatsiyalari: 
    abonentlarni 
    faollashtirishGʻdeaktivatsiya 
    (qamal 
    qilishGʻqamaldan 
    chiqarish) 
    qilish 
    funktsiyalari va bevosita kommutatorga beriladigan abonentlarni obuna qilish 
    shartlarini oʻzgartirish buyruqlari; 
    · quyidagilarni oʻz ichiga oladigan MBBT ilovasining asosiy funktsiyalari: 
    kommutatorning chaqiruvlar va xizmatlar toʻgʻrisidagi yozuvlarini tarifikatsiya 
    qilish; hisob-kitob tizimi ma‘lumotlar bazasining jadvallarini tuzish va tahrir 
    qilish; 
    hisobvaraqlarni 
    taqdim 
    etish 
    va 
    ularni 
    bosmadan 
    chiqarish; 
    hisobvaraqlarning kredit nazorati; hisobotlar tuzish; arxivlash. 


    153 
    Avval aytilganidek, BT moslashuvchanlik yoki modullilikka ega boʻlishi 
    kerak. AHKTning har bir unsuri mijozga xizmat koʻrsatish texnologik zanjirining 
    muayyan uchastkasining amalga oshirilishini ta‘minlaydi. Billingga xos asosiy 
    kichik tizimlar: ulanishlar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni birlamchi qayta ishlash 
    kichik tizimi, billingni tezkor boshqarish va mijozlarni xabardor qilish kichik 
    tizimi. 
    Ma‘lumotlarni birlamchi qayta ishlash kichik tizimi ulanish toʻgʻrisidagi 
    boshlangʻich axborotni tahlil qiladi, taqdim etilayotgan xizmat toifasi va traffik 
    parametrlari (chaqiruvning yoʻnalishi, manbai, oʻzaro hisob-kitoblar zonasi, 
    rouming shartlari)ni aniqlaydi. Ushbu kichik tizim tarkibiga ulanishlar toʻgʻrisidagi 
    boshlangʻich axborot dekoderi kiradi. Ushbu kichik tizimning eng murakkab 
    protseduralaridan biri – roumingni qoʻllab-quvvatlash. Gap shundaki, turli 
    kommutatorlar (aloqa kanalida axborotni uzatishning turli standartlarini hisobga 
    olgan holda) va billing tizimlarining turli xil formatdagi rouming yozuvlarini 
    ushbu BT foydalanadigan yozuv formatiga oʻgirish talab qilinadi. Dasturiy 
    ta‘minot (DT) operatorlar oʻrtasidagi ulanishlar toʻgʻrisidagi barcha yozuvlarga 
    (oʻtayotgan trafikka muvofiq) tariflarni belgilaydi va boshqa kichik tizimlar 
    tomonidan abonentlar bilan hisob-kitob qilish, aloqa operatorlarining oʻzaro hisob-
    kitoblari va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladigan xizmat jadvallarini yaratadi. 
    Zamonaviy BTlari turli telekommunikatsiya xizmatlarini qayta ishlashga imkon 
    beradi va qulay hisobvaraqlarni taqdim etishni (bir mijoz – bir balans – bir 
    hisobvaraq) ta‘minlaydi. Bunga, aloqa turidan qat‘i nazar, tarifikatsiya qilishni 
    bajaradigan ulanishlar, trafik va xizmatlar toʻgʻrisidagi boshlangʻich axborotni 
    dastlabki qayta ishlashning «intellektual tizimlari»ni qoʻllash hisobiga erishiladi. 
    Billingni tezkor boshqarish kichik tizimi avtomatik tarzda yoki billing tizimi 
    operatori orqali kommutatorda abonentlarning obuna shartlarini oʻzgartirishga, 
    ya‘ni muayyan abonentning aloqasini toʻsish yoki ushbu toʻsishni bekor qilish, 
    xizmatni ulash yoki uzishga imkon beradi. Siz operatorga telefon qilasiz va: 
    «Iltimos, menga ovoz qutisini yoqib bering», deysiz. Sizga: «Iltimos, oʻz 


    154 
    raqamingizni ayting», deb javob berishadi. Bir necha «iltifot almashuvi»dan soʻng 
    Sizning ovoz qutingiz yoqilgan boʻladi. 
    Zamonaviy billingning ajralmas qismi ovoz va elektron xabarlar yordamida 
    mijozlarni xabardor qilish kichik tizimidir. Ushbu kichik tizim xabarlar va e‘lonlar 
    joʻnatish uchun baza jadvallaridan axborot oladi. Barcha BTlari uchun qayd etilgan 
    funktsional kichik tizimlarga ajratish «qat‘iy» hisoblanmaydi. Bu faqat «klassik» 
    AHKTning misolidir. 
    Billing tizimlarining standartlari. Turli operatorlarning turli BTlari oʻrtasida 
    oʻzaro tushunishni ta‘minlash uchun (masalan, bu roumingda talab etiladi) billing 
    standartlari guruhi ishlab chiqilgan. Asosiy xalqaro standartlar guruhlari 3 tadir. 
    1. 1998yili ANSI Amerika standartlar instituti ANSI 124 standartini 
    tasdiqladi. ANSI 124 ni keyinchalik takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash bilan 
    TIA assotsiatsiyasi shugʻullandi. Shundan soʻng, CIBERNET kompaniyasi ANSI 
    124 standartida xabarlarni uzatishda biznes-jarayonlarning spetsifikatsiyalarini 
    aniqlash uchun ishchi guruh tashkil etdi va bu NSDP-B&S nomini oldi. Ushbu 
    spetsifikatsiyalar telekommunikatsiya operatorlarning biznes-jarayonlari va ANSI 
    124 standarti boʻyicha kommutatorlar oʻrtasidagi ma‘lumotlar almashuvida 
    uzatiladigan axborot oʻrtasidagi bir ma‘noli moslikni oʻrnatadi. 
    2. 1998yili hozirgi vaqtda CIBERNET va uning qoʻmitasi CAC-IS 
    tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan birinchi Shimoliy Amerika billing standarti 
    CIBERning ta‘rifi e‘lon qilindi. Bu qoʻmita billing tizimlari ishlab chiquvchilari va 
    telekommunikatsiya operatorlarini birlashtiradi. CIBERni qoʻllashning bosh sohasi 
    – AMPS standartidagi uyali tarmoqlar. 
    3. TAR Evropa standarti (kelib chiqishi boʻyicha) 1992yili paydo boʻldi. U 
    TADIG ishchi guruhi tomonidan koʻllab-quvvatlanadi. Evropaning koʻpchilik 
    operatorlari uchinchi versiyasi mavjudligiga qaramay, TAR2dan foydalanadi. 
    1995yildan boshlab TD.27 yoki NAGTAP2 spetsifikatsiya sifatida ma‘lum boʻlgan 
    TAR2 modifikatsiyasi AQShda ham qoʻllana boshladi. 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish