Taqrizchilar: Rajabov B. Sh. Toshkent viloyati Chirchiq davlat
pedagogika institute, ―Aniq fanlar‖ fakulteti professori,
texnika fanlari doktori
Mamarajabov M. Nizomiy nomidagi TDPU «Informatika
va uni o‗qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, pedagogika
fanlari nomzodi, dotsent
Abduraximov D.B. GulDU «Amaliy matematika va
axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, pedagogika
fanlari nomzodi.
© GulDU, 2020.
3
So‗zboshi
Hozirgi globallashgan jamiyatda axborotlashtirishning milliy tizimini
shakllantirish, davlatlar oʻrtasida tinchlik va madaniyatni shakllantirishda,
madaniyat va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot
texnalogiyalarini, kompyuter va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy
ravishda joriy etishda, hamda ulardan foydalanishda, fuqorolarning axborotga ortib
borayotgan talab ehtiyojlarini yanada to'liqroq qondirishda, jahon axborot
resurslaridan bahramand bo'lishni kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab
demokratik yangilanish va iqtisodiy islohatlarni erkinlashtirish yoʻlida ulkan
qadamlar qoʻydi.
O‗zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq yuksak malakali va
yangicha dunyoqarashga ega bo‗lgan milliy kadrlarni tayyorlash, hayotimizda
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan masalalar qatorida ta‘lim - tarbiya tizimini tubdan
isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‗tarish, barkamol avlodni tarbiyalab,
voyaga yetkazish dolzarb masala bo‗lib qoldi.
Bunday murakkab vazifalarni amalga oshirish uchun mavjud ta‘lim tizimini
atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish
hamda ilg‗or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali ta‘lim tizimini
yanada takomillashtirish masalalari ilgari surildi.
Respublikamizda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi‖ yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan
bo‗lib, ular zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlovchi Oliy
o‗quv yurtlariga katta ma‘suliyat yukladi. Natijada davlat ta‘lim standartlari, o‗quv
dasturlari asosida darsliklar, o‗quv, o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar hamda o‗quv-
uslubiy majmualarini ishlab chiqish masalasi yuzaga keldi.
Ta‘lim tizimida axborot texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha bir qator amaliy
ishlarni bajarishda Oʻzbekiston Reslublikasining «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»
qonuni, "Elektron tijorat toʻgʻrisida" qonuni, «Kompyuterlashtirishni yanada
4
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnng qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, «Oʻzbekston Respublikasining
jamoat ta‘lim axborot tarmogʻi ―ZiyoNET‖ ni tashkil etish toʻgʻrisidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinnng qarorlari asos qilinib olinmoqda.
Ushbu keltirilgan qonun, qaror va farmonlarda ―... maktablar, kasb-hunar
kollejlari, akademnk litseylar va oliy oʻquv yurtlarining talim jarayoniga
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol
qoʻllashga asoslangan ilgʻor ta‘lim tizimlarini kiritish‖ vazifalari belgilab
qoʻyilgan.
Shuning uchun ham har bir mutaxassis oʻz kasbiy sohalarida zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
―Axborot tizimlari‖ fani "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da qoʻyilgan
vazifalarni amalga oshirish imkonini beruvchi fanlardan biri hisoblanadi. Bunda
yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy dasturiy vositalardan
foydalanish, shaxsiy kompyuterlarni samarali ishlatish kabi masalalarga asosiy
e‘tibor qaratiladi.
"Axborot tizimlari" fanining asosiy xususiyati shundan iboratki, u
axborotlashgan jamiyat yaratish jarayonini tezlashtiradi va iqtisodiy ob‘ektlarning
faoliyatini umumlashtirilgan boshqarish funktsiyalariga mos holda echilishini
ta‘minlaydi.
Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni toʻplash,
saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot tizimlari va
texnologiyalari haqida har bir savodli fuqaro, shu jumladan magistratura talabalari
ham bilishlari va oʻz faoliyat sohasida tadbiq eta olishi zarur. Chunki ta‘limni
axborotlash - ta‘lim sohasini nazariy va amaliy ishlab chiqish hamda ta‘lim va
tarbiyaning psixologik-pedagogik maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan
zamonaviy, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni hisoblanadi
Ma‘lumki, axborot tizimlari va texnologiyalari barcha sohalarda tobora keng
qo‗llanilmoqda. Respublikaning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish,
5
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta‘minlash hamda xalqaro zamonaviy
talablarga javob beruvchi telekommunikatsiya va kompyuterli aloqa tizimlarini
rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo‗lib qolmoqda. Bu fanni o‗qitishdan
asosiy maqsad, magistrantlarga zamonaviy axborot texnologiyalarining axborot,
texnik, matematik, dasturiy ta‘minotlari bilan tanishtirish, ularni amalga oshirish
yo‗llarini, o‗rgatishdan iborat.
―Axborot tizimlari‖ fani jamiyat faoliyatining barcha sohalariga, jumladan
ta‘lim sohasiga izchil kirib bormoqda, ayniqsa yoshlarni bilim olishlarida, jahon
yangiliklaridan bahobar boʻlishlarida, Internet tarmogʻidan maqsad sari
foydalanishlarida katta yordamchi axborot makoni boʻlib xizmat qilmoqda.
Shuning uchun bu fan o'quv kursi sifatida mamlakatimizda yuqori malakali
mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muxim fanlardan biri.
Ushbu fanning maqsadi axborot tizimlarining oʻziga xos xususiyatlari va
imkoniyatlari, ахborot tizimlarini inson faoliyatining turli sohalarida qoʻllanish
asoslarini oʻrgatishdan iboratdir. Fanning asosiy maqsadlaridan biri – bu turli
sohalar boʻyicha axborot tizimini yaratish usullari, axborot tizim struktiurasi va
faktorlari boʻyicha sinflanishi, axborot tizim xususiyatlari va imkoniyatlari,
ta‘minot va funksional qismlarini loyihalashni va hozirda mavjud axborot tizim
turlaridan foydalanishni bilishlarini nazarda tutadi. Magistratura talabalariga
axborot tizimlari (tarmoqlar boʻyicha) bilan tanishtirish va bu vositalarini ishlab
chiqarish, ilmiy tadqiqot ishlari, laboratoriya ishlari hamda oʻquv jarayonlariga
nazariy va amaliy tadbiq etish usullari va ularning oʻziga xos xususiyatlarini
oʻrgatishdan iboratdir.
Informatika
va
axborot
texnologiyalari
fani
kompyterda
ishlash
koʻnikmasini shakllantirish, axborot bilan ishlashning eng yangi qurollari bilan
tanishtirsa, axborot tizimlari fani mana shu qurollardan foydalanib inson
faoliyatidagi turli muammolarini tez, soz va unumli xal qilish yoʻllarini, ya'ni
informatika muammolarimiz yechimi qurollarini, axborot tizimlari esa shu
qurollardan foydalanib yechimning oʻzini topish yoʻllarini, yechimni asoslash va
baxolash mezonlarini oʻrgatadi. Xayotimizning har bir jabxasida, xox u boshqaruv
6
boʻlsin, xox u ishlab chiqarish boʻlsin, xox u savdo yoki oʻzga davlatlarni
iqtisodiy sohalari boʻlsin, barchasining rivojlanishi axborot tizimlari bilan
chambarchas bogʻliq.
|