20
Alternativ (muqobil) axborot tizimlari oʻz navbatida ikkiga boʻlinadi:
1. Modelli. 2. Ekspertli.
Modelli axborot tizimlari foydalanuvchiga matematik, statistik, moliyaviy va
boshqa modellarni taklif qiladi. Foydalanuvchi yetishmayotgan axborotni shu
modellardan olib, qaror qabul qilishi mumkin. Modelli axborot tiizmlarining asosiy
vazifalari quyidagicha:
- namunaviy matematik modellar muhitida ishlash;
- modellashtirish natijalarini tez va adekvat tahlil qilish;
- kiritish parmetrlarini va modelning cheglarini tezkor tayyorlash va
tuzatish;
- modening dinamikasini grafik koʻrinishda iodalash;
- modeldan foydalanish qadamlarini koʻrsatib turish.
Ekspertli axborot tizimlarida foydalanuvchi bilimlarni tahlil qilish yoʻli bilan
alternativ qarorlarni tuzadi.
Axborot tizimlarini qoʻllash soxalari. Axborot tizimlari qiydagi belgilarga
qarab shartli ravishda siniflarga boʻlinadi:
1. Vazifasiga koʻra
2. Apparat vositalarning stirukturasiga koʻra
3. Foydalanish rejimiga koʻra
4. Quvvatlangan faoliyat turiga koʻra
5. Aftomatlashtirish darajasiga koʻra
Vazifasiga koʻra axborat tizimlari esa oʻz navbatida quydagilarga boʻlinadi:
1. Malumotlarni uzatish tizimlari.
2. Malumotlarni yigʻish tizimlari.
3. Ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimlari.