11
turib amalga oshirib boʻlmaydi. AT axborot tizimi sohasidan tashqarida ham
mavjud boʻlishi mumkin.
Axborot tizimidan oldin "Tizim nima?" degan savolga javob beraylik. Tizim
(sistema) deb, yagona maqsad yoʻlida bir vaqtning oʻzida ham yaxlit ham oʻzaro
bogʻlangan tarzda faoliyat koʻrsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasiga
aytiladi.
Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin boʻlib, juda xam koʻp
ma‘noni anglatadi. Koʻp xollarda texnika vositalari
va dasturlari yigindisiga
"
TIZIM" deb ataladi. Tizim tushunchasiga "axborot" soʻzini qoʻshsak u xolda
"tizimning" yaratilish maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi.
Axborot tizimi
foydalanuvchilarga istalgan muhitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish
imkonini yaratadi.
Axborot tizimi deb oldinga qoʻyilgan maqsadgi erishish axborotlarni
saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yigʻindisiga aytiladi.
Axborot tizimi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnalogiyalari va aloqa vositalariga tushuniladi.
Tizimlar bir-biridan tarkibi va qanday maqsadda qoʻllanilishi bilan ajratiladi.
Har xil elementlar va har xil maqsadlarda qoʻllaniladigan
tizimlarga misollar
keltiramiz (1.1-jadval):
1.1-jadval
Tizimlar
Tizim elementlari
Tizimning asosiy
vazifasi
Firma
Ishchilar, vositalar,
tovarlar, bino va
boshkalar
Tovar ishlab
chiqarish
Kompyuter
Elektron va
elektromexanik
Ma‘lumotlarni qayta
ishlash