1.2-rasm. Axbort tizimidagi jarayonlar. • Tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish;
• Kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish;
• Istemolchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni
chiqarish;
• teskari aloqa – bu kiritilgan axborotni tuzatish uchun ushbu tashkilot
odamlari tomonidan qayta ishlagan axborot.
Informatikada "tizim" tushunchasi koʻproq texnik vositalar va dasturlar
toʻplamiga nisbatan ishlatiladi. Kompyuterning texnik qismini "tizim" deb
tasavvur etish mumkin. Xuddi shunday hisobotlarni tayyorlash va elektron
hujjatlar oqimini boshqarish kabi amaliy vazifalarni echish uchun moʻljallangan
dasturlar toʻplamini ham "tizim" deb hisoblash mumkin. Xoʻsh, bunday vaziyatda
"Bu axborotlardan qanday foydalanish kerak.?" degan tabiiy savol koʻndalang
turadi. Bunday savolga javob berishda malum ketma-ketlikda ish yuritishimiz
lozim boʻladi. Shuning uchun ishni axborotlarni olish, ularni saqlash va bir joydan
boshqa joyga uzatish, xullas, axborot tizimlardan boshlaymiz.
Belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarning shakli va mazmuniga
koʻra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash tamoyillariga, qayta
ishlash uchun qoʻllaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning oʻzaro
bogʻlangan vositasiga - axborot tizimi (AT) deyiladi.
Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qoʻyiladigan maqsadga
muvofiq boʻlishi lozim. Aks holda undan foydalanish manoga ega boʻlmaydi. Shu
manoda malumotlar omborini umumiy bir turda tasnif qilish mumkin. Bazi
tizimlar esa umuman tasnif qilinmaydi. Axborot tizimlari quyidagi masalalar
guruhini tadqiq qiladi va oʻrganadi:
Tashkilot personal
yoki boshqa
axborot tizimlari
kiritish
Ishlov berish
chiqarish
Teskari aloqa
17
texnik, axborotlarni ishonchli yigʻish, saqlash, joʻnatish, qayta ishlash va
uzatish usullarini oʻrganish bilan bogʻlangan.