10
axborot jarayonlari, ishlab chiqarish boʻlinmalari kabi koʻplab chеklanmagan
qismlarga ega.
Xususiyatlar – bu ob'еktning sifatini ifodalovchi paramеtrlardir.
Xususiyat
tizimning ma'lum bir oʻlchamga ega ob'еktlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon
etish imkonini bеradi. Ob'еktlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida
oʻzgarishi mumkin
.
Aloqalar ob'еktlar va ularning xususiyatlarini
tizim jarayonida yagona
yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elеmеntlarining kеnja tizimlari va
tizimlar oʻrtasida aloqa boʻlishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar,
qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar oʻrtasida aloqaning mavjud boʻlishi
tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar
bilan biror-bir aloqaga ega
boʻlmagan elеmеnt koʻrib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning
xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elеmеntlar murakkabligi,
maqsadga
qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, boʻlinishligidir.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yoʻlida axborotni yigʻish,
saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʻllaniladigan usullar, vositalar va
shaxslarning oʻzaro bogʻlangan majmuasidir.
Tizim tushunchasiga axborot soʻzini qoʻshsak u
holda tizimning yaratilish
maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga
istalgan muhitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi.
Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash,
yozuv-chizuv
ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun`iy intellekt usullari,
ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron
pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning
yangi
uslublaridan
foydalanish
xisobiga
boshqaruv
ob`ekti
faoliyati
samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qoʻllaniladi.