40
Aralash texnologiya va axborot texnologiyasi oʻzaro bir-biriga ta‘sir
oʻtkazadi. Masalan, moliyaviy axborotlarni tashuvchisi sifatida plastik
kartochkalarning ishlatilishi aralash texnologiyani tubdan oʻzgartiradi, chunki
oldingi texnologiyada bunday imkoniyat nazarda tutilmagan. Ikkinchi tomondan,
aralash texnologiya axborot texnologiyasining oʻziga xos mazmuni bilan
toʻldirilib, ularning ma‘lum bir funktsiyalariga e‘tiborini qaratadi. Bunday
texnologiyalar, bu funktsiyalarning bajarilish texnologiyasini bir xil shaklga
keltirish darajasiga bogʻliq ravishda, namunali yoki noyoblik hapakteriga ega
boʻlishi mumkin.
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bogʻlangan boʻlib,
ular uchun axborot texnologiyasi acociy muhit hicoblanadi. Bir qaraganda axborot
texnologiyasi va tizimi tushunchaci bir–biriga oʻxshash koʻrinadi, aslida esa
bunday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma‘lumotlar uctidan
tartiblashgan qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga
yoʻnaltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yoʻli bilan foydalanuvchiga kerakli
axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmogʻi, dasturiy mahsulotlar,
ma‘lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda
boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi
– axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash
inson – kompyuter tizimidir.
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid
axborot texnologiyasi bilimlarini oʻrganish talab qilinadi. Axborot texnologiyasi
axborot tizimining muxitidan tashqarida ham faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Shunday qilib, axborot texnologiyasi kengroq tushuncha boʻlib,
axborotlashgan jamiyatda axborotni zamonaviy qayta ishlash jarayonlarini aks
ettiradi.