Qonunlar  Prezident Qarorlari va




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/76
Sana01.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#129371
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
Qonunlar 
Prezident Qarorlari va
Farmonlari 
Hukumat qarorlari 
Axborotlashtirish 
toʻgʻrisida (2003 yil) 
Telekommunikatsiyalar 
sohasida bosqaruvni 
takomillashtirishga doir 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida 
(2000 y.) 
Kompyuterlahstirishni 
yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida 
(2002 y.) 
Elektron raqamli imzo 
toʻgʻrisida (2003 y.) 
Kompyuterlahstirishni 
yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy 
Axborotlashtirish sohasida 
normative-huquqiy bazani 
takomillashtirish toʻgʻrisida 
(2005 y.) 


43 
etish toʻgʻrisida
(2002 y.) 
Elektron hujjat 
aylanishi toʻgʻrisida 
(PQ-2004 yil 29 aprel, 
611-II-son) 
Axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalarini yanada 
rivojlantirishga oid 
qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida
(2005 y.) 
Davlat va xoʻjalik 
boshqaruvi, Mahalliy 
davlat hokimiyati 
organlarining axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan holda yuridik 
va jismoniy shaxslar bilan 
oʻzaro aloqadorligini 
yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida 
(2007 y.) 
Elektron tijorat 
toʻgʻrisida (2004 y.) 
Oʻzbekiston 
Respublikasining jamoat 
ta‘lim axborot tarmogʻini 
tashkil etish toʻgʻrisida 
(2005y.) 
Internet tarmogʻida 
Oʻzbekiston 
Respublikasining Hukumat 
portalini yanada 
rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida (2007 
y.) 
Elektron toʻlovlar 
toʻgʻrisida (2005 y.) 
Respublika aholisini 
axborot-kutubxona bilan 
ta‘minlashni tashkil etish 
toʻgʻrisida (2006 y.) 
Internet tarmogʻida 
Oʻzbekiston 
Respublikasining Hukumat 
portaliga axborotlarni 
taqdim etish va 
joylashtirish tartibi 
toʻgʻrisida (2009 y.) 


44 
―Kompyuterlashtirishni 
yanada rivojlantirish va 
axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy 
etish toʻgʻrisida‖ PF - 
2002 yil 30 may, PF-
3080-son 
―Milliy axborot-
kommunikatsiya 
tizimlarining kompyuter 
xavfsizligini ta‘minlash 
borasidagi qoʻshimcha 
chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida‖ - 2005 yil 5 
sentyabr, PQ-167-son 
―Kompyuterlashtirishni 
yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖ 
VMQ- 2002 yil 6 iyun, 
200-son 
―Axborotlashtirish 
toʻgʻrisida‖ PQ - 2003 
yil 11 dekabr, 560-II-
son 
«ZIYONET» axborot 
tarmogʻini yanada 
rivojlantirish toʻgʻrisida 
VMQ - 2005 yil 28 
dekabr, 282-son 
―Respublikada qogʻozni 
tejash va undan oqilona 
foydalanishga doir 
qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida‖ VMQ - 2010 
yil 22 iyul, 155-son 
―Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida‖ - 
2012 yil 21 mart, PQ-
1730-son 
―Telekommunikatsiyalar 
toʻgʻrisida‖ PQ - 1999 yil 
20 avgust, 822-I-son 
―Vazirlar Mahkamasining 
ijro etuvchi apparatida, 
davlat va xoʻjalik 
boshqaruvi, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarida 
yagona himoyalangan 
elektron pochtani va 
elektron hujjat aylanishi 
tizimini joriy etish hamda 
ulardan foydalanish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida‖ VMQ 
- 2011 yil 4 may, 126-son 
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat 
hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter 
texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda 


45 
ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini 
yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon 
axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirish uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish maqsadida: 
1. 
Quyidagilar 
kompyuterlashtirish 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy 
etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin: 
- zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma‘lumotlar axborot bazalarini 
yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot 
almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich oʻtish; 
- real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta‘lim sohalarida 
kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining 
zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand boʻlishlari uchun 
shart-sharoitlar yaratish; 
- maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv 
yurtlarining ta‘lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini 
egallashga hamda ularni faol qoʻllanishga asoslangan ilgʻor ta‘lim tizimlarini 
kiritish; 
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda 
dasturiy vositalarni, ma‘lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, 
tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, 
kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash 
uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish; 
- axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergentsiyasini 
nazarda tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan koʻchma aloqa, IP 
texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma‘lumot uzatish 
vositalarini jadal rivojlantirish; 


46 
- milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga gʻoyat tezkorlik bilan kirib 
borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining 
ularga kirib borishini ta‘minlash; 
- sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport 
qilishni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini yaratish; 
- mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish 
hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish.
Jamiyatni axborotlashtrish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga 
boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit ratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir. 
Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal 
etilishini talab etadi: 
1. Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq 
qilish. 
2. Jamiyat a‘zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga 
oʻrgatish. 
3. Jamiyat a‘zolarining turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan 
toʻla va samarali foydalanishlarini ta‘minlash. 
Axborotlashgan jamiyat koʻpchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning 
oliy shakli boʻlmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga 
oshirish bilan band boʻlgan jamiyatidir. Axborotlashgan jamiyatning oʻziga xos 
jihatlari quyidagilarda namoyon boʻladi: 
· axborot iqtisodiyotining rivojlanishi; 
· axborot tangligini bartaraf etish; 
· axborot texnologiyasining globalligiga erishish; 
· turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi; 
· axborot resurslarining ustunligini ta‘minlash; 
· yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qoʻllash; 
· boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish. 


47 
Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash boʻyicha ma‘lum 
darajadagi axborot madaniyatiga ega boʻlishi zarur. Buning uchun shaxsni 
axborotni tez qabul qilish va katta hajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, 
usullar va texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim. 
Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga boʻlgan 
extiyojini qondirish uchun hamma shart-sharoit yaratilgan boʻladi. Mexnat 
qiluvchilarning koʻpchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va 
sotish bilan band boʻladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini 
bajara olmaydigan boʻladi. 
Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari axborot madaniyatiga ega 
boʻladi. Axborot madaniyati deganda – jamiyat a‘zolarining axborotdan maqsadli 
foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy 
vositalardan va usullaridan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi tushuniladi. 
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon boʻladi: 
· texnik qurilmalardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish; 
· oʻz faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
· turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish; 
· axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash; 
· oʻz faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. 
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib 
borishini sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy 
shartlaridan biri deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining 
asosiy sohalari u yoki bu ma‘noda axborot bilan bogʻliq boʻlib, ish bilan band 
boʻlganlarning 40-60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy 
mahsulot va milliy daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. Shuning 90 % i 
AQSh, Yaponiya va Gʻarbiy Evropa hissasiga toʻgʻri keladi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini beshta asosiy yoʻnalishga ajratish 
mumkin deb hisoblanadi, jumladan: 
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks 
avtomatlashtirish. 


48 
Ilmiy 
tadqiqotlar, 
loyihalash 
va 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
axborotlashtirish. 
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish. 
Aholiga xizmat koʻrsatish sohalarini axborotlashtirish. 
Ta‘lim va kadrlar tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish. 
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati 
rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni oʻz foydalanuvchilariga 
etkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal 
sur‘atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini 
yaratishda oʻz aksini topgan. 
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan 
rivojlanib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham bu sohaga katta e‘tibor bilan 
qaralmoqda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonun. Ushbu qonunning maqsadi 
axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
• axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan 
ehtiѐjlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda 
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoityaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiyvailmiy-texnikaviy jarayoni; 
• axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, 
ma‘lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi; 
• axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – axborot resurslariga 
yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf 
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
• axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot 
resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar 
doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan 
foydalanuvchiva ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 


49 
• axborot texnologiyasi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va 
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar; 
• axborot tizimi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda 
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun: 
• Ushbu qonunning asosiy vazifasi axborot erkinligi printsiplari va kafolatlariga 
rioya etilishini, har kimning axborotni erkin izlash, olish, tekshirish, tarqatish, 
foydalanish va saqlash huquqlari roʻyobga chiqarilishini, shuningdek axborotning 
muhofaza qilinishini ta‘minlashdan iborat. 
• axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘i nazar shaxslar, predmetlar, 
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar; 
• axborot mulkdori- oʻz mablagʻiga yoki boshqa qonuniy yoʻl bilan olingan 
axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxs; 
• axborotsohasi- sub‘ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan 
foydalanish bilan bogʻliq faoliyati sohasi; 
• axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar 
doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi 
yuridik yoki jismoniy shaxs; 
• maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan 
hujjatlashtirilgan axborot; 
• ommaviy axborot- cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun moʻljallangan 
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audio vizual hamda boshqa xabarlar va 
materiallar; 
• hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari 
qoʻyilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunning birinchi moddasida shunday 
deyilgan: 


50 

Download 1,89 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish