Nazorat savollari va topshiriqlari:
1. Axborotlashtirish jarayoni deganda nimani tushunasiz?
2. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari.
59
3. Axborot madaniyati deganda nimani tushunasiz?
4. Etuk mutahassislarni etishtirishda «Axborot texnologiyalari» fanining
ahamiyati nimalardan iborat?
5. «Axborot texnologiyalari» fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
6. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va takomillashtirish muammolari
boʻyicha qaysi chet el va oʻzbekistonlik olimlar izlanishlar olib borganlar?
7. Oʻzbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning
xuquqiy bazasini yaratish uchun qanday qonunlar qabul qilingan?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Qaysi dasturda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning ustivor yoʻnalishlari
2. Oʻzbekiston Respublikasida yangi iqtisodiy axborot tizimini yaratish zaruriyati
3. Axborot-kommunikatsiya bozorining jamiyat va iqtisodidagi roli.
4. Axborot maxsulotlari va xizmatlari
60
II BOB. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
***************************************************************
2.1. Axborot resurslari-axborot texnologiyasining asosi sifatida
Tayanch soʻzlar: axborot, iqtisodiy axborot, axborot tashuvchi, resurs,
axborot texnologiya, ob‘ekt.
―Axborot‖ soʻzi lotincha ―informatsiya‖ soʻzidan olingan boʻlib,
kutilayotgan yoki boʻlib oʻtgan voqea, hodisalar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni
bildiradi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi.
Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izoxlagan. Masalan: Falsafada
axborot inson ongiga ta‘sir etib, ob‘ektiv reallikni aks ettiruvchi va
xarakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - xodisa toʻgʻrisidagi
bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qoʻllaniladi.
Kompyuterlarni
ishlatish
faoliyatida
esa
axborotdan
boshqarish
funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob‘ekt sifatida foydalaniladi. Axborot
tushunchasi ma‘lumot tushunchasi bilan uzviy bogʻlangan, lekin har qanday
ma‘lumot axborot boʻlavermaydi.
Masalan: olma desak, bir necha xil ma‘noni tushunish mumkin: qizil olma
deganda, mevaning ma‘lum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma‘lumotlar
axborotga aylanishi uchun voqea - xodisa toʻgʻrisidagi butun xususiyatlarni
ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy xolda quyidagi turlarga
ajratish mumkin:
1. Texnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Xuquqiy axborot
61
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
Axborotning turlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, bir-birini toʻldirib boradi. Bu
axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy xisoblanib, ular xajmining 80% ni
tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Uzluksiz xosil boʻlish.
2. Xarf raqamlarda ifodalanish.
3. Diskret xarakterdaligi.
4. Yigʻish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.
Axborotning
xususiyatlari.
Axborotdan
foydalanish
imkoniyati
va
samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‗z
vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat
ko‗rsatkichlari bilan bog‗liqdir:
1) axborotning reprezentativligi - ob'ekt xususiyatini adekvat ifoda etish
maqsadlarida uni to‗g‗ri tanlash va shakllantirish bilan bog‗liqdir.
2) axborotning mazmundorligi - semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
3) axborotning yetarliligi (to‗laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lekin
yetarli tarkibga (ko‗rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To‗g‗ri qaror
qabul qilish uchun to‗liq bo‗lmagan, ya'ni yetarli bo‗lmagan, xuddi shuningdek,
ortiqcha bo‗lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari
samaradorligini kamaytiradi.
4) axborotning aktualligi (dolzarbligi) - axborotdan foydalanish vaqtida uning
boshqarish uchun qimmatliligini saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning
xususiyatlari, o‗zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo‗lgan vaqtdan
buyon o‗tgan vaqt oralig‗iga bog‗liq bo‗ladi.
5) axborotning o‗z vaqtidaligi - uning avvaldan belgilab qo‗yilgan vazifani hal
etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
6) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning ob'ekt, jarayon, hodisa va
hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
7) axborotning ishonarliligi - axborotning real mavjud ob'ektlarni zarur aniqlik
bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
62
8) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma'lumotlar aniqligini
buzmasdan o‗zgarishlarga ta'sir qilishga qodirligini bildiradi.
Axborotni oʻlchashda turli xil birliklardan foydalanish mumkin. Masalan:
Axborotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, Kilobayt, Megabayt,
Zetabayt, Yotabayt, Petabayt va h.k. oʻlchov birliklaridan foydalaniladi. Bir belgi
ikkilik sanoq tizimidagi 1 yoki 0 dan iborat. Demak, 8 ta (0 va 1) belgi 8 bit boʻlsa,
bu bir bayt hisoblanadi.
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt
Demak, axborotlarni hajmi n=2
m
hisoblanar ekan. Masalan. 1Kbayt= 2
10
.
Qayd qilish jarayoniga koʻra axborotning oʻlchov birligi sifatida belgi, soʻz,
jumla, abzats va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.
Axborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1
Bodo 1 simvolga teng.
Axbrotning tuzilishi va turkumlanishi. Axborot tuzilish nuqtai nazaridan
ikkiga boʻlinadi:
1. fizik
2. mantiqiy
Fizik tuzilish axborotni turli xil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi.
Mantiqiy tuzilish esa axborot boʻlaklari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarini
ifodalaydi. Fizik tuzilishni oʻganish uchun informatika soxasiga tegishli boʻlgan
maxsus fanlarni oʻrganish talab qilinadi. Shuning uchun xam biz mantiqiy
tuzilishni oʻrganish bilan chegaralanamiz. Mantiqiy tuzilishga koʻra axborot
quyidagi boʻlaklardan tashkil topadi:
1. Axborot tizimi.
2. Axborot oqimi.
3. Axborot massivi.
4. Koʻrsatkich.
5. Rekvizit.
Axborotning eng kichik boʻlagi rekvizit xisoblanib, u ikki qismga boʻlinadi:
63
1. Rekvizit belgi.
2. Rekvizit asos.
Rekvizit belgi axborotning sifat tomonini xarakterlaydi, soʻzlar yordamida
ifodalanadi va mantiqiy amallarni bajaradi. Masalan: tovarning nomi, operatsiya
turi.
Rekvizit asos – bu axborotning miqdor tomonlarini xarakterlaydi, raqamlar
yordamida ifodalanadi va arifmetik amallarni bajaradi. Masalan: 10, 250, 1000.
Rekvizitlar birgalikda axborotning yuqori boʻlagi - koʻrsatkichni tashkil
qiladi. Masalaga tegishli boʻlgan bir xil koʻrsatkichlar axborot massivlarini tashkil
qiladi. Axborot massivlari axborot oqimini, oqimlar esa axborot tizimi sistemasini
tashkil qiladi.
Hozirgi kunga qadar axborot turkumlanishining yagona tizimi yaratilgan
emas. Umumiy xolda iqtisodiy axborot quyidagi belgilarga koʻra guruhlarga
ajratiladi.
1. Boshqarish funktsiyalariga koʻra:
a) rejalashtirish,
b) xisobot olish,
v) nazorat qilish,
g) iqtisodiy taxlil.
kabi axborot guruxlariga boʻlinadi.
2. Faoliyat koʻrsatish soxasiga koʻra:
a) qishloq xoʻjaligi;
b) sanoat;
v) savdo;
g) transport;
d) aloqa.
va boshqa axborot guruxlariga boʻlinadi.
3. Turgʻunlik darajasiga koʻra:
a) doimiy,
b) shartli doimiy,
64
v) oʻzgaruvchan.
axborotlarga boʻlinadi.
Axborotning turgʻunlik darajasi quyidagicha aniqlanadi.
Q um - Q uz
To = -----------------
Q um
Agar turgʻunlik darajasi
To ? 0.85 boʻlsa, axborot doimiy xisoblanadi.
0.35 ? To < 0.85 shartli doimiy boʻladi.
To < 0.35 boʻlsa axborot oʻzgaruvchan boʻladi.
4. Ob‘ektga taalluqligiga koʻra:
a) ichki, tashqi axborot;
b) kiruvchi, chiquvchi axborotlarga boʻlinadi.
5. Toʻliqlik darajasiga koʻra:
a) etarli;
b) toʻliq boʻlmagan;
v) ortiqcha axborotlarga boʻlinadi.
6. Ifodalanish usuliga koʻra:
a) xarf raqamli;
b) jadvalli;
v) chizmali;
g) signalli axborotga boʻlinadi.
Axborot tashuvchilar. Boshqarish funktsiyalarini ifodalovchi axborotlar
ogʻzaki va yozma koʻrinishda berilishi mumkin. Ogʻzaki koʻrinishdagi axborot
ob‘ektini boshqarishning operativ bosqichida xarakat qiladi.
Bunday axborotlar - telefon, diktofon, kabi vositalar yordamida uzatilishi
mumkin. Ogzaki usulda berilgan iqtisodiy axborot xarakat nuqtai nazaridan
chegaralangan va yuridik xuquqga ega emas. Shu sababli xam har qanday xoʻjalik
operatsiyasini ifodalovchi axborot bironta tashuvchida qayd qilinishi lozim.
65
Axborotni oʻzida mujassamlashtirgan moddiy asosga axborot tashuvchi
deyiladi. Xozirgi kunda axborot tashuvchilar quyidagi belgilarga koʻra
turkumlanadi:
1. Foydalanayotgan moddiy asosga koʻra qogʻozli va magnitli tashuvchilarga
koʻra boʻlinadi. Qogʻozli tashuvchilarga birlamchi xujjatlar, perfokarta,
perfolentalar misol boʻladi. Magnitli tashuvchilarga esa, magnitli disk, magnitli
baraban, magnitli lenta, magnitli kartalar misol boʻladi.
2. Ma‘lumotlar oʻqilish xususiyatiga koʻra: inson - mashin va mashina oʻqiydigan
tashuvchilarga boʻlinadi.
Axborotlarni qayta ishlash jarayoni. Axborotlarni qayta ishlash natijasida
tegishli boshqarish qarorlari ishlab chiqiladi. Axborotlarni qayta ishlash jarayonlari
bir qancha amallarni oʻz ichiga oladi va ular quyidagi bosqichlarga biriktiriladi:
1. Asosiy bosqichlar
2. Yordamchi bosqichlar
3. Nazorat bosqichlari
Asosiy bosqichlar bevosita axborotlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi
amallarni oʻz ichiga oladi. Bu bosqich yuqori darajada avtomatlashtirilgan boʻlib,
quyidagi amallardan tashkil topadi.
1. Axborotlarni uzatish.
2. Axborotlarni qabul qilish.
3. EHMga kiritish.
4. EHMda bevosita ishlash.
5. Natija olish.
6. Foydalanuvchiga etkazish.
Yordamchi bosqich amallari axborotlarni qayta ishlash jarayonining sifatiga
ta‘sir koʻrsatadi. Bu bosqich quyidagi amallarni oʻz ichiga oladi:
1. Axborotlarni oʻlchash.
2. Qayd qilish.
3. Mashina tashuvchilarga oʻtkazish.
4. Birlamchi xujjatlarni qabul qilish.
66
5. Axborotlarni saqlash.
Nazorat bosqichi quyidagi amallarni oʻz ichiga oladi:
1. Qabul qilingan axborotlarni tekshirish.
2. Amallarni bajarilishini nazorat qilish.
3. Xatolarini toʻgʻrilash.
Axborot resurlari – iqtisodiy kategoriya. Axborot resurlari – iqtisodiy
kategoriya axborot tizimidagi (kutubxonalar, arxiv, jamgʻarmalar, ma‘lumotlar
banklari va hokazo) alohida xujjatlar va xujjatlarning butun bir majmuidir.
Axborot resurslarini axborot tizimidagi barcha axborotlar hajmi deb tushunish
mumkin. Masalan, mamlakat uchun bu mamlakatning axborot resursi sanaladi,
iqtisodiy ob‘ekt doirasida esa – iqtisodiy ob‘ektning axborot resursi deb yuritiladi.
Boshqacha aytganda, axborot resurslari – moddiy tashuvchi vositalarda qayd
etilgan va jamiyat foydalanishi uchun moʻljallangan barcha bilimlar demakdir.
Iqtisodiy ob‘ektning axborot resurslari. Resurs - biror narsaning zahirasini,
manbaini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining har qanday tarmogʻi tahlil
etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib
koʻrsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.
Axborot jihatlari. Axborotni uchta asosiy jihatdan koʻrib chiqish mumkin,
ya‘ni, pragmatik, semantik va sintaksis tomonidan. Axborotni aynan shu jihatdan
koʻrib chiqish avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyixalashtirishda muhim
ahamiyatga ega.
Pragmatik jihat - axborotlarning amaliy jihatdan foydaliligi, iste‘molchi
uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai
nazaridan koʻrib chiqadi. Axborotni pragmatik oʻrganish boshqaruvning turli
darajalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar tarkibini
aniqlash, koʻrsatkichlar va xujjatlarning unifikatsiyalashtirilgan tizimini ishlab
chiqish imkonini beradi.
Semantik jihat - axborotlarni oʻrganishda axborotning mohiyatini ochish va
uning elementlarining mazmunan ahamiyati oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrsatish
imkonini beradi.
67
Iqtisodiy ob‘ektning axborot resurslarini shakllantirish manbalari. Har
qanday iqtisodiy ob‘ekt ayrim bir tashqi muhitda faoliyat koʻrsatadi. Ushbu
iqtisodiy ob‘ekt ichki muhitni ham yuzaga keltiradi. Ichki muhit iqtisodiy
ob‘ektning tuzilmaviy boʻlinmalari va u erda ishlovchi xodimlar orqali ularning
texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida shakllanadi.
Yuzaga kelish manbaiga bogʻliq holda iqtisodiy ob‘ekt doirasidagi axborot
resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar mavjud.
|