O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/76
Sana01.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#129371
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi. 
Ushbu Qonunning maqsadi 
axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. 
Axborotlashtirish 
toʻgʻrisidagi 
qonun 
hujjatlari. 
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun 
hujjatlaridan iboratdir. 
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston 
Respublikasining axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qoʻllaniladi. 
 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqqillikka erishgan dastlabki yillardanoq, 
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e‘tibor berila boshlandi va bu 
soha bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda.
2003 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»gi 
Qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib, axborotlashtirishning iqtisodiy
huquqiy va tashkiliy asoslari aniqlandi va axborotlashtirish sohasida davlat 
siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. 
1995 yil fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«UzPAK» ma‘lumotlar uzatish milliy tarmogʻini yartish (MUMT) va xalqaro 
tarmoqlarga, shu jumladan, Internetga chiqish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. 
Ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmatlarini koʻreatish 
boʻyicha «Milliy operator va provayder» maqomini oldi va xoʻjalik hisobidagi 
«UzNET» axborot -kompyuter xizmati uning tarkibiga kiritildi. 
Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq, vazirliklar, idoralar, muassasa va 
tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator xalqaro tashkilotlarning 
axborot tizimlari va tarmoqlarini ma‘lumotlar uzatish milliy tarmogʻiga 
birlashtirish yoʻli bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda. 
1991-2009 yillarda 350 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar chiqarildi. 
Ulardan 25 dan ortigʻi toʻliq axborotlashtirish amaliyotiga tegishlidir, qolganlari 
esa muayyan muammolar boʻyicha alohida me‘yorlarni oʻz ichiga oladi.


51 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
toʻgʻrisida» 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son.
2. Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida qogʻozni tejash va 
undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 1999 yil 7 iyundagi 
291-son 
qarori
.  
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida» 2005 yil 8 iyundagi PQ-117-son qarori. 
4. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida 
2012 yil 21 mart,
PQ-1730-son qarori. 

Download 1,89 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish