O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/76
Sana01.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#129371
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
Ichki muhit - axboroti odatda aniq boʻlib, xoʻjalikning moliyaviy holatini 
toʻliq aks ettiradi. Uni tahlil etish koʻpincha standart formallashgan protseduralar 
yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi muhit – iqtisodiy ob‘ektdan tashqarida boʻlgan iqtisodiy va siyosiy 
sub‘ektlardir. Bu ob‘ektning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari 
va xakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini 
oʻz ichiga oladi. Tashqi muhit xaqidagi axborot koʻpincha taxminiy, noaniq, 
notoʻliq, ziddiyatli, ehtimolli boʻladi. Bu holatda u nostandart qayta ishlash 
usullarini talab etadi. Iqtisodiy ob‘ekt turli manbalardan quyidagi tashqi axborotni 
olishi mumkin: 
1. Iqtisodiyotning ahvoli xaqida umumiy axborot. Manbalar: axborot – taxliliy 
materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, Internet resurslari. 
2. Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor boʻyicha. 
3. Tovarlar narxlari boʻyicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal va 
byulletenlar, kataloglar, Internet ma‘lumotlar bazasi.
4. Oʻziga xos axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet. Uni axtarishda izlab 
topish tizimlaridan foydalaniladi.
5. Davlat boshqarish organlaridan axborotlar (qonunlar, qarorlar, soliq organlari 
xabarlari va hokazo). 
Axborot resurslarini boshqarish deganda: 
· har bir darajada va boshqarish funktsiyasi doirasida axborotga boʻlgan 
ehtiyojlarni baholash; 


68 
· iqtisodiy ob‘ektning hujjat aylanishini oʻrganish, uni optimallash, hujjatlar turi 
va shakllarini standartlash, axborot va ma‘lumotlarni toʻplash; 
· ma‘lumotlar turlari nomunosibligini engib oʻtish; 
· ma‘lumotlarni boshqarish tizimini yaratish anglaniladi. 
Jahon axborot bozorlari. Jahon bozorida axborotni quyidagi asosiy 
sektorlarga boʻlish mumkin:
1. Ishbilarmonlik axboroti sektori (birja, moliyaviy, tijorat, iqtisodiy va 
statistik) quyidagilarni qamrab oladi: 
· birjalar, birja va moliya axboroti maxsus xizmatlari, broker kompaniyalari 
beradigan qimmatbaho qogʻozlar, valyuta kurslari, hisob stavkalari va 
kotirovkalari, tovarlar va kapitallar bozorlari, investitsiyalar, narx-navolar xaqidagi 
birja va moliyaviy axborot va hokazolar
· iqtisodiy va statistik axborotni – davlat xizmatlarini, shuningdek shu sohadagi 
tadqiqotlar, ishlanmalar va konsalting bilan band kompaniyalar taqdim etadigan 
dinamik, bashorat modellari va baholar koʻrinishidagi raqamli iqtisodiy, 
demografik va ijtimoiy axborotlar; 
· maxsus axborot xizmatlari beradigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi
yangiliklar; 
· kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalarning asosiy faoliyat yoʻnalishlari va 
ishlab chiqargan mahsulotlari, narxlari, moliyaviy ahvoli, aloqalari, oldi-sotdi 
bitimlari va rahbarlari haqidagi tijorat axboroti.
2. Fan–texnika va maxsus axborot sektori. Fundamental va amaliy 
fanlarning barcha tarmoqlari, ta‘lim, madaniyat va inson faoliyatining boshqa 
sohalaridagi bibliografik, referativ va ma‘lumotnoma axborotini, kutubxona va 
ixtisoslashgan xizmat orqali boshlangʻich manbalarga boʻlishni, matnli 
ma‘lumotlar, toʻla jamli nusxalar, mikrofilmlar, kasb boʻyicha axborot va xoʻjalik 
mutahassislari uchun maxsus ma‘lumotlar olish imkoniyatini ta‘minlashni qamrab 
oladi. 
3. Iste‘molchilik axboroti sektori yangiliklar xizmati va matbuot axboroti
ma‘lumotnoma adabiyotlar, qomuslar, ommaviy va qiziqarli axborotni qamrab 


69 
oladiki, ulardan boʻsh vaqtda, uy sharoitida foydalaniladi. Bu sektor shuningdek, 
maxalliy yangiliklar, ob-havo, transport qatnovli jadvali va hokazolarni ham oʻz 
ichiga oladi. 
Axborot resurslar turlaridan biri sifatida. Axborot tovarning har ikki 
xususiyatiga: iste‘mol qiymatining mavjudligi (foydaliligi, qadr-qimmati) va 
qiymatiga (ya‘ni ijtimoiy mehnatning ayrim sarfiyoti) ega boʻladi. 
Axborot va tovarlar sifatidagi buyum-narsalar ob‘ektining umumiy va farqli 
xususiyatlari mavjud. 
Bu ob‘ektlarning odatdagi mahsulot va moddiy zahiralar bilan quyidagi 
bogʻliqligi bor: ularga iste‘mol soʻrovi mavjud; ular mulkiy ob‘ektlardir, ya‘ni 
ularga ega boʻlish, foydalanish va egalik qilish mumkin; ular aniq ishlab 
chiqaruvchilar (ta‘minotchilar)ga ega; ular qiymat va tegishli narxga ega; ular turli 
shart-sharoitlarda etkazib berilishi mumkin. 
Axborotning foydalilik ish koeffitsienti. Axborotning oʻz vaqtida qabul 
qilinmasligi qaror qabul qilishni kechiktiradi, oqibatda qabul qilinayotgan qarorlar 
oʻzgaruvchan sharoitda talabga javob bermaydi. Axborot qanchalik tezkor boʻlsa, u 
shunchalik qimmatli boʻladi. 
Axborotning qiymati faqat uning miqdori bilangina belgilanmaydi. Axborot 
birligining qiymati yoki murakkabliligi darajasiga qarab baholash ham muhim. 
Unda boshqaruv xodimlari ishini ular ishlab chiqarayotgan axborot miqdori va 
qiymati boʻyicha (boshqarish samaradorligi uchun zarur va etarli boʻlgan) baholash 
imkoniyati tugʻiladi. Ushbu formula boʻyicha foydalanuvchi (ijrochi) foydali ishi 
koeffitsienti shunday baholash koʻrsatkichi boʻlib xizmat qilishi mumkin: 
Uchiq * lchiq 
h = -----------------
Ukir * lkir 
Bunda lchiq, lkir – tegishlicha kiruvchi va chiquvchi axborot qiymati
Uchiq, Ukir – tegishlicha kiruvchi va chiquvchi axborot hajmlaridir. 


70 
Axborotni tejash, iqtisodiy samara. Axborotni tejash. Axborotni qayta 
ishlash va foydalanish jarayonlari – mehnat jarayonlari, boshqaruv mehnatini 
tejash muammosi ekan, demak bu eng avvalo axborotni tejash muammosidir. 
Axborotni tejash tamoyili shundayki, u bilan bogʻliq jarayonlar undan faqat ishlab 
chiqarishda foydalanilgandagina maqsadga muvofiq boʻladi. 
Axborotni tejash yoʻlaridan biri doimiy va oʻzgaruvchan axborot oʻrtasida 
toʻgʻri nisbatni oʻrnatishdir. Bunda doimiy axborot solishtirma ogʻirligining aniq 
sharoitlardagi eng koʻp imkoniyatlarini koʻzda tutishi lozim. 
Axborot toʻlaqonligining oʻlchovi boʻlib (yani faktik yoki loyixalashtirilgan) 
Jloy dan vaqt birligi yoki bir boshqaruv turkumi (jarayon, ish) mobaynida mazkur 
sharoitdagi maksimal axborot miqdori Jmax ga ogʻishi axborot toʻlaqonligiga 
oʻlchovi boʻlib xizmat qilishi mumkin, chunki axborot toʻlaqonligi oxir - oqibatda 
uning miqdori bilan belgilanadi. Axborot toʻlaqonlilik koeefitsienti oʻlchami Kb
quyidagi formula bilan belgilanadi: 
Jloy 
Kb = --------------
Jmax 
Iqtisodiy samara (E) bilan axborotni yoʻqotish (S) oʻrtasidagi aloqa quyidagi 
bogʻliqlikda ifodalanadi: 
1 - M 
E = -------- * Ss

bunda M -yoʻqotishlar yoki iqtisodiy samara koeefitsenti (ularning maksimal 
ahamiyatiga nisbatan).
S
2
max maksimal yoʻqotishlar axborot umuman yoʻq paytida yuzaga keladi. 
Ularning oʻlchami axborotsiz toʻgʻri qaror qilish ehtimoli hisobga olingan holda 
belgilanishi lozim. 
M koeeffitsenti oʻz navbatida axborot toʻlaqonligi koeffitsenti (Kb)dan, u 
bilan bogʻliq harajatlar (S1) va yoʻqotishlarga (S2) bogʻliq.


71 
Axborotni hisoblash formulasi va narxiga tasir etuvchi omillar. Axborotni 
hisoblash. Umumiy holatda axborotni mazmuni, usuli va miqdori bilan tavsiflash 
mumkin. 
Axborot miqdori tushunchasi oʻtgan asrning 30-yillarida yuzaga keldi va 50-
yillarda asosan aloqa texnikasi maqsadlari uchun shakllandi. 1948 yili 
K.E.Shennon axborot miqdorini aniqlash uchun shunday klassik formulani berdi: 
N 1 
J = Σ Pi log -------
i=l Pi 
bunda N – ehtimoliy xabarlar soni; Pi – i xabarlar ehtimolligi. 
Formula quyidagi koʻrinishda ham qoʻllaniladi:

Download 1,89 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish