• Mustaqil ish topshiriqlari
  • Vazifalar : Quyidagi savollarga javob bering
  • 2.2. Axborot tizimlarini boshqarish Tayanch soʻzlar.
  • Nazorat savollari va topshiriqlari




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/76
    Sana01.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #129371
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
    Nazorat savollari va topshiriqlari:
    1. Axborot, axborot turlari. 


    73 
    2. Axborotdan foydalanishning qonun-qoidalari
    3. Iqtisodiy axborotning ta‘rifi va oʻlchov birliklari. 
    4. Iqtisodiy axborotning tuzilishi va turkumlanishi. 
    Mustaqil ish topshiriqlari 
    1. Iqtisodiy axborot tashuvchilar. 
    2. Iqtisodiy axborotni qayta ishlash jarayonlari. 
    3. Axborot resurslari-axborot texnologiyasining asosi. 
     
    Amaliy mashgʻulot 
    Mavzu: Axborot resurslari-axborot texnologiyasining asosi sifatida 
    Maqsad: Axborot tushunchasi, turlari, xususiyatlari, iqtisodiy axborot, 
    oʻlchov birliklari, axborot resurslari, iqtisodiy axborotni qayta ishlash hamda 
    iqtisodiy axborot tashuvchilar va qayta ishlash masalalari oʻrganiladi. 
    Vazifalar
     Quyidagi savollarga javob bering: 
    1. Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari. 
    2. Iqtisodiy axborotning ta‘rifi va oʻlchov birliklari. 
    3. Iqtisodiy axborotning tuzilishi va turkumlanishi. 
    4. Iqtisodiy axborot tashuvchilar. 
    5. Iqtisodiy axborotni qayta ishlash jarayonlari. 
    6. Axborot resurslari-axborot texnologiyasining asosi. 
    2.2. Axborot tizimlarini boshqarish 
     
    Tayanch soʻzlar. Tizimlarni boshqarish, Funktsional alomat, Tezkor 
    (Operativ) darajadagi axborot tizimlar, Strategik axborot tizimlar.
    Axborot tizimlari masalalarining tuzilmalanganligi alomati boʻyicha 
    klassifikatsiyalash. Masalani tuzilmalanganligi tushunchasi. Axborot tizimlar 
    quyidagi uch turdagi masalalar uchun yaratiladi:


    74 

    tuzilmalangan (formallashtirilgan),

    tuzilmalanmagan (formallashtirilmagan)

    qisman tuzilmalangan
    Tuzilmalangan masala-bu shunday masalaki, unda barcha elementlar va ular 
    orasidagi bogʻlanishlar ma‘lum. 
    Tuzilmalanmagan masala-bu shunday masalaki, unda elementlarni ajratib va 
    ular orasidagi aloqani oʻrnatib boʻlmaydi. Qisman tuzilmalangan masala-bu 
    shunday masalaki, unda qisman elementlar va ular orasidagi oʻzaro aloqa ma‘lum. 
    Qisman tuzilmalangan masalalarni echishda foyidalanadigan iformatsion 
    tizim turlari. Qisman tuzilmalangan masalalarni echishda foyidalanadigan axborot
    tizimlar ikki turga boʻlinadi. 

    Boshqaruv hisobotlarini yaratuvchi. Ular asosan berilgan ma‘lumotlarga 
    ishlov berishga (izlash, sortlash, saralash) moʻljallangan. Ushbu hisobotlardagi 
    ma‘lumotlar asosida boshqaruvchi qaror qabul qiladi. 

    Mumkin boʻlgan alternativ qarorlarni ishlab chiquvchi. Unda qaror qabul 
    qilish tavsiya etilgan alternativlardan birini tanlashga olib keladi.   
    Boshqaruv hisobotlarini yaratuvchi axborot tizimlar foydalanuvchini 
    ma‘lumot bilan qoʻllab-quvvatlashni ta‘minlaydi, ya‘ni berilganlar bazasidagi 
    ma‘lumotlar bilan ishlashga va ularga qisman ishlov berishga huquq beradi. 
    Alternativ qarorlarni ishlab chiquvchi axborot tizimlar modeliy yoki ekspert 
    tizimlari boʻlishi mumkin. Modeliy axborot tizimlar, foydalanuvchilarga 
    matematik, statistik, moliyaviy va boshqa modellarni havola etadi. Ulardan 
    foyidalanish alternativ qarorlarni ishlab chiqish va baholashni osonlashtiradi. 
    Ekspert axborot tizimlari bilimlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan 
    ekspert tizimlarni yaratish hisobiga foyidalanuvchi tomonidan, mumkin boʻlgan 
    alternativlarni ishlab chiqish va baholashni ta‘minlaydi. Axborot tizimlarni 
    funktsional va boshqaruv darajalari alomatiga qarab klassifikatsiyalash.
    Funktsional alomat nima? Funktsional alomat qismtizimning oʻrni, 
    maqsadlari, vazifasi va funktsiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimning tuzilmasini 
    uning funktsional qismtizimlarining majmuasi shaklida ifodalash mumkin, 


    75 
    funktsion alomatni esa axborot tizimlarni klassifikatsiyalashda foyidalanish 
    mumkin. Funktsional alomatiga qarab quyidagi axborot tizimlar mavjud.

    Ishlab – chiqarish tizimlari 

    Marketing tizimlari 

    Moliyaviy va hisob tizimlari

    Kadrlar tizimi 

    Firma xususiyatiga koʻra yordamchi funktsiyalarni bajaruvchi boshqa turlar 
    Operativ darajadagi axborot tizimlar. Operativ darajadagi axborot tizimlar 
    mutaxassis – ijrochilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Unda u shartnomalar va hodisalar 
    haqida ma‘lumotlarga ishlov beradi. (Hisob raqamlari, maosh, kreditlar, xomashyo 
    va materiallar oqimi). Masalan.

    Buxgalteriya 

    Bank depozitlari 

    Buyurtmalarga ishlov berish 

    Aviabiletlarni qayd qilish

    Maosh toʻlash 
    Mutaxassislarga moʻljallangan axborot tizimlar. Ushbu darajadagi axborot 
    tizimlar berilgan ma‘lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislarga yordam beradi, 
    muhandis va loyihalovchilar ishi mahsuldorligi va unumdorligini oshiradi. Bu 
    sinfdagi axborot tizimlarni ikki guruhga boʻlish mumkin: 

    Ofisni avtomatlashtiruvchi axborot tizimlar 

    Bilimlarni ishlov beruvchi axborot tizimlar
    Oʻrta pogʻonadagi menedjerlar uchun axborot tizimlar. Menedjment 
    darajasidagi axborot tizimlardan monitoring(doimiy kuzatish), nazorat, qaror qabul 
    qilish va ma‘murchilik uchun oʻrta boshqaruv pogʻonasidagi xodimlar 
    foyidalanishadi. Ushbu axborot tizimlarning asosiy funktsiyalari quyidagilar: 

    Joriy koʻrsatgichlarni avvalgi qiymatlari(eskilari) bilan solishtirsh; 

    Ma‘lum vaqt oraligʻidagi davriy hisobotlarni tuzish; 


    76 

    Arxivlangan ma‘lumotlardan foyidalanish imkoniyatini ta‘minlash. 
    Bu darajadagi axborot tizimlarni ikki turga boʻlish mumkin: 

    boshqaruv uchun (menedjment); 

    Qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi tizimlar. 
    Boshqaruv uchun moʻljallangan axborot tizimlarning analitik imkoniyatlari 
    unchalik koʻp emas. Ular asosan ish borishi toʻgʻrisida kunlik, haftalik ma‘lumotga 
    muhtoj boshqaruv xodimlariga xizmat koʻrsatishadi. 
    Qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi tizimlar, natijasini oldindan 
    prognoz qilish mumkin boʻlgan qisman tuzilmalangan masalalar uchun xizmat 
    qiladi. Ular bir nechta modellarga ega boʻlgan juda kuchli analitik apparatga ega. 
    Strategik axborot tizimlar. Strategiya deb uzoq muddatli istiqbol 
    masalalarini hal qiluvchi usullar va vositalar majmuasiga aytiladi. 
    Strategik axborot tizim-tashkilot rivojlanishi strategik istiqbol maqsadlarini 
    amalga oshirish uchun qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashini ta‘minlovchi 
    kompyuter axborot tizimidir. 
    Strategik darajadagi axborot tizimlar tuzilmalanmagan masalalarni echishga 
    moʻljallangan boʻlib ularning asosiy vazifasi – tashqi atrofda vujudga kelayotgan 
    oʻzgarishlar bilan firmaning mavjud potentsialini solishtirishdan iborat. 
    Firmadagi axborot tizimlar. Ixtiyoriy firmadagi oʻzaro bir-biri bilan 
    aloqada boʻlgan va barcha darajalardagi boshqaruv qarorlarini qoʻllab-
    quvvatlaydigan har xil vazifalarni ijro etuvchi lokal axborot tizimlar mavjud 
    boʻlishi lozim. Quyidagi rasmda ushbu variantlardan biri keltirilgan.
    Axborot tizimlarning boshqa klassifikatsiyalari. Avtomatlashtirish darajasi 
    boʻyicha klassifikatsiyalash.
    Firmaning boshqaruv tizimidagi axborot jarayonlarni avtomatlashtirish 
    darajasiga koʻra axborot tizimlar amallarni qoʻlda bajaradigan, avtomatik, 
    avtomatlashtirilgan turlariga boʻlinadi.
    Axborotdan foydalanish xarakteri boʻyicha klassifikatsiyalash. Quyidagi 5.2 
    - rasmda koʻrsatilganidek axborot tizimlarni ma‘lumot xarakteriga koʻra: 
    ma‘lumot-izlovchi, ma‘lumot-qaror qabul qiluvchi turlariga boʻlish mumkin. Oʻz 


    77 
    navbatida ma‘lumot-qaror qabul qiluvchi axborot tizimlar: boshqaruvchi va 
    maslahat beruvchi turlariga boʻlinadi. Ma‘lumot-izlovchi axborot tizimlari 
    berilgan ma‘lumotni kiritish, saqlash, sistemaga solish, foydalanuvchi soʻroviga 
    koʻra (murakkab oʻzgartirishsiz) ma‘lumotni chiqarishni amalga oshiradilar. 
    Boshqaruvchi IT shunday ma‘lumot ishlab chiqaradiki, u asosida inson qaror qabul 
    qiladi. Maslahat beruvchi IT shunday ma‘lumot ishlab chiqaradiki, uni inson 
    ma‘lumot uchun qabul qilib, darhol uni aniq harakatlarga aylantirmaydi. 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish