O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/76
Sana01.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#129371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
 
 
Tayanch soʻzlar. Fayllarni boshqarish tizimi, Windows XP dasturida 
fayllarni nomlash, boshqarish, fayllarni hotirada ifodalanishi, fayl tizimlari 
funktsiyalari, FAT16, VFAT, FAT32, HPFS, NTFS fayl tizimlari, faylli 
tizimlarning asosiy imkoniyatlari. 


81 
Fayllarni boshqarish tizimlari, koʻpgina zamonaviy operatsion tizim (OT) 
larning asosini tashkil etadi. Masalan, UNIX operatsion tizimi, fayl tizimisiz 
ishlamaydi, unda fayl tizimi asosiy tushunchalardan biridir. Hamma zamonaviy 
OT lar fayllardan va ular bilan ishlash uchun mos dastur ta‘minotidan foydalanadi. 
Gap shundaki, birinchidan, fayl tizimi orqali ma‘lumotlar boʻyicha koʻpgina ishlov 
beruvchi dasturlar bogʻlanadi. Ikkinchidan, bu tizim orqali disk makonini 
markazlashtirilgan holda taqsimlash va ma‘lumotlarni boshqarish muammolari 
echiladi. Va nihoyat, foydalanuvchilar oʻz ma‘lumotlariga murojaat qilishning 
oson usullariga ega boʻladilar, bu ma‘lumotlarni, taoʻqi xotira qurilmalarida 
joylashtiradilar. 
Turli OT lar va tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan koʻpgina 
fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma‘lumotlarni joylama (nositel) da 
joylashtirishning har xil printsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS 
fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng koʻp tarqalgan fayl 
tizimi bilan – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir. 
Fayl tizimi funktsiyalari va ma‘lumotlar ierarxiyasi. Fayl deganda, odatda 
nomlangan, bir xil tuzilishga ega boʻlgan yozuvlardan tashkil topgan ma‘lumotlar 
toʻplami tushuniladi. Bu ma‘lumotlarni boshqarish uchun, mos ravishda fayl 
tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma‘lumotlar mantiqiy strukturasinining va ularga 
ishlov berish jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini 
beradi. Aynan fayl tizimi, ma‘lumotlarni disklarda yoki biror-bir boshqa 
jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul qilingan 
spetsifikatsiyalari boʻyicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus 
tizimli dasturiy ta‘minotni, koʻpincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi. Aynan, 
fayllarni boshqarish tizimi, fayl ma‘lumotlarini yaratish, yoʻqotish tashkil etish, 
oʻqish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini oʻzgartirish vash u bilan birga 
fayllarga murojaatni va fayllar tomonidan foydalaniladigan resurslarni 
boshqarishga javob beradi.
Fayllarni boshqarish tizimining (FBT) asosiy vazifasi, bizga kerakli boʻlgan 
yozuvning aniq fizik adresini koʻrsatib, quyi darajada murojaat oʻrniga, fayl 


82 
koʻrinishida tashkil etilgan ma‘lumotlarga murojaatning qulay usulini berishidir, 
ya‘ni fayl nomi va undagi yozuvni nomini koʻrsatib, mantiqan murojaat qilishga 
imkon berishdir.
Fayllarni boshqarish tizimi yordamida, foydalanuvchilarga quyidagi 
imkoniyatlar yaratiladi: 
- foydalanuvchilarning muloqat funktsiyalarini (uning ma‘lumotlari bilan) 
amalga oshiruvchi va fayllarni boshqarish tizimidan faol foydalanuvchi, 
maxsus boshqaruvchi funktsiyalar yordamida yoki oʻz dasturlaridan, nomli 
ma‘lumotlar toʻplamini (fayllarni) yaratish, olib tashlash va qayta nomlash 
(va boshqa operatsiyalar); 
- disksiz periferik qurilmalar bilan fayl kabi ishlash; 
- fayllar orasida, qurilmalar oʻrtasida (va teskari) ma‘lumotlar almashinish; 
- fayllarni boshqarish tizimi dasturiy modullariga murojaat usuli bilan fayllar 
bilan ishlash (API ning bir qismi fayllar bilan ishlashga moʻljallangan); 
- fayllarni huquqsiz murojaatdan himoya qilish. 
Qoida boʻyicha hamma zamonaviy OT lar oʻz fayllarini boshqarish 
tizimilariga egadir.
Ba‘zi OT lar esa, bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkoniga egadirlar 
(bir nechtasi ichidan bittasi yoki bir nechtasi bilan bir vaqtda). Bu hollarda, 
montirovka qilinadigan fayl tizimlari toʻgʻrisida soʻz boradi (montirovka 
qilinadigan fayllarni boshqarish tizimlarini qoʻshimcha sifatida oʻrnatish mumkin) 
va bu borada ular mustaqildir.
Shu narsa ma‘lumki, fayllarni boshqaruv tizimi, OT ning asosiy 
komponentasi boʻlgan holda, undan mustaqil emas, chunki API ning mos 
chaqiriqlaridan faol foydalanadi. Shu bilan birga, FBT ning oʻzi API ni yangi 
chaqiriqlar bilan boyitadi.
Demak, shuni ta‘kidlash mumkinki, ixtiyoriy FBT oʻz-oʻziga mavjud emas, 
balki ular aniq OT muhitida ishlash uchun yaratiladi. Misol uchun hammaga tanish 
fayl tizimi FAT ni keltirish mumkin (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish 
jadvali). Bu tizim, fayllarni boshqarish tizimi sifatida koʻp hollarda ishlatiladi. 


83 
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli versiyalari mavjuddir: 
FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va h.k.lar. 
Bu FBT ning MS DOS OT dan to Windows NT bilan ishlaydigan versiyalari 
mavjud. Boshqacha qilib aytganda, ma‘lum fayllar tizimiga mos tashkil etilgan 
fayllar bilan ishlashda, har bir OT uchun oʻz fayllarni boshqarish tizimi ishlab 
chiqishi shart. Va bu fayl tizimi, qaysi OT uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha OT 
da ishlaydi, ammmo boshqa fayllarni boshqaruv tizimi yordamida yaratilgan 
fayllarga murojaat imkonini ta‘minlaydi (boshqa OT FBT bu OT FBT printsiplari 
asosida ishlaydigan boʻlishi kerak). 
Fayl tizimi – bu ma‘lumotlarning qabul qilngan sertifikatsiyalari boʻyicha 
tashkil etilgan toʻplamlari majmuasi boʻlib, ular fayllarga murojaat uchun zarur 
boʻlgan adresli ma‘lumotlarni olish usulini aniqlaydi. 
Demak, fayl tizimi termini, avvalambor fayllarga tashkil etilgan 
ma‘lumotlarga murojaat printsiplarini aniqlaydi. Xudi shu terminni u yoki bu 
jamlamada joylashgan aniq fayllarga nisbatan ham ishlashtish mumkin. Fayllarni 
boshqarish termini esa, fayl tizimining aniq realizatsiyasiga (amalga oshishiga) 
nisbatan ishlatish mumkin, ya‘ni bu tizim – aniq OT larda fayllar bilan ishlashni 
ta‘minlaydigan dastur modullari toʻplamidir. 
Inson ishlaydigan ma‘lumotlar, odatda strukturalashtirilgandir. Bu avvalo, 
ma‘lumotlarni samarali saqlashni tashkil etishga imkon beradi, qidiruvni 
osonlashtiradi, nomlashda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Xuddi shuningdek, 
fayllar bilan ishlashda ham iloji boricha strukturalashtirish mexanizmini kiritish 
kerak. Hammadan osoni ierarxik munosabatlarni tashkil etishdir. Buning uchun, 
katalog tushunchasini, kiritish directory etarlidir. Katalog, fayl koʻrinishida tashkil 
etilgan ma‘lumotlar toʻgʻrisidagi ma‘lumotni oʻz ichiga oladi. 
Boshqacha aytganda, katalogda fayllar diskriptori saqlanadi. Agar fayllar, 
blok qurilmasida tashkil etilgan boʻlsa, aynan katalog yordamida FBT, shu 
ma‘lumotlar joylashgan blok adreslarini topadi. Katalog, maxsus tizimli ma‘lumot 
strukturasiga emas, (asosiy, ildiz katalog deyiladi), fayl oʻzi ham boʻlishi mumkin. 
Bunday fayl-katalog, maxsus tizimli qiymatga ega boʻlib, uni boshqa oddiy fayllar 


84 
orasida ajratish zarurdir. Fayl Katalog koʻpincha ―podkatalog‖ (subdirectory) deb 
ataladi. Agar fayl katalog, boshqa fayllar haqida ma‘lumotni oʻzida saqlasa, ular 
orasida ham oʻz navbatida fayl-kataloglar boʻlsa, biz xech qanday 
chegaralanmagan ierarxiyaga ega boʻlamiz. 
Undan tashqari, bunday fayl ob‘ektlarni fayl katalog kiritish, fayl tizimini 
nafaqat strukturalash, ildiz katalogdagi elementlar sonini chegaralanmagan 
muammosini hal qiladi. Fayl katalogida elementlar soniga chegara yoʻq, shuning 
uchun katta oʻlchamdagi kataloglarni yaratish mumkin. 
FAT fayl tizimi. FAT fayl tizimi, oʻz nomiga quyidagi ma‘lumotlarni oʻz 
ichiga olgan oddiy jadval orqali ega boʻlgan: 
- fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita 
adreslanuvchi qismlari (uchastkalari); 
- disk makoni boʻsh sohalari; 
- diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega boʻlib, 
ma‘lumotlarni oʻqish va yozishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi). 
FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va 
ma‘lumotlar sohasiga boʻlinadi. 
Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, 
keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, 
ma‘lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni oʻz ichiga oladi; bu ob‘ektlar 
ierarxiyani tashkil etadi, bu ob‘ektlar ildiz katalogga boʻysunadi. 
Katalog elementi fayl ob‘ektini tavsiflaydi, u oddiy fayl yoki fayl- katalog 
boʻlishi mumkin. Ma‘lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning 
foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi. Tizimli soha quyidagi tashkil 
etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan): 
- yuklanish yozuvi (Boot Record, BR); 
- rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec); 
- fayllarni joylashtirish jadvali (FAT); 
- ildiz katalog (Root Directory, R Dir). 


85 
Fayllarni joylashtirish jadvali. Fayllarni joylashtirish jadvali, juda muhim 
ma‘lumotlar strukturasidir. Aytish mumkinki, u, ma‘lumotlar sohasining holati va 
uning u yoki bu fayl ob‘ektiga mutanosibligi tavsiflanadigan ma‘lumotlar sohasi 
adres kartasidan iborat. 
Ma‘lumotlar sohasi, klasterlarga boʻlinadi. Klaster bu mantiqiy disk adres 
makonida bir yoki bir nechta ayqash sektorlardan iboratdir (aniqrogʻi-faqat 
ma‘lumot sohasida). Klaster, faylga ajratiladigan, xotira diskining adreslanadigan 
minimal birligidir. Klasterlar, mantiqiy diskning am‘lumotlar sohasidagi 
adreslanadigan birligi sonini kamaytirish uchun kiritilgandir. 
VFAT va FAT 32 fayl tizimlari. FAT boshlangʻich fayl tizimi muhim 
xarakteristikalardan biri fayl nomlari 8.3 formatidan foydalanishdir. FAT standart 
tizimiga (FAT 16 koʻz tutilmoqda) yana 2 ta, keng tarqalgan MS OT – Windows 
95 va Windows NT uchun koʻrinishlari: V FAT (FAT virtual tizimi) va FAT 32 
tizimidir. Hozirgi vaqtda FAT 32 – Windows Millennium Edition, Windows 2000 
va Windows XP tomonidan qoʻllaniladi, bu FAT 32, tizimining Windows NT va 
Linux uchun ham ishlab chiqilgan versiyalari mavjuddir. 
FAT va V FAT fayl tizimlari asosiy kamchiligi, mantiqiy diskning katta 
oʻlchamlaridagi klasterlashdagi yoʻqotishlar va mantiqiy disk oʻlchamiga boʻlgan 
chegaralanganligidir. Shuning uchun ham MS Win 95 OEM Service Release 2 
uchun FAT 32 keldi. U toʻliq mustaqil 32 razryadli fayl tizimidir va u oldingi 
versiyalarga nisbatan koʻp mukammaliklarga egadir. Eng asosiysi, FAT 32 disk 
sohasini samarali sarflaydi. 
HPFS fayl tizimi. HPFS fayl tizimi (High File System – yuqori 
unumdorlikka ega boʻlgan fayl tizimidir) birinchi marta OS/2 va Law Manager OT 
larida paydo boʻldi. Bu fayl tizimi, IBM va MS kompaniya mutaxassislari 
tomonidan MVS,VM/EMS fayl tizimlari va virtual murojaat usuli tajribasi asosida 
ishlab chiqildi. HPFS koʻpmasalalik rejimi fayl tizimi sifatida yaratila boshladi va 
katta oʻlchamli disklardagi fayllar bilan ishlashda yuqaori unumdorlikni ta‘minlash 
uchun moʻljallangan edi. 


86 
HPFS asosi qilib olingan fayllarni diskda joylashtirish printsipi, fayl tizimini 
unumdorligini va uning ishonchliligi va buzilishlarga qat‘iyliligini oshiradi. HPFS 
fayl tizimi, FAT bilan taqqoslaganda quyidagi ustunliklarga egadir: 
- yuqori unumdorlik; 
- ishonchlilik; 
- fayl va kataloglarga murojaatni moslanuvchi holda boshqarish imkonini 
beradigan kengaytirilgan atributlarni qoʻllash; 
- disk makonidan samarali foydalanish. 
Bu ustunliklar HPFS strukturasidan kelib chiqadi. 
NTFS fayl tizimi. NTFS (New Technology File System –yangi texnologiya 
fayl tizimi) fayl tizimi nomida yangi soʻzi mavjuddir. Haqiqatda, NTFS fayl tizimi, 
taniqli FAT 16 (va hatto FAT 32)ga nisbatan sezilarli mukammalliklar va 
oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan. Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan qaraganda, fayllar 
har doimdagidek (oldindagidek), Windows muhitida ishlash vaqtida koʻpincha 
―papka‖ deb ataluvchi kataloglarda saqlanadi. Ammo unda talay yangi xususiyat 
va imkoniyatlar paydo boʻldi. 
NTFS fayl tizimi asosiy imkoniyatlari. NTFS ni loyihalashda alohida 
diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga murojaatni chegaralash mexanizmiga, 
kengaytirilgan funktsionallikka , katta xajmdagi disklarni qoʻllashga va h.k.larga 
qaratildi. Bu tizim OS/2 V.3 doirasida ishlab chiqila boshladi, shuning uchun ham 
u HPFS fayl tizimi koʻpgina qiziqarli xususiyatlarini olgan. 
Ishonchlilik. Yuqori unumdorlikka ega boʻlgan va birgalikda foydalanish 
tizimlari, yuqori ishonchlilikka ega boʻlishi kerak. Bu esa NTFS tizimining eng 
muhim elementidan iboratdir. NTFS tizimi, oʻz-oʻzini tiklashning ma‘lum 
vositalariga ega. Bu vositalar tizim yaxlitligi (butunligi) ni tekshiradigan, ya‘ni 
tranzaktsiya jurnalini olib boradigan turli mexanizmlarni oʻz ichiga oladi. 
NTFS, qayta yuklanmasdan tinimsiz ishlashni ta‘minlashi muhim boʻlgan 
server fayl tizimi sifatida ishlab chiqilgani uchun, unda xuddi HPFS dagi kabi, 
defektli sektorlarni avariyali almashtirish mexanizmi ishonchlilikni oshirish uchun 
kiritilgan. Boshqacha aytganda, ma‘lumotlarni oʻqishda tizim rad etsa, u holda fayl 


87 
tizimi bu ma‘lumotlarni oʻqishga va bu maqsad uchun disk makonini maxsus 
rezervlab qayta koʻchiradi, defekt joyini-sektorni belgilab, unga boshqa murojaat 
qilmaydi. 
Fayl va kataloglarga murojaat chegaralari. NTFS fayl tizimi Windows NT 
OT i xavfsizlik ob‘ekt modelini qoʻllaydi va hamma tom, katalog va fayllarga
mustaqil ob‘ekt sifatida qaraydi. NTFS tizimi xavfsizlikni fayl va kataloglar 
darajasida ta‘minlaydi. Bu degani, tom, katalog va fayllarga murojaat huquqi, 
foydalanuvchi hisob yozuvi va u mansub boʻlgan guruhga bogʻliqdir. 
Foydalanuvchi har gal fayl tizimi ob‘ektiga murojaat qilganida uning huquqi 
ob‘ektning murojaatni boshqarish roʻyxatidan tekshiriladi (ACL). Agar 
foydalanuvchi zarur huquqga ega boʻlsa, uning soʻrovnomasi qondiriladi, aks 
holda soʻrovnoma rad etiladi.
Kengaytirilgan funktsionallik. NTFS tizimi mumkin boʻlgan kengaytirish 
hisobga olinib loyihalashtirilgan. Unda koʻpgina qoʻshimcha imkoniyatlar aks 
ettirilgan-yuqori darajada buzilishlarga qat‘iylik, boshqa fayl tizimlari 
emulyatsiyasi, kuchli xavfsizlik modeli, ma‘lumotlar oqimiga parallel ishlov berish 
va fayl atributlarini yaratish (foydalanuvchi belgilaydigan). 
Windows 2000/XP tizimlarida, NTFS fayl tizimidan foydalanishda 
kvotlashtirishni kiritish mumkin, bu foydalanuvchilar oʻz fayllarini disk 
makonining ularga ajratilgan kvotasi chegarasida saqlashi mumkin. 
NTFS tizimi katta disklar bilan ishlashni hisobga olib yaratilgan. NTFS 
ruxsatlari-bu foydalanuvchilarning ob‘ektlarga murojaatini chegaralash uchun 
berilgan fayl va kataloglarning maxsus kengaytirilgan toʻplami. Ular faqat NTFS 
fayl tizmi oʻrnatilgan tomlarda mavjuddir. Ruxsatlar moslanuvchan himoyani 
ta‘minlaydi, chunki ularni ham katalog, ham alohida fayllarga qoʻllash mumkin;
ular lokal foydalanuvchilarga (himoyalangan papka va fayllar boʻlgan 
kompyuterlarda ishlaydigan) ham, tarmoq orqali resurslarga ulanadigan 
foydalanuvchilarga ham mansubdir. Ruxsat va xuquqlarni chalkashtirib 
boʻlmaydi. Bular umuman har xil tushunchalardir. 


88 
NTFS ruxsatlari, birinchi navbatda, resurslarni shu resurs joylashgan 
kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchidan himoya uchun ishlatiladi. Ammo 
ulardan, masofadagi umumiy papkaga tarmoq orqali murojaat qiluvchi 
foydalanuvchilarga ham ishlatish mumkin. 
NTFS ruxsatlar himoyani yuqori darajada tanlashni ta‘minlaydi: har bir 
papkadagi faylga oʻz ruxsatini oʻrnatish mumkin. Har bir foydalanuvchining 
ruxsatlari, ma‘lum amallar boʻyicha farqlanadi. Demak, har bir fayl ob‘ekti 
oʻzining murojaatini boshqarish roʻyxatiga ega. 
Har bir fayl ob‘ekti murojaat maskasiga ega (access mask-maska dostupa). 
Murojaat maskasi oʻz ichiga standart (standard), maxsus (specific) va qarindoshlik 
(generic)-murojaat huquqlariga ega: 
- standart murojaat huquqi-hamma himoya qilingan ob‘ektlar uchun umumiy 
amallarni aniqlaydi; 
- maxsus murojaat huquqi, faylni ob‘ektlarga mos boʻlgan asosiy huquqlarni 
koʻrsatadi; 
- qarindoshlik murojaat huquqlari tizimi tomonidan foydalaniladi, tslar 
standart va maxsus xuquqlarkombinatsiyasini aniqlaydi. 
NTFS ruxsatlari Windows NT 4.0 va Windows 2000/XP operatsion tizimlari 
uchun ruxsatlar har xil kelitirilgan. 
NTFS ning Windows NT 4.0 dagi ruxsatlari. NTFS ning fayl va kataloglarga 
murojaati Windows 4.0 dagi ruxsatlari individual, standart va maxsus boʻladi. 
Individual ruxsatlar. Foydalanuvchiga u yoki bu tipdagi murojaatni berish 
imkoniyati individual ruxsatlar deyiladi. Windows NT 4.0 da bunday ruxsatlar 6 
ta: oʻqish (read), yozish (write), bajarish (execute), olib tashlash (delete), 
ruxsatlarni oʻzgartirish (Change Permissions) va egasini oʻzgartirish (Take 
Ownership). 
Standart ruxsatlar. Har gal individual ruxsatlarning kombinatsiyasidan 
foydalanmaslik uchun, NTFS ning standart ruxsatlari kiritilgan. 
- List - koʻrish 
- Add - qoʻshish 


89 
- Add & Read – oʻqish va yozish 
- Change -oʻzgartirish 
- Full Control – toʻliq murojaat. 
Maxsus ruxsatlar. Bu individul ruxsatlarning standart ruxsatlar bilan mos 
kelmaydigan kombinatsiyalari: R, W, X, D, P va O. 
NTFS ruxsatlarini qoʻllash. NTFS ruxsatlari foydalanuvchilar va guruhlar 
hisob yozuvlariga, xuddi umumiy tarmoq resusrlariga murojaat ruxsatlari kabi 
beriladi. Foydalanuvchi ruxsatni bevosita yoki ruxsati boʻlgan bitta yo bir nechta 
guruh a‘zosi boʻlib olishi mumkin. 
Windows 2000 va Windows XP OT larida individual, standart va maxsus 
ruxsatlar oʻrniga, foydalanuvchi interfeysda 13 ta ruxsatlar mavjud. 

Download 1,89 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish