78
Axborot tizimlarini joriy etganda nimani kutish mumkin? Axborot
tizimlarni joriy etishda quyidagilarga erishish mumkin:
matematik usullar va intellektual tizimlarni qoʻllash hisobiga, boshqaruv
masalalarning eng ratsional echimlarini topish;
xodimlarni murakkab hisob-kitoblardan, avtomatlashtirish evaziga, ozod
etish;
ma‘lumot aniqligini ta‘minlash;
berilgan ma‘lumotlarni qogʻozga emas, magnit disk va
lentalarda saqlash;
firmadagi hujjat-almashinuv tizimlarini va ma‘lumot oqimlarining
tuzilmalarini mukammallashtirish;
maxsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishdagi xarajatlarni
kamaytirish;
iste‘molchilarga unikal boʻlgan xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish;
yangi iqtisodiy munosabatlarni izlab toppish;
har xil xizmat koʻrsatish va arzonlashtirish hisobiga xaridorlar va
sotuvchilarni firmaga jalb etish.
Axborot tizimda boshqaruv tuzilmasinning roli. Har qanday tashkilotda
axborot tizimlarni yaratish va foydalanish quyidagi
masalalarni echimiga
qaratilgan.
Axborot tizimning tuzilmasi, uning funktsional vazifasi, tashkilot oldiga
qoʻyilgan maqsadga mos kelishi;
Axborot tizim odamlar tomonidan nazorat etilishi, ularga tushunarli boʻlishi
va undan asosiy sotsial hamda etik printsiplarga
asosan foydalanishlari
lozim;
Aniq, himoyalangan tuzilmalangan va oʻz vaqtida ishlab chiqarilgan
ma‘lumot.
Tashkilot boshqaruvining tuzilmasi. Boshqaruv deganda- tashkiliy, rejaviy,
hisob-kitob, tahlil, nazorat, ragʻbatlantirish,
qaror qabul qilish kabi
funktsiyalarni bajarish sharti ostida, qoʻyilgan maqsadga erishishni ta‘minlash
79
tushuniladi. Boshqaruv tuzilmasini odatda uchta darajaga boʻlishadi:
operatsion (quyi), funktsional (taktik) va strategik.
Tashkilot tarkibi. Tashkilot tarkibi - bu har xil darajali malakaga va
boshqaruv darajasiga ega boʻlgan xodimlar (oddiy namunaviy ishlov berish
amallarni bajaruvchi sekretarlardan tortib to strategik
qaror qabul qiluvchi
mutaxassis va menedjerlargacha)
Tashkilotning boshqa elementlari. Tashkilotdagi standart protseduralar – bu
har xil holatlarda topshiriqni bajarish uchun aniqlangan qoidalar. Har qanday
tashkilotning submadaniyati – bu harakat turlari,
printsiplari, tasavvurlar
majmuasi. Bularning ichida eng muhimi – axborot madaniyati hisoblanadi. Bu esa
oʻz navbatida axborot tizimda oʻz aksini topishi lozim. Umuman, tashkilotning
strategiyasi,
qoidalari, protseduralari va axborot tizimning apparat dasturiy
telekommunikatsiya qismlari orasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud.