• Axborot ta‘minoti
  • 2.1-rasm. Axborot tizimini tashkil etuvchilari.
  • O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/76
    Sana01.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #129371
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
    1.2. Tizimlarning tasnifi 
    Tayanch soʻzlar: Axborot ta‘minot, matematik ta‘minot, dasturiy ta‘minot, 
    umumtizimiy dasturiy ta‘minot, tashkiliy ta‘minot, tashkilot, qismtizim, huquqiy 
    ta‘minot, tizim, maxsus dasturiy ta‘minot, axborot oqimlar sxemasi, texnik 
    hujjatlashtirish, texnik ta‘minot
    Axborot tizimning tuzilmasi, uning qism tizimi deb ataluvchi alohida 
    qismlaridan tarkib topgan.
    Qisim - bu biror alomatga koʻra ajratilgan, tizimning muayyan qismi. 
    Shunday qilib ixtiyoriy axborot tizim tuzilmasini ta‘minlovchi qism tizimlar 
    majmuasi orqali ifodalash mumkin.
    Axborot ta‘minoti - axborot tizimlarida ma‘lumotlar omborini yaratish,
    hujjatlashtirishning bir hil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni 
    kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish boʻyicha uslublar va vositalar 
    yigʻindisidir. Axborot tizimlari quyidagi qismlardan tashkil topgan (2.1-rasm). 
    Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarning ishonchliligi va sifati koʻp 
    jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta‘minoti sifatiga bogʻliq. 
    2.1-rasm. Axborot tizimini tashkil etuvchilari.
    Texnik 
    ta’minot 
    Matematik
    ta’minot 
    Axborot
    ta’minoti 
    Axborotlar
    tizimi 
    Dasturiy
    ta’minot 
    Bazaviy 
    ta’minot 
    Tashkiliy
    ta’minot 


    26 
    Dasturiy ta‘minot - kompyuter texnikasi vositasida ma‘lumotlarni qayta 
    ishlash tizimi(MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yigʻindisidir. 
    Dasturiy ta‘minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy 
    mahsulotlar kiradi. 
    Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning oʻzaro harakatlarini 
    avtomatlashtirish, ma‘lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil 
    etish, MQIT texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat 
    qiladi. 
    Amaliy dasturiy ta‘minot axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni 
    avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy mahsulotlar yigʻindisini oʻzida 
    namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, 
    ma‘lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar – funktsional 
    kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob‘ektlar (iqtisodiy, muhandislik, 
    texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin. 
    Texnik ta‘minot ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimini faoliyat koʻrsatishi 
    uchun qoʻllaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta‘minot ma‘lumotlarni 
    qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni oʻz 
    ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) 
    texnik vositalari, turli hil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari 
    ham kiradi. 
    Texnik ta‘minot - axborot tizimning ishlashi uchun moʻljallangan texnik 
    vositalar kompleksi va ushbu vositalar, hamda texnologik jarayonlarning hujjatlari. 
    Texnik vositalar kompleksi bu: 

    Ixtiyoriy modeldagi kompyuterlar 

    Ma‘lumotni yigʻuvchi, saqlovchi, ishlov beruvchi, uzatuvchi va chiqaruvchi 
    qurilmalar 

    Berilganlarni uzatish va aloqa simlari qurilmalari

    Ma‘lumotni avtomatik tarzda oluvchi qurilmalar va orgtexnikalar. 
    Ishlatuvchi materiallar va boshqalar 


    27 
    Huquqiy ta‘minot axborot tizimini yaratish va faoliyat koʻrsatishini tartibga 
    soluvchi huquqiy me‘yorlar yigʻindisini oʻzida namoyon etadi.
    Lingvistik ta‘minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish va 
    ta‘minlash samaradorligini oshirish uchun ma‘lumotlarni qayta ishlash 
    texnologiyasi (MQIT)ni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan 
    til vositalari yigʻindisidan iborat.
    Vosita va texnik jarayonlarning xujjatlarini shartli tarzda uchta guruhga 
    boʻlish mumkin: 

    Davlat va tarmoq andozalarini oʻz ichiga oluvchi umumtizimiy xujjatlar; 

    Texnik ta‘minotini ishlab chiqishning barcha bosqichlari boʻyicha uslublar 
    kompleksini oʻz ichiga oluvchi maxsus xujjatlar; 

    Texnik ta‘minot boʻyicha hisob-kitoblarni bajarishda foydalanadigan 
    normativ xujjatlar. 
    Ayni paytda texnik ta‘minotni tashkil qilishning ikki asosiy shakllari 
    ishlatilmoqda (texnik vositalardan foydalanish shakllari): markazlashgan va 
    qisman yoki butunlay markazlashmagan. 
    Markazlashgan texnik ta‘minot axborot tizimda katta EHM va hisoblash 
    markazidan foydalanishga asoslangan. 
    Markazlashmagan texnik vositalar esa funktsional qismtizimlarni personal 
    kompyuterlarda bevosita ishchi oʻrinlarida joriy etishni koʻzda tutadi. 
    Istiqboldagi yondashuv – qisman markazlashgan yondashuv boʻlsa kerak, 
    ya‘ni texnik ta‘minot taqsimlangan turlar asosida tashkil qilinadi. Ushbu turlar 
    personal kompyuterlar va katta EHMlardan tarkib topgan. Katta EHMlarda barcha 
    funktsional qismtizimlar uchun umumiy boʻladigan berilgan ma‘lumotlar 
    saqlanadi. 
    Matematik va dasturiy ta‘minot - axborot tizim maqsadini amalga oshirish 
    uchun matematik usullar, modellar, algoritmlar va dasturlar majmuasidan iborat. 
    Matematik ta‘minot vositalariga quyidagilar mansub: 

    Boshqaruv jarayonlarini modellashtirish vositalari 

    Boshqaruvning namunaviy vazifalari 


    28 

    Matematik dasturlash, matematik statistika va h.k. usullari
     
    Dasturiy ta‘minotga esa umumtizimiy va maxsus dasturiy mahsulotlar, 
    hamda texnik xujjatlari kiradi. 
    Umumtizimiy dasturiy ta‘minot – ma‘lumotlarga ishlov berish namunaviy 
    masalalarini hal qilishga moʻljallangan foydalanuvchilar uchun dasturlar 
    kompleksi. 
    Maxsus dasturiy ta‘minot – haqiqiy ob‘ekt faoliyat koʻrsatishini aks etuvchi, 
    ixtiyoriy darajadagi uning adekvat modellarini joriy etuvchi amaliy dasturlar 
    majmuasi. 
    Texnik hujjatlar - masalaning tavsifi, algoritmini tuzishga topshiriq, 
    masalani matematik modeli, tekshiruv misollaridan tarkib topadi. 
    Tashkiliy ta‘minot - axborot tizimni ishlatishda va ishlab chiqish jarayonida 
    xodimlar bilan texnik vositalar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi 
    usullar va vositalar majmuasidir. 
    Tashkiliy ta‘minot quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

    Tashkilotning mavjud boʻlgan boshqaruv tizimini tahlil qilib, undagi 
    avtomatlashtirilishi lozim boʻlgan jarayonlarni aniqlab olish; 

    Masalani kompyuterda echish uchun tayyorlash, jumladan axborot tizimni 
    loyihalash uchun texnik topshiriq va uning samaradorligini asoslash 

    Tashkilot tarkibi va tuzilmasi boʻyicha boshqaruv qarorlarni, hamda 
    boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar echimi 
    uslubiyotlarini ishlab chiqish. 
    Xuquqiy ta‘minot. Xuquqiy ta‘minot - axborot tizimlarning yaratilishi, 
    adliyaviy statusi va ishlashini aniqlovchi huquqiy normalar majmuasi boʻlib, 
    ma‘lumotlarni olish, oʻzgartirish va ulardan foydalanish tartibini oʻrnatadi. 
    Huquqiy ta‘minotning bosh maqsadi qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. 
    Huquqiy ta‘minot tarkibiga – qonunlar, farmonlar, davlat organlarining 
    qarorlari, vazirliklarning buyruqlari va boshqa normativ hujjatlari, tashkilotlar, 
    maxalliy hokimiyat organlari kiradi. 


    29 
    Axborot tizimlarning ishlab chiqish bosqichlarining huquqiy ta‘minoti 
    ishlab chiquvchi va buyurtmachi orasidagi shartnomaviy munosabatlar, hamda 
    shartnomadan oldin ishni huquqiy asoslaydigan normativ aktlardan iborat. 
    Axborot tizimlarni ishlash bosqichlarining huquqiy ta‘minoti quyidagilarni oʻz 
    ichiga oladi:

    Axborot tizim statusi 

    Tashkilot tarkibining xuquqlari, vazifalari va javobgarligi

    Boshqaruv jarayonining huquqiy nizomi
    Ma‘lumotni yaratish va undan foyidalanish tartibi va boshqalar.  
    Bozor munosabatlarini shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan tub
    islohotlarni amalga oshirish, eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga 
    bogʻliqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur 
    oʻzgarishlar qilib boʻlmaydi. Bu borada iqtisodiy informatikaning tarkibiy qismi 
    boʻlgan zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash davr talabidir. 
    Axborot texnologiyalari (AT) – bu axborot jarayonlarini (axborotni yigʻish, 
    saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish va h.k) turli xil vositalar yordamida 
    boshqarishni tashkil etish usullaridir.
    Axborot texnologiyalari informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda 
    boshqaruv amaliyotini oʻtkazish, ishlab chiqarishni boshqarish, ilmiy izlanishlar va 
    iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishi, ularning texnik rivojlanishi natijasida 
    milliy iqtisodning yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyalari 
    iqtisodiy masalalarni hal etishda quyidagi asosiy jarayonlarni oʻz ichiga oladi: 
    1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish; 
    2. Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish; 
    3. Ma‘lumotlarni kodlashtirish; 
    4. Ma‘lumotlarni saqlash va izlash; 
    5. Iqtisodiy axborotni qayta ishlash; 
    6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish; 
    7. Qaror qabul qilish, boshqaruv ta‘sirini ishlab chiqish. 


    30 
    Axborot xususiyatlarini oʻrganish hamda inson faoliyatining turli sohalarida 
    foydalanish va tarqatish bilan shugʻullanadigan fan informatika deb ataladi. 
    Informatikaning asosiy vazifasi – davlat boshqaruv organlarining, sanoat va 
    tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot ehtiyojini qondirish uchun moddiy-
    texnik bazani yaratishdir.
    Axborot texnologiyasini oʻrganish uch qismdan iborat: 
    1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari oʻrganiladi, bunda 
    asosiy e‘tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish 
    bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash 
    jarayonlariga qaratilgan. 
    2. Axborot texnologiyasi tizimining unsurlari: xisoblash texnikasining tuzilishi, 
    foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta‘minoti va uning faoliyatini 
    belgilovchi lingvistik, erganomik va umumiy ta‘minotlarni oʻrganadi. 
    3. Boshqarish sub‘ekti faoliyatiga taalluqli boʻlgan iqtisodiy masalalarni echish 
    yoʻllari oʻrganiladi. 
    Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshkarish sub‘ektida shakllanadi. Shu 
    sababli xam axborot texnologiyasi boshkarish sub‘ektining ustqurmasi xisoblanadi. 
    Demak, axborot texnologiyasining shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning 
    boʻlishi majburiydir: 
    1. mutaxassislar 
    2. texnik vositalar 
    3. axborotlar 
    Shuning uchun xam axborot texnologiyasi boshkarish funktsiyalarini 
    ifodalovchi axborotlarni yigish, jamlash, uzatish, saklash va boshka jarayonlarni 
    amalga oshiruvchi inson - mashina tizimi deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun 
    bir kator tamoyillar ishlab chikilgan. 
    Iqtisodiy informatika deb kompyuter, kommunikatsion va tashkiliy texnika 
    vositalari yordamida iqtisodiy axborotni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash 
    usullarini oʻrganuvchi tushunchalarga aytiladi. 


    31 
    Iqtisodiy 
    informatika 
    texnologiya 
    va 
    uni 
    yaratish 
    bosqichlari, 
    avtomatlashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslash, muammo sohasining 
    funktsional tahlili, iqtisodiy masalalarni qoʻyilishini algoritmik hal etish, turli 
    vositalar yordamida dasturlarni qoʻllash muammolari bilan shugʻullanadi.
    Axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda, iqtisodiy 
    informatikaning muhim vazifalari quyidagilardan iboratdir:
    1.Bilimlar darajasini orttirish.
    2.Tarbiyaviy vazifa. 
    Bilimlar darajasini orttirish uchun odamlarni zarur axborotdan voqif 
    qilish, bilimlarni muntazam ravishda egallab, yangilab borishga nisbatan ularda
    ishtiyoq uygʻotish, ijodiy tafakkurni kuchaytirish kerak. 
    Tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ya‘ni inson informatika yordamida
    avlod ajdodlarimiz toʻplagan va umumlashtirgan ijtimoiy hamda ishlab chiqarish
    tajribalarni, ilmiy bilimlar, ijtimoiy gʻoyalar, estetik boyliklar va boshqalarni 
    oʻzlashtirar ekan, ongida yangi dunyoqarashni shakllantiradi.
    Axborot infratuzilmasi - axborotni toʻplash, qayta ishlash va ommaga 
    etkazish shart-sharoitlarni rivojlantirish imkonini beruvchi vositalar majmuasidir.
    Axborot infratuzilmasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi: 
    1. Ma‘lumotlarning davlat miqyosidagi va maxalliy manbalari tizimlarini. 
    Bu tizim EHM operatsion tizimlar yordamida turli tuman axborotni 
    avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqadi. U axborot-hisoblash markazlarining 
    mintaqaviy tarmoqlari, tashkilotlar, korxonalar, birlashmalar va ularning 
    boʻlinmalari infratuzilmalarini, hamda avtomatlashgan ish joylarini oʻz ichiga 
    oladi. 
    2. Aloqa tizimlarini - bu elektron pochta, teleks, vidioteks, telefaks, aloqa 
    vositalari va hisoblash texnikasining bir-biriga mushtarak boʻlib ketishi va 
    boshqalar.Bular taraqiy eta borib, ma‘lumotlar bilan taminlashning umumdavlat 
    yagona tizimiga aylanadi. 


    32 
    Axborot infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida 1992 yil 8 dekabrda 
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan Fan va Texnika 
    Davlat qoʻmitasi qoshida Axboratlashtirish boʻyicha bosh Boshqarma tuzildi. 
    Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi ―Oʻzbekiston Aloqa 
    va axborotlashtirish davlat qoʻmitasiga aylantirildi, unga respublikada 
    axborotlashtirishni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha funktsiyalar yuklandi. 
    Axborot xizmatlari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha 
    zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish maqsadida ―Kompyuter va 
    axborot–texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi‖ tashkil etildi.
    Demak, axborot texnologiyalarining rivojlanishi iqtisodiy informatikaning 
    rivojiga, 
    iqtisodiy 
    informatikaning 
    rivojlanishi 
    axborot 
    infratuzilmasini 
    kengayishiga, ya‘ni axborotlashgan jamiyatning shakllanishiga olib keladi. 
    Axborot texnologiyasining rivojlanishi bir nechta bosqichlarni oʻz ichiga 
    oladi.
    XIX asrning ikkinchi yarimigacha axborot texnologiyasining asosini pero, 
    siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan (qoʻl axborot texnologiyasi). 
    Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali 
    amalga oshirilar edi. Axborotni qayta ishlash mahsuldorligi oʻta past boʻlib, har bir 
    xat alohida, qoʻlda koʻchirib olingan. Qaror qabul qilish uchun bir-biriga 
    qoʻshiladigan hisob-kitobdan boshqa axborot ham boʻlmagan.
    «Qoʻl» axborot texnologiyasi oʻrniga XIX asr oxirida «mexanik» 
    texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, 
    jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular bari avvaliga axborotni qayta 
    ishlash texnologiyasida, soʻng ish mahsuldorligida sezilarli oʻzgarishlar yuz 
    berishiga zamin boʻldi. Mohiyatan, mexanik texnologiya mavjud muassasalarda 
    tashkiliy tarkibining shakllanishiga yoʻl ochib berdi. XX asrning 40-60 yillarida 
    «elektr» texnologiyasi paydo boʻlib, u echib almashtiriladigan elementlarga ega 
    elektr yozuv mashinkalari, oddiy qogʻozdan foydalanuvchi nusxa koʻchirish 
    mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta 


    33 
    ishlash sifati, soni va tezligini oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi. 
    Koʻpgina zamonaviy muassasalar «elektr» texnologiyasiga asoslanadi.
    1960 yillarning ikkinchi yarmidan esa «elektron» (yoki «kompyuter») 
    texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotning shaklini emas, mazmunini 
    oʻzgartirishga urgʻu berila boshlandi. Ma‘lumki, boshqaruvning axborot 
    texnologiyasi axborotni qayta ishlash boʻyicha eng kamida quyidagi muhim uchta 
    tarkibiy qismga ega boʻlishi lozim: hisobga olish, tahlil va qaror qabul qilish. 
    Bularni kompyuterlarda amalga oshirish tobora murakkablashib bormoqda. 
    Chunki, oʻzida sanoqsiz ma‘lumotlarni jamlagan «qogʻozlar dengizi» tobora 
    kengayib bormoqda.
    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi. Aytish mumkinki, axborot 
    texnologiyasi bir necha million yillar avval odamzod oʻrtasida ilk bor oʻzaro 
    muloqotga kirishish usullari (turli tovushlar chiqarish, imo ishora, hatti-harakatlar 
    qilish) paydo boʻlishi bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Bunda 
    axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar oʻrtasidagina amalga oshirilgan. Nutq 
    paydo boʻlishi bilan birga(taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot 
    toʻplanishi imkoniyati yuzaga keldi. 
    Keyingi bosqichda, ya‘ni yozuvning paydo boʻlishi (5-6 ming yil avval) 
    insoniyatning umumiy, jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Aynan 
    yozuvning paydo boʻlishi axborotni toʻplash, uzatish, qayta ishlash, saqlash va 
    etkazish kabi toʻliq jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Bu 
    imkoniyat tufayli axborot moddiy tashuvchilarda qayd etila boshlandi. Axborot 
    tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari 
    bilan bogʻliq.
    Boʻlinish alomati – kompyuteriy texnologik keltiradigan afzalliklar 
    1-nchi bosqich (60-yilarning boshi)-markazlashgan jamoaviy foydalanishga 
    moʻljallangan hisoblash markazlarida murakkab hisoblashlarni boshqarishda 
    ma‘lumotlarni samarali ishlov berish bilan xarakterlanadi. 
    2-nchi bosqich (70 – yillarning oʻrtalaridan boshlab) personal kompyuterlar 
    paydo boʻlishi. 


    34 
    3-nchi bosqich (90- yillardan boshlab) – biznesda strategik afzalliklarni tahlil 
    qilish ma‘lumotlarni taqsimlangan ishlov berish telekomunikatsion texnologiyasiga 
    asoslanadi. 
    Boʻlinish alomati – texnologiya uskunaviy muhitining turlari 
    1-nchi bosqich (XX asrning ikkinchi yarmida) pero, rangdon, kitobga 
    asoslangan ―qoʻlda‖ bajariladigan axborot texnologiya. 
    2-nchi bosqich (XX asrning oxirlaridan boshlab) – yozuv mashinkasi, telefon, 
    dektofon asoslangan ―mexanik‖. 
    3-nchi bosqich (XX asrning 40-60 yillari) –katta EhM, elektrik yozuv 
    mashinasilari, kseriks, asoslangan ―elektrik‖texnologiya. 
    4-nchi bosqich (70 yillarning boshida )-katta EhM va ular asosida yaratgan 
    avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT)va ma‘lumot-izlovchi tizimlari 
    ―elektron‖ texnologiyalari. 
    5-nchi bosqich (80 yillarning oʻrtalaridan boshlab) – shaxsiy kompyuterga 
    asoslangan kompyuteriy texnologiya. 
    Axborot 
    texnologiyalardan 
    foydalanish 
    muammolari. 
    Axborot 
    texnologiyalarning eskilanishi. Axborot texnologiyalarining eskilanishi tabiiy 
    jarayon hisoblanib, odatda bir nechta oydan bir yil davomida yangilanib boradi. 
    Axborot texnologiyadan foydalanish uslubiyoti. Axborot texnologiyalardan 
    foyidalanishning markazlashgan va markazlashmagan uslubiyotlari mavjud. 
    Ma‘lumotlarni markazlashgan tartibda ishlov berish tarixiy jihatdan birinchi 
    texnologiyalardan katta EhM larda amalga oshirilgan. 
    Ma‘lumotlarni markazlashmalgan tarzda ishlov berish 80 yillardan paydo 
    boʻlgan shaxsiy kompyuterlar va telekomunikatsiya vositalaning rivojlanishi bilan 
    bogʻliq. 
    Firmada axborot texnologiyani joriy etish variantlarini tanlash. Firma 
    axborot texnologiyani joriy etishda ikki kontseptsiyadan birini tanlashi lozim: 
    Birinchi kontseptsiya firmaning mavjud tuzilmasiga moʻljallangan. Axborot
    texnologiya tashkiliy tuzilmaga moslashadi va faqat ishlash uslubi rivojlanadi 
    xolos. 


    35 
    Ikkinchi kontseptsiya firmaning kelajak tuzilmasiga moʻljallangan. Mavjud 
    boʻlgan tuzilma oʻzgartirib rivojlantiriadi. 
    Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Axborot texnologiyasining 
    rivojlanishi axborotni taqdim etish tizimidan tashqari, axborot kommunikatsiya 
    vositalarini takomillashtirish bilan bogʻliq edi. Ular axborotning nomoddiy 
    tashuvchisi, ya‘ni nutq paydo boʻlgandan soʻng yuzaga kelgan. Buni axborot 
    texnologiyasining rivojlanishi tarixidagi ilk «portlash» deb baholash mumkin edi. 
    Taraqqiyotning keyingi fazasi – qogʻoz kashf qilingunga qadar axborotning 
    moddiy tashuvchi vositalari oʻzgarib bordi. Ya‘ni, soʻzlarni toshga oʻyib yozish 
    orqali birinchi marta axborotni koʻz bilan koʻrib qabul qilish imkoniyati yuzaga 
    keldi. Eramizdan avvalgi toʻrtinchi ming yillikda avvaliga loydan, soʻng 
    yogʻochdan 
    yasalgan 
    tablichkalarga 
    yozishga 
    oʻtildi va bu axborot-
    kommunikatsiyalarga dinamik mazmun kasb etdi. Papirusning kashf etilishi 
    axborot tashish vositasining hajmini oshirdi va unga buyoq qoʻllash imkoniyati 
    mavjudligi bois ahamiyati ham oshib bordi. Pergamentning paydo boʻlishi 
    (eramizdan avvalgi III asr) bilan esa yangi axborot «portlashi» roʻy berdi: 
    axborotning eng maqbul tashuvchisi – kitob yuzaga keldi (IV asr).
    Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr oʻrtasida) axborot 
    texnologiyasi rivojlanishi jarayonida kashfiyot boʻldi. Bu hol unga ommaviylik 
    olib keldi. Mohiyatan bu tabiatshunoslikda ilmiy-texnik taraqqiyotining yangi 
    bosqichi boʻlib qoldi. Ilmiy-texnik atamaning paydo boʻlishi axborot 
    texnologiyasida sifat oʻzgarishini, koʻp nushada kitob, jurnal, gazeta, geografik 
    harita, texnik chizmalarning chop etilishi esa miqdor oʻzgarishini keltirib chiqardi.
    XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bogʻliq axborot texnologiyasi 
    rivojlanishidagi yangi bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida 
    pochta aloqasining yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya (1879 
    y.), telegraf (1832 y.), telefon (1876 y.), radio (1895 y.) kashf qilingan edi. 
    Axborot texnologiyasi rivojlanishida foydalanuvchi uchun qulay shaklda axborotni 
    olish, saqlash va tezda uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri yuzaga 
    keldi. Bu esa axborotni texnik, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning harakatlanuvchi 


    36 
    kuchiga aylantirdi hamda zamonaviy texnik inqilob bosqichida uning etakchilik 
    kuchini belgilab berdi. Natijada uzoq yillar davomida jamiyatda juda katta hajmda 
    axborot toʻplanib qolishi va undan oqilona foydalana olmaslik masalasini hal etish 
    imkoniyati yuzaga keldi.
    Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste‘mol qiladigan 
    eng qimmatli mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti XX 
    asr ikkinchi yarmida yangi bosqichga keldi. Bu davrda axborot texnologiyasi 
    rivojlanib, qogʻoz oʻrnini texnik vositalar egalladi. Endi axborotni uzatish 
    (elektromagnit toʻlqinlar yordamida) tezligi ogʻzaki nutqqa nisbatan million marta 
    ortib keldi.
    Intiutsiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun‘iy intellekt 
    esa texnik taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal etish imkoniyati 
    yuzaga keldi. Mashinaviy dinamik axborot tizimining alohida ahamiyati jamiyat 
    hayotida eng oldingi rejaga yanada zamonaviy EHM va u bilan bogʻliq 
    texnologiyalarni yaratish muammosini qoʻydi. Insonlar oʻrtasida (endilikda inson 
    va mashina oʻrtasida) oʻzaro axborot harakati mexanizmining rivojlanish tarixi 
    axborot texnologiyasini barcha ilm sohalari rivojlanishining yagona integratsiya 
    tizimi sifatida tushunishga asos beradi. 
    XX asrning 50 yillarida EHM ning paydo boʻlishi va ulardan foydalanish 
    imkoniyatining jadal oshib borishi bilan mehnatni avtomatlashtirish, axborot 
    mahsulotlari 
    va 
    xizmati 
    bozorining 
    yuzaga 
    kelishiga 
    asos 
    boʻldi.
    Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining rivojlanishi axborotni qayta ishlash 
    va uzatish boʻyicha yangi texnik vositalarning paydo boʻlishi, EHM dan 
    foydalanishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, infratuzilmani yangi 
    kommunikatsiya vositalari bilan boyitish bilan bir qatorda kechdi.
    Dastlabki axborot texnologiyalari 50 – yillarda paydo boʻldi. Bu yillarda ular 
    maosh hisob – kitoblarini qayta ishlash uchun moʻljallangan boʻlib, 
    elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qogʻoz 
    hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib kelgan.


    37 
    60 – yillarda axborot texnologiyalariga munosabat butunlay oʻzgardi. Bu 
    tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun koʻpgina parametrlar boʻyicha 
    qoʻllana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga koʻpgina funktsiyalarga ega 
    boʻlgan EHM lar talab etila boshlandi. 
    70 – 80 – yillarda boshlarida axborot texnologiyalari qarorlarni qoʻllab - 
    quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega boʻlgan nazorat boshqaruvi 
    vositalari sifatida keng foydalanila boshladi.
    80–yillar oxiridan boshlab, axborot texnologiyalaridan foydalanish kontseptsiyasi 
    yanada oʻzgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai boʻlib qolmoqda va 
    istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida 
    foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni oʻz vaqtida berib, 
    tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda. 
    Axborot texnologiyasi — ob‘ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon 
    yoki voqeaning yangi xususiyati toʻgʻrisida axborot olish uchun ma‘lumotlarni 
    yigʻish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan 
    jarayondir. 
    Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi — inson yoki tizimning 
    ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. 
    Axborot texnologiyasining maqsadi esa — axborot ishlab chiqarish boʻlib, 
    uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qoʻl urish uchun tegashli qaror 
    qabul qilish hisoblanadi. 
    Axborot tizimlari deganda hisoblash texnikasining vositalarini tadbiq etish 
    asosida axborotlarga ishlov berish, qidirish, saqlash, jamlash va yigʻish 
    usullarining ma‘lum bir jarayonni bajarish uchun moʻljallangan tizimi tushuniladi. 
    Axborot paydo boʻlgan lahzadan to natija olishgacha bajariladigan oʻzaro bogʻliq. 
    Axborot texnologiyalarining ishlov berilayotgan axborot turiga bogʻliq tasnifi 5-
    rasm. 


    38 
    ISh
    L
    O
    V
    BE
    RIL
    A
    Y
    o
    T
    G
    A
    N
    A
    X
    B
    O
    R
    O
    T
    MA‘LUMOT 
    Ma‘lumotlar 
    omborini 
    boshqarish tizimlari 
    A
    X
    BO
    RO
    T
    T
    E
    X
    N
    O
    L
    O
    G
    IY
    aL
    A
    RI T
    U
    RL
    A
    RI
    MATN 
    Matn protsessorlari 
    GRAFIK 
    Grafik protsessorlar 
    BILIM 
    Ekspert tizimlari 
    VIRTUAL 
    DUNYo OB‘EKTI 
    Multimedia 
    vositalari 
    TURLI 
    AXBOROTLAR 
    Integrallashgan 
    dasturiy paketlar 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti

    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish