22
2. Koʻp praserssosrli axborot tizimlari.
3. Koʻp mashinali axborot tizimlari.
Koʻp mashinali axborot tizmlari oʻz navbatida yana quyidagilarga
boʻlinadi:
1. EHM lar tarmogʻi.
2. Bir joyga yigʻilgan (toʻplangan) tizimlar.
3. Masofadan qabul qilish tizmlari.
Quvvatlanayotgan faolyat turiga koʻra axborot tizimlari
quyidagilarga boʻlinadi.
1. Aftamatlashtirilgan boshqaruv tizimlari.
2. Qaror qabul - qilishni quvvatlash tizimi.
3. Aftamatlashtirilgan loyihalash tizimi.
4. Ilmiy texnik axborotlarni aftamatlashtirilgan tizimlari.
5. Aftomatlashtirilgan oʻqitish tizimlari.
6. Ilmiy tatqiqotlarning aftamatlashtirilgan tizimlari.
7. Biletlarni (avto va temiryoʻl tizimida) zahiralash va sotish tizmlari.
Foydalanish rejimiga koʻra axborot tizimlari quydagilarga
boʻlinadi.
1. Ma‘lumotlarni qayta ishlash rejimi (off-line, on-line).
2. Istemolchilarga xizmat koʻrsatish rejimi (paketli, soʻrov-javob rejimi,
boʻlingan yoki belgilagan vaqt rejimi).
3. Istemolchilar bilan oʻzaro a‘loqa rejimi (Dialok rejim, Interaktiv rejim).
Aftomatlshtirish darajasiga koʻra axborot tizimlari quyidagilarga boʻlinadi:
1. Qoʻlda bajariladigan axborot tizimlari.
2. Aftomatlashtirilgan axbarot tizimlari.
3. Aftomatik ishlaydigan axbarot tizimlari
Tashkiliy tizim - boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma,
maqsadlar,
boshqarish samaradorligi va xodimlarni ragʻbatlantirish qoidalari mezonlari uchun
foydalanadigan, xodimlarning yurishturishi va texnik vositalarning ishlatilish
tartibini belgilovchi qoidalar yigʻindisidir.
23
Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy
xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik
axborotni taxlil etish, tajribalarni
boshqarish uchun moʻljallangan.
Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika
(texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini
avtomatlashtirish uchun moʻljallangan.
Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari —
shaxslar funktsiyalarini
avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxonalar), xam
nosanoat ob`ektlari (bank, birja, sugʻurta kompaniyalari, mexmonxonalar va
xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning
axborot tizimlari
kiradi.
60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay oʻzgardi. Bu tizimlardan
olingan axborot davriy xisobot uchun koʻpgina parametrlar boʻyicha qoʻllana
boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga koʻpgina funktsiyalarga ega boʻlgan EHM
lar talab etila boshlandi.
70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qoʻllab-quvvatlovchi va
tezlashtiruvchi jarayonga ega boʻlgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng
foydalanila boshlandi.
80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan
foydalanish kontseptsiyasi
yanada oʻzgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai boʻlib qolmoqda va
istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. Bu davrning
axborot tizimlari axborotni oʻz vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga
erishishga yordam bermoqda.
90 -yillarning boshi - tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va axborot
tizimlarni yaratish.Ushbu bosqichning muammolari juda ham koʻp. Bulardan
muhimlari:
kompyuter aloqasi uchun protokollar;
strategik ma‘lumotlarga kirish imkoniyatlarini tashkil qilish;
ma‘lumot xafsizligi va himoyasini tashkil qilish.