21
Ma‘lumotlarni yigʻish tizimlari deb - kiritish,
qayta ishlash,
oʻzgartirish, uzatish va yigʻish ishlari bilan shugʻillanuvchi texnik vositalar va
oʻz dasturiy taminotiga ega boʻlgan tizimlarga aytiladi.
Ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimi deb – turli tizimlardan kelgan turli
maqsaddagi malumotlarni toʻplashi qayta ishlash bilan shugʻillanuvchi oʻz texnik
vositalari va dasturiy taminotiga ega boʻlgan tizimga aytiladi.
Axborot tizimlari vazifasiga koʻra yana qoʻshimcha
quyidagi turlarga
boʻlinadi:
1. Ma‘lumotlarni operativ tranzaksiyali qayta ishlash tizimi.
2. Axborot (axboraviy) –analitik tizimlar.
3. Axborot qidiruv tizimlari.
4. Axborot -(Spravichnik) ma‘lumot berish tizimi.
Ma‘lumotlarni tezkor (operativ) tranzaksiya qayta ishlash tizimlari
–
oldindan aniqlangan koʻrinishdagi soʻrovlar asosida kelayotgan soʻrovlarni
tezkor
(online rejimida) qayta ishlashga moʻljallangan.
Tranzaksiya – bu bir butun xisoblangan operatsiyalar ketma – ketligi
boʻlib, ular bitta xabar orqali uzatiladi.
Axborot analitik tizimlar - ixtiyoriy koʻrinishdagi soʻrovlar asosida
ma‘lum bir vaqt davomida toʻplangan (tranzaksiyali tizimlardan farqli oʻlaroq
) ma‘lumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan.
Axborot qidiruv tizimlari - turli masofalarda joylashgan xisoblash
tizimlardagi turli ma‘lumotlar bazalari orqali
axbarotlarni qidirishga
moʻljallangan . Axborot qidiruv tizimlar oʻz navbatida yana 2 ga boʻlinadi:
1. Dokumentlar (xujjatlarni qidirishga moʻljallangan);
2. Faktagrafik (aniq faktlarni qidirishga moʻljallangan);