Telekommunikatsiya
tizimi
Kompyuterlar,
modemlar, kabellar,
tarmoq dasturlari va h.k.
Axborot yuborish
Axborot tizimi
Kompyuterlar,
kompyuter tarmoqlari,
axborot va dasturiy
ta‘minotlar
Yuqori darajadagi
axborot ishlab
chiqarish
Axborot tizimlarini sohalarga nisbatan quydagilarga ajratishimiz mumkin:
1. Kompyuter tizimi 2. Telekommunikatsiya tizimi
3. Internet tizimi. 4. Korxona tizimi
1.1-rasm. Tizimlarning ifodalanishi.
Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil
etish. Axborot tizimi axborotga ishlov berishning ―inson – kompyuter‖ tizimidan
13
iboratdir. Axborot tizimining funktsiyalarini unga yoʻnaltirilgan ATni bilmasdan
turib amalga oshirib boʻlmaydi. AT axborot tizimi sohasidan tashqarida ham
mavjud boʻlishi mumkin. Axborot tizimining rivojlanish bosqichlari (1.2-jadval)
da ketirilgan.
1.2-jadval
Vaqt ,
yillar
Axborotdan
foydalanish
kontseptsiyasi
Axborot tizimining turi
Foydalanishdan
maqsad
1950 -
1960
yy.
Hisobotlarni
qogʻoz
koʻrinishida
saqlash
Elektromexanik
mashinalar yordamida
hisob-kitob qiluvchi
axborot tizimi
Xujjatlarni qayta
ishlashni
tezlashtirish. Maosh
hisoblash jarayonini
qisqartirish
1960 -
1970
yy.
Hisobotlar
tayyorlash
uchun asosiy
yordam
Ishlab chiqarishdagi
ma‘lumotlarni
boshqaruvchi axborot
tizimi
Hisobotlar tayyorlash
jarayonini
tezlashtirish
1970 -
1980
yy.
Savdo
yoʻnalishini
nazorat qilishni
boshqarish
Boshqarish organlari
uchun tizim
Qulay va tez qaror
qabul qilishga
erishish
1980 -
2005
yy.
Raqobatbardosh
strategik
axborot
resurslari
Strategik axborot
tizimlari
Avtomatlashtirilgan
tizimlar
Firma va
korxonalarni bankrot
xolatdan saqlash
Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga
erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta‘sir
14
koʻrsatish qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa qaror
qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Tashkilotni boshqarish doirasida mexnat
taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu
vazifasiga kiradi.
Axborot tizimlarini tadbiq etish nafaqat mayda – chuyda axborotni qayta
ishlash va saqlash, yozuv – chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki
qarorlarni qabul qilish (sun‘iy intelekt usullari, ekspert tizimlari va hokazolar),
zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar),
yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma
mutaxassislari xatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi
uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati samaradorligini
oshirish maksadlarida amalga oshiriladi. Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan
va avtomatik turlari ma`lum. Ular,
1. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma`lumotlarni
qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson
tomonidan bajariladi.
2. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma`lumotlarni qayta
ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga
oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma‘lumotlarni
qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson
tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma‘lumotlarni qayta
ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga
oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlari avtomatik boshqarish). Qoʻllanish
sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
- loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
- tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
- texnalogik jarayonlarni boshqarish.
15
Ilmiy axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik
axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun moʻljallangan.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika
(texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini
avtomatlashtirish uchun moʻljallangan.
Tashkiliy boshqaruvning AT – shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish
uchun moʻljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat ob‘ektlari
(bank, birja, sugʻurta kompaniyalari, mexmonxonalar va hokazolar) va ayrim
ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnalogik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnalogik
jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan (moslashuvchan ishlab
chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar).
Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta‘minlovchi jarayonlarni
umumiy holda quyidagicha tasavvur etish mumkin:
- tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish;
- kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay koʻrinishda taqdim etish;
- iste‘molchiga axborotni uzatish;
- teskari aloqa, ya‘ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar
tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta‘minlash.
Qoʻllash sohasidan qat‘iy nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat
koʻrsatishi bir qator ta‘minotlar bilan bogʻliqdir. Ularni dasturiy, texnik, huquqiy,
axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta‘minotlarga ajratilishi qabul qilingan.
Axbort tizimlarini oʻrganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni batafsil
bayon etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun uning normal ishlashini
ta‘minlaydigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagi blok-sxema shaklida
tasavvur etish mumkin (1.2-rasm). Har bir tizim 4 ta asosiy qismdan iborat:
1. Kiritish
2. Ishlov berish
3. Chiqarish
4. Teskari aloqa
|