41
Nazorat savollari va topshiriqlari
1. Axborot texnologiyasi informatikning tarkibiy qismi boʻlib, qanday amallarni
oʻz ichiga oladi?
2. Iqtisodiy informatikaning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
3. Informatikani kibernetika bilan uzviy bogʻliqligini asoslab bering.
4. Axborot infratuzilmasi nimalardan tashkil topadi?
5. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlarini aytib bering.
6. EHM avlodlari nechta boʻlib, ularni oʻxshashligini har
tamonlama asoslab
bering.
7. Zamonaviy axborot texnologiyasiga ta‘rif bering.
8. Axborot kommunikatsiya vositalariga nimalar kiradi?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Avtomatlashtirish nima va u qachon zarur boʻladi?
2. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari foydalanuvchi interfeys turi
boʻyicha qanday turlarga boʻlinadi?
3. Boshqarish vazifasini qamrab olish darajasi, xizmat koʻrsatuvchi predmet
sohalari boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari qanday turlarga
boʻlinadi?
4. Axborot texnologiyalari rivojlanishining asosiy tendentsiyalari oʻz ichiga
qanday masalalarni oladi?
1.3. Axborotlashgan jamiyat va uning asosiy elementlari
Tayanch soʻzlar: Axborotlashgan jamiyat, axborotlashtirish milliy tizimi,
milliy iqtisod, axborot tizimlarini qurish kontseptsiyasi.
XXI asrda mamlakatlarning
milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan
iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya‘ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning
tutgan oʻrni tobora yuksalmokda va ular strategik resursga aylangan.
Dunyoda
jamgʻarilgan axborot va bilimlarning 90 % i soʻnggi 30 yil mobaynida yaratilgan.
42
Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning
barcha sohalarida,
jumladan, ta‘limda ham axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalaridan keng koʻlamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborotlashtirish jarayoni deganda – inson faoliyatining muxim
yoʻnalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun koʻrilgan
kopleks chora-tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun koʻplab,
struktura jihatidan
murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish
jarayonida
ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarining koʻplab mablagʻlarini shu sohaga jalb qilishga olib
kelmoqda. Bu oʻz navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish
yoʻllarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda
yangi axborot oqimi
qanchalik tez koʻpaysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham
tezlashmoqda, bu oʻz navbatida,
axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini
keltirib chiqarmoqda. Аxborotlashtirish sohasidagi sosiy me‘yoriy-huquqiy
hujjatlar (3.1-jadvalda) keltirilgan.
3.1-jadval