O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/76
Sana01.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#129371
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Ekspert tizimlar - xulosa chiqarishning qoida va mexanizmlari yigʻindisiga 
ega, hamda bilimlar bazasini oʻz ichiga olgan sun‘iy intellekt tizimidir. 
«Sun‘iy intellekt» tushunchasini muvaffaqiyatli oʻrganish uchun talabalar 
quyidagi fanlarni bilishlari kerak: ―Informatika‖, ―Ehtimollar nazariyasi‖, 
―Axborot texnologiyalari va tizimlari‖, ―Iqtisodiy-matematik usullar va modellari‖, 
―Ma‘lumotlar bazalarini loyihalashtirish‖. 
Aynan koʻz oʻngimizda sun‘iy intellekt kompyuter texnologiyalarining 
barcha yoʻnalishlariga kirib bormoqda. Sun‘iy intellektning tizimlari hamma erda - 
katta biznesdan tortib armiyagacha paydo boʻlmoqda. Sun‘iy intellekt insonning 
kasbiy imkoniyatlarini cheksiz qiladi. Agar u bundan keyin ham bozorni shunday 
tezlik bilan egallar ekan, kompyuterga faqat ushbu sohada kerakli bilimlarga ega 
boʻlgan holdagina oʻtirish mumkin boʻladi. 
Murakkab masalalarni echish va fikrlash qobiliyatini modellashtirish uchun 
sun‘iy inson tafakkuriga oʻxshashni yaratish gʻoyasi eng qadimgi davrlardayoq 
paydo boʻlgan. Uni birinchi marta R.Lulliy (1235-1315) aks ettirgan, u XIY 
asrdayoq tushunchanlarni umumiy tasniflash asosida har xil masalalarni echish 
uchun mashina yaratishga harakat qilgan. 


141 
XVIII asrda G.Leybnits (1646-1716) va R.Dekart (1596-1650) barcha 
fanlarni tasniflashning universal tillarini taklif etib, ushbu gʻoyani bir birlaridan 
mustaqil ravishda rivojlantirganlar. Bu gʻoyalar sun‘iy intellekt yaratish sohasidagi 
nazariy ishlamalarning asosiga yotgan. 
Sun‘iy intellektni ilmiy yoʻnalish sifatida rivojlantirish faqat EHM 
yaratilgandan keyin mumkin boʻlgan. Bu XX asrning 40 yillarida sodir boʻlgan. Bu 
vaqtda N.Viner (1894-1964) yangi fan kibernetika boʻyicha oʻzining asosiy 
ishlarini yaratadi. 
Sun‘iy intellekt atamasi 1956 Stenford universiteti (AQSh)dagi xuddi 
shunday nomdagi seminarda taklif qilingan. Seminar hisoblash emas, balki 
mantiqiy vazifalarni ishlab chiqishga moʻljallangan. Sun‘iy intellektni fanning 
mustaqil sohasi deb tan olingandan keyin tezda uni ikkita asosiy yoʻnalishlarga: 
neyrokibernetika va ―qora kuti‖ kibernetikasiga boʻlinishi sodir boʻlgan. Va faqat 
hozirgi vaqtda bu qismlarni yana bitta butuncha birlashishining tendentsiyasi 
sezilmoqda. 
Neyrokibernetikaning asosiy gʻoyasini quyidagicha shakllantirish mumkin. 
Fikrlay oladigan yagona ob‘ekt - bu insonning miyasidir. Shuning uchun har 
qanday ―fikrlovchi‖ qurilma bu tuzilmani qandaydir tartibda tiklashi kerak. 
Shunday qilib neyrokibernetika miya tuzilishiga oʻxshash tuzilmalarini apparatli 
modellashtirishga qaratilgan. 
―Qora kuti‖ kibernetikasining asosiga neyrokibernetikaga qarama qarshi 
tamoyil etgan. ―Fikrlovchi‖ qurilmani qanday qurilganligi ahamiyatiga ega emas. 
Asosiysi, u berilgan kiruvchi ta‘sirga inson miyasi kabi javob berishdir. Sun‘iy 
intellektning bu yoʻnalishi kompyuterlarning mavjud modellarida intellekt 
vazifalarni echish algoritmlarini qidirishga qaratilgan. 60 yillardan boshlab inson 
tafakkurining modellari va algoritmini jadal qidirish va birinchi dasturlarni ishlab 
chiqish olib borilgan. Mavjud fanlar - falsafa, psixologiya va lingvistikaning hech 
biri bunday algoritmni berolmas ekan. Bu vaqtda kibernetiklar oʻz modellarini 
yaratishni taklif qilganlar. 


142 
Sun‘iy intellektni amaliy qoʻllashda katta ilgariga surilish 70 yillarning 
oʻrtalarida roʻy berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritmini qidirish 
oʻrniga mutaxassislar-ekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng 
muhim tarkibiy qismi boʻlgan dasturiy vositalar va tizimlarni ishlab chiqish 
gʻoyasi kelgan. 
Sun‘iy intellekt tizimlari rivojlanishining bosqichlarini koʻrib chiqamiz: 
1. 70 yillar vazifalarni echishning umumiy usullarini qidirish va ulardan 
universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan ta‘riflanadi. 
2. 80 yillar axborotlarni taqdim etishning umumiy usullarini qidirish, uni 
maxsus dasturlarni yaratishda foydalanish uchun qidirish bilan ta‘riflanadi.
3. 90 yillar maxsus dasturlash tayyorlash uchun ba‘zi bir predmetli sohada 
yuqori sifatli maxsus bilimlarning katta hajmlaridan foydalanish bilan ta‘riflanadi. 
70 yillarda sun‘iy intellekt sohasidagi mutaxassislar vazifalarni echishning 
umumiy usullari va bu usullardan universal dasturlarda foydalanishni qidirib, inson 
tafakkurining murakkab jarayonini modellashtirishga harakat qilganlar. Ammo 
bunday dasturlarni ishlab chiqish judayam qiyin ish boʻlgan, chunki bitta dastur 
echa olishi mumkin boʻlgan vazifalar sinfi qanchalik keng boʻlsa, aniq vazifani 
echishda uning imkoniyatlar shunchalik kattaroq boʻlgan.
80 yillarda dasturchilarning harakatlari axborotlarni taqdim etish va qidirish 
usullarini ishlab chiqishga jalb qilingan. Axborotlarni taqdim etish usullari - bu 
muammolar va vazifalarni uni echish mumkin boʻlishi uchun shakllantirish 
usullaridir. Qidirish usullari esa - bu judayam katta hajmda xotira va vaqt talab 
qilmaslik uchun echimni borishini boshqarishning ajoyib usulidir. 80 yillarning 
oxirida sun‘iy intellekt boʻyicha mutaxassislar vazifalarni echishda dasturlarning 
samaradorligi koʻproq ular egalik qiladigan bilimlarga bogʻliqligini tushunib 
etdilar. 
90 yillarni boshlarida butunlay yangi kontseptsiya qabul qilingan. Uni 
mohiyati shundan iboratki, dasturni intellektli qilish uchun uni ba‘zi bir predmetli 
sohadagi yoʻlgina yuqori sifatli maxsus bilimlar bilan ta‘minlash kerak. Shunday 
qilib, ishlab chiqilayotgan sun‘iy intellekt tizimlari bilimlarning yaxshi rivojlangan 


143 
bazasiga ega boʻlishi kerak. Hozirgi vaqtda bu kontseptsiya ekspert tizimlarini 
loyihalashtirishda toʻliqroq rivojlangan. 
Intellektual axborot tizimlari bilimlarga asoslanadi va quyidagi turlarga 
boʻlinadi: 
1). Amaliy dasturlarning intellektual paketlari (ADP) yoki vazifalarni 
echuvchilar (EUREKA) paketi. 
2). Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimlari. 
3). Ekspert tizimlari. 
Intellektual ADP ilmiy va iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq sohalarga keng 
tarqalgan. Bu tizimlarda ma‘lumotlar bilan ishlash jarayonlari koʻproq darajada 
soddalashtirilgan, ya‘ni intellektuallashtirilgan, masalan, EUREKA dasturlash 
gʻoyasini dasturchisiz amalga oshirishga imkon beradi. Bu paketda vazifa 
shartlarini yozish matematika qoidalari boʻyicha qurilgan muharrir vositalari bilan 
amalga oshiriladi. Bu guruhga yana elektron jadvallardan iborat boʻlgan jadvalli 
protsessorlar ham kiradilar. Ularda har bir ―katakcha‖ning mazmuni 
ma‘lumotlarning istalgan turi boʻlishi mumkin. Lotus 1-2-3, Super Calc, Master, 
Framework paketlar misol boʻla oladi. Bu jadvallar tomonidan aks ettirilganlarga 
koʻra amaliy vaziyatlarning ikki modelini qurishga va uning ―...agar, nima roʻy 
beradi...‖ turidagi tahlilini oʻtkazishga imkon beradi. Masalan, narx, qarz foizining 
belgilangan dastlabki miqdorlari oʻz miqdorini oʻzgartirsa, ba‘zi bir oʻzgaruvchilar 
qanday miqdorni qabul qiladilar. 
Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimlari (AUT) - bu bilimlarga asoslanuvchi va 
ShEHM bozorini rivojlanishi va paydo boʻlishi bilan keng tarqalgan intellekt 
tizimining maxsus turidir. AUT, qoidaga koʻra, harakatlar va oʻqitish tizimini 
faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan tuzilmarni bayon qiluvchi bir yoki bir 
necha tillardir. AUT foydalanuvchilarning ikkita guruhi bilan ishlashga 
moʻljallangan. Birinchi guruh - AUTning mualliflarining oʻzlari. Ikkinchi guruh - 
ushbu tizim yordamida ukiyotganlar. Mualiflarning vazifasiga bilimlar bazasi, 
vazifalarni, oʻquv materialining turi va tuzilishini ishlab chiqish, ularni tahrir qilish 
va kompyuterning xotirasida saqlash kiradi. 


144 
Ekspert tizimlari - mutaxassislarning aniq predmetli sohalardagi bilimlarini 
jamlovchi va bu empirik tajribani kamroq malakali foydalanuvchilarga maslahat 
berish uchun nusxa koʻpayturuvchi murakkab dasturiy majmualardir. 
Ekspertli tizimlar sohasidagi ishlamalarning hozirgi holatini iqtisodchilar, 
moliyachilar, oʻqituvchilar, muhandislar, tibbiyotchilar, ruhshunoslar, dasturchilar, 
tilshunoslarning keng tabaqalari orasidagi bergan sari oʻsib boruvchi qiziqishning 
bosqichi sifatida ta‘riflash mumkin. Afsuski bu qiziqish hali kuchsiz moliyaviy 
mustahkamlanishga - darsliklar va maxsus adabiyotlarni yaqqol etishmasligi, 
simvolli protsessorlar va sun‘iy intellektning ishchi stantsiyalarini yoʻqligi, bu 
sohadagi tadqiqotlarga cheklangan mablagʻlar ajratilishi, ekspert tizimlarini ishlab 
chiqish uchun dasturiy mahsulotlarning kuchsiz mamlakat bozoriga ega. 
Shuning uchun ekspert tizim ostidagi ―Yasamalar‖ koʻp sonli muloqotli 
tizimlar va intellektual amaliy dasturlar paketlari koʻrinishida tarqatiladi. Ekspertli 
tizimni yaratish jarayoni sun‘iy intellekt sohasidagi yuqori malakali 
mutaxassislarni ishtirok etishlarini talab qiladi. 
Zamonaviy 
ekspert 
tizimlari 
etakchi 
mutaxassislarning 
amalda 
iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tajriba va bilimlaridan nusxa koʻchirish uchun 
keng foydalanadi. An‘anaviy bilimlar ikki turda - jamoa tajribasi va shaxsiy 
tajribada mavjud. 
Agar predmetli sohada katta qism jamoa tajribasi (masalan, oliy matematika) 
koʻrinishida taqdim etilgan boʻlsa, unda predmetli soha ekspert tizimlariga muhtoj 
emas. 
Agar predmetli sohada bilimlarning katta qismi yuqori darajadagi 
mutaxassislar (ekspertlar)ning shaxsiy tajribasi boʻlsa, agar bu bilimlar qandaydir 
sabablarga koʻra kuchsiz tarkiblashtirilgan boʻlsa, bunday predmetli soha koʻproq 
ekspert tizimiga muhtoj boʻladi.
Fikrlay oladigan yagona ob‘ekt - bu insonning miyasidir. Shuning uchun har 
qanday ―fikrlovchi‖ qurilma bu tuzilmani qandaydir tartibda tiklashi kerak. Sun‘iy 
intellektni amaliy qoʻllashda katta ilgariga surilish 70 yillarning oʻrtalarida roʻy 
berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritmini qidirish oʻrniga 


145 
mutaxassislar-ekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng muhim 
tarkibiy qismi boʻlgan dasturiy vositalar va tizimlarni ishlab chiqish gʻoyasi 
kelgan. Intellekt axborot tizimlari bilimlarga asoslanadi va quyidagi turlarga 
boʻlinadi: 1). Amaliy dasturlarning intellektual paketlari (ADP) yoki vazifalarni 
echuvchilar (EUREKA) paketi. 2) Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimlari. 3)Ekspert 
tizimlari. 
Ekspert tizimlari (ET) xarakteristikasi va vazifalari. Eng koʻp taraqqiyot 
kompyuterning axborot tizimlari orasida, sun‘iy intellektdan foydalanishga 
asoslangan ekspert tizimlarni ishlab chiqish soxasida kuzatilmoqda. Ekspert 
tizimlar menedjer yoki ushbu tizimlar toʻplagan bilimlar asosida ekspert 
maslaxatlarini olishga imkon beradi. 
Sun‘iy intellekt deganda odatda kompyuter tizimlarning shunday xarakatlar 
qobiliyatiga aytiladiki, agar u odam tomonidan amalga oshirilsa intellektual 
deyiladi. Koʻpincha bu tushunchada odamning fikrlashi bilan bogʻliq boʻlgan 
qobiliyati koʻzda tutiladi. Sun‘iy intellek soxasidagi ishlar ekspert tizimlar bilan 
chegaralanmaydi. Ular robotlarni yaratish, odamning nerv sistemasini, uning 
ovozini, koʻrishini, xissiyotini, oʻrgatish qobiliyatini modellashtiruvchi tizimlarni 
xam oʻz ichiga oladi. 
Maxsus masalalarni xal etish maxsus bilimlarni talab etadi. Ammo xar 
qanday kompaniya xam oʻzining xissalar jadvalida undagi faoliyati boʻyicha 
vujudga keladigan barcha muammolar bilan bogʻlik boʻlgan ekspertlarni saqlashga 
qodir emas. Xattoki muammo vujudga kelganda ekspertlarni taklif qilish xam xar 
qanday kompaniyaning qoʻlidan kelmaydi. Ekspert tizimlar texnologiyasidan 
foydalanishning bosh gʻoyasi, xar gal zaruriyat tugʻilganda ekspertning bilimidan, 
uni kompyuter xotirasiga yuklab foydalanishidan iborat. Sun‘iy intellektning 
asosiy dasturidan biri – ekspert tizimlar biror bilim soxasining ekspert tajribalarini 
evristik qoidalari shaklida ifodalovchi kompyuteriy programmalardir. 
Evristiklar, qaror qabul qilishni qoʻllab – quvvatlovchi texnologiya 
doirasidagi masalalarni xal etishda foydalanadigan oddiy algoritmdek optimal 
natijalarni ishonchli tarzda olishga kafolat bermaydi. Ammo ular tavsiya etadigan 


146 
natijalarni amalda etarli darajadagi qaror sifatida kullash mumkin. Bularning 
xammasi ekspert tizimlar texnologiyasini maslaxatchi tizimlar sifatida ishlatishga 
imkon beradi. 
Ekspert tizimlar va qaror qabul qilishni qoʻllab quvvatlovchi tizimlarda 
foydalanadigan axborot texnologiyalar orasidagi oʻxshashlik qaror qabul qilishni 
yuqori darajada qoʻllab – kuvvatlashdan iborat. Ammo uchta muxim farqi mavjud. 
Birinchisi – qaror qabul qilishni qoʻllab quvvatlovchi tizim doirasida muammoning 
echimi foydalanuvchi tomonidan uni tushunish darajasini va echim qarorni olish va 
obdan oʻylab koʻrishi imkoniyatini aks etadi. Ekspert tizimi texnologiyasida esa 
aksincha, foydalanuvchiga uning imkoniyatlaridan yuqori boʻlgan qarorlarni qabul 
qilishni tavsiya etadi. Koʻrsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi ekspert 
tizimlarning qaror qabul qilish jarayonidagi muloxazalarni tushuntirib berishda 
ifodalanadi. Koʻpincha ushbu tushunchalar qarorning oʻziga koʻra foydalanuvchi 
uchun muximroq boʻladi. Uchinchi farqi axborot texnologiyaning yangi 
komponentasi – bilimdan foydalanishdir. ET asosiy yasovchilari. Ekspert 
tizimlarda foyidalanadigan axborot texnologiyaning asosiy yasovchilari: 
foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpritator, tizimni yaratish 
modulidan iborat. 
Menedjer interfeysdan ma‘lumot va komandalarni ekspert tizimiga kiritish va 
undan natijaviy ma‘lumotlarni olish maksadida foydalanadi. Kamandalar – 
bilimlarni ishlov berish jarayonini yunaltiruvchilaridan tarkib topgan. Ma‘lumot 
odatda kiymatlar shaklida ifodalanib muayyan uzgaruvchilarga beriladi. 
Menedjer ma‘lumotlarni kiritish 4 usulidan foydalanishi mumkin: menyu, 
komandalar, tabiiy til va shaxsiy interfeys.
Interfeyslar berilishiga koʻra: dastur interfeysi, dastur-apparat interfeysi va 
foydalanuvchi interfeysi. 
Ekspert tizimlarning texnalogiyasi natijaviy ma‘lumot sifatida nafakaning 
echimini, balki zaruriy tushuntirishlar imkoniyatini xam koʻzda tutadi. 
Ikki xil tushuntirishlar mavjud: 


147 

Soʻrov asosida beriladigan tushunchalar. Foydalanuvchi xoxlagan laxzada 
ekspert tizimidan uning xarakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi 
mumkin. 

Olingan muammo echimining tushuntirishlari. Echimni olgandan soʻng 
foydalanuvchi ushbu echim qanday tarzda ekspert tizimi tomonidan xosil 
qilinganligini tushuntirib berishini talab qilishi mumkin. Tizim ushbu 
echimga olib keluvchi xar bir qadamini tushuntirib berishi lozim. 
Ekspert tizimlar bilan ishlash texnalogiyasi oson boʻlmasligiga qaramay, ushbu 
tizimdagi foydalanuvchi interfeysi odatda u bilan muloqot olib borishda qiyinchilik 
tugʻdirmaydi. 
Bilimlar bazasi muammoviy soxani tavsiflovchi faktlar va ular orasidagi 
oʻzaro aloqalardan tarkib topgan. Bilimlar bazasida qoidalar markaziy oʻrin 
egallaydi. Qoida – aniq berilgan xolatda nima qilishni aniqlaydi va ikki qismdan 
iborat: bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin boʻlgan shartlar va shartlar oʻrinli 
boʻlganda bajarilishi lozim boʻlgan xarakatlar. 
Ekspert tizimda foydalanadigan barcha qoidalar – qoidalar tizimini tashkil 
qilib, xatto qiyosan sodda tizimda bir necha ming qoidalarni oʻz ichiga olishi 
mumkin. 
Bilimlarning barcha turlari predmet soxasining xususiyatiga va 
loyixalovchining (bilimlar boʻicha muxandis) malakasiga koʻra bir yoki bir necha 
semantik modellar yordamida u yoki bu adekvatlik darajasida ifodalanishi 
mumkin. Keng tarqalgan modellarga – mantiqiy, maxsuliy, freymli va semantik 
turlari mansub boʻladi. 
Interpretator ekspert tizimning qismi xisoblanib, bilimlar bazasidagi 
bilimlarni muayyan tartibda ishlov beradi. Interpretator ishlashining texnalogiyasi 
qoidalar majmuasini ketma – ket tarzda koʻrib chiqishdan iborat. Qoida tarkibida 
boʻlgan shart inom qilinsa, muayyan xarakat bajariladi va foydalanuvchiga uning 
muammosini xal etuvchi echim varianti tavsiya etiladi. 
Bundan tashqari aksariyat ekspert tizimlarida qoʻshimcha bloklar kiritiladi: 
berilganlar bazasi, xisoblash bloki, berilgan ma‘lumotlarni kiritish va taxrirlash 


148 
bloki. Xisoblash bloki boshqaruv qarorlarni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan 
xollarda zarur boʻladi. Bunda reisaviy jismoniy, xisob, xisobot va boshqa doimiy 
yoki tezkor koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan berilganlar bazasi muxim rol 
oʻynaydi. Ma‘lumotlarni kiritish va taxrirlash bloki berilganlar bazasiga joriy 
oʻzgarishlarni oʻz vaqtida tezkor tarzda akslantirish uchun ishlatiladi. 
Tizimni yaratuvchi modul qoidalar majmuasini (ierarxiyasini) yaratish uchun 
xizmat qiladi. Tizimni yaratuvchi modul asosida ikki xil yondashuv mavjud: 
dasturlash algoritmik tillaridan foydalanish va ekspert tizimlarning qobigidan 
foydalanish. 
Bilimlar bazasini ifodalash uchun maxsus List va Prolog tillari ishlab 
chiqilgan. 
Ekspert tizimlarning qobigi – tayyor dasturiy muxit boʻlib mos bilimlar bazasini 
yaratish yoʻli bilan muayyan muammoni xal etishga moslashtirish mumkin. Koʻp 
xollarda ekspert tizimlarni yaratishda qobiglardan foydalanish dasturlashdan koʻra 
tezroq va osonrokq kechadi. 

Download 1,89 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish