138
6. TCP/IP protokollarining asosiy vazifalari
7. Internetda turli dasturlar bilan ishlash
8. Kompyuter tarmogʻining dasturiy ta‘minoti
3.2. Sun‘iy intellekt tizimi
Tayanch soʻzlar. Intellekt,
Sun‘iy intellekt, Informatika, kompyuter, bilimlar
bazasi, ekspert tizimlar.
Informatikanining
eng
muhim
yoʻnalishlaridan
biri
-
axborot
texnologiyalarini
aqliylashtirishdir.
Bu
foydalanuvchi
kompyuter
texnologiyalaridan foydalanib ma‘lumotlarni ishlab chiqish asosida nafaqat
ma‘lumotlar olishi balki oʻzini qiziqtirgan muammo boʻyicha jamlangan tajriba va
kasb egalarining bilimlaridan ham foydalanishlari mumkinligini bildiradi.
Sun‘iy intellekt tushunchasini mazmuni talabalarni sun‘iy intellekt va
ekspert tizimlarining asosiy kontseptsiyalari bilan tanishtirish, talabalarda
bilimlarga asoslangan intellekt axborot tizimlarini shakllantirish va foydalanish
boʻyicha nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
―Sun‘iy intelekt‖ tushunchasi dastlab AQShda paydo boʻldi va keyinchalik
boshqa davlatlarda ham qoʻllanila boshlandi.
Intellekt - bu insonning tafakkur yuritish qobiliyatidir. «Intellekt» soʻzi
lotincha «intellectus» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, u bilish (aniqlash), tushunish
yoki faxmlash (aql) ma‘nosini beradi.
Agar oʻrtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u holda oʻta
qobiliyatli insonlarda bu koʻrsatkich 150, 180, hattoki 200 ballga etishi mumkin.
Amerikalik shaxmatchi, jahon eks-chempioni Robert Fisherning bu koʻrsatkichi
187 ball boʻlgan, XIX asr yarmida yashagan Angliyalik mantiqchi Djon Styuart
Mill uch yoshidayoq qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning koʻrsatkichi 190
ballgacha borgan.