180
Maqsad:
Talabalarni grafik imkoniyatlaridan foydalanib turli ob’ektlar yaratishga
o’rgatish va CorelDraw dasturining uskunalari bilan ishlash ko’nikmalarini
shakllantirish
Vositalar:
Komp’yuterlar, didaktik materiallar.
Mashg’ulotni olib borish tartibi:
1. Nazariy material bilan tanishish (individual holatda).
Konturlar va ular bilan bajariladigan amallar. Konturlarning
bir nechtasi birlashib,
subkonturlar ya’ni murakkab konturlarni tashkil etishadi. Ularni yaratish usullari,
xossalari va ular bilan bajariladigan amallar bilan tanishamiz: A) Konturlarni qo’shish
va ajratish.
Bir necha konturni bir konturga keltirish amali konturlarni qo’shish
amali deb
yuritiladi. Konturlarni qo’shish uchun har bir kontur alohida-alohida chizib olinadi.
Ular bilan kerakli amallar bajariladi, masalan, siljitish, tekislash, burish va boshqalar.
So’ngra
tugmasini bosgan holda har bir ob’ekt belgilanadi.
«Uporyadochit’» menyusidan «ob’edinit’» buyrug’i beriladi. Natijada bir necha
shakldan tashkil topgan bir atroflama chiziqli (kerak holda bir to’ldirishli) shakl hosil
bo’ladi. Qo’shilganda shakllarning dastlabki ko’rinishlari o’zgarmaydi, ular
subkonturlar deb yuritildi. Agar konturlar ustma-ust tushsa va bu joyda shakllar soni
juft bo’lsa, shu sohada «teshiklar» hosil bo’ladi. Yopiq va ochiq konturlar
qo’shilganda ochiq konturning uchlari birlashishi kuzatiladi. Ochiq konturlar ham
muammosiz birlashishadi.
Ikki shakl birlashishi
Uchta shakl birlashishi
2.
Guruh talabalari mustaqil ravishda nazariy material asosida mashg’ulotni davom
ettirishadi. Har bir talaba mustaqil ravishda konturlar qo’shilishi effektini mustaqil
bajarishadi va yaratgan shakllarini «Eksperiment» nomli papkaga saqlab borishadi.
3.
Talabalarga birlashtirilgan shakllarni ajratish amalini bajarish taklif etiladi. Bu erga
muammo qo’yilib, talabalarning fikrlari o’rganiladi.
Yo’nalish beruvchi lahzalar:
•
Ob’ekt ustida kontekstli menyu ochish;
•
«Raz’adinit’ krivaya» bandidan foydalanish;
•
«Eksperiment» papkasidan ob’ektlarni tanlab, tashkil etuvchi konturlarga
ajratish;
Masalan yuqoridagi 4 – shakl quyidagi holatga keltiring:
181
4.
Laboratoriya mashg’ulotining yakuni (baholash va mustaqil ishlar berish)
Topshiriqlar:
1.
Tekst atributi menyusidan foydalanib tekstlar
kiritish
2.
Matnlarni spiral boylab joylashtirish
3.