186
jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z
dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’xshash.
Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel
vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika).
Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom
bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar
paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi.
Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha
bir necha
buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga
olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga
joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning
matematik panel vositalari ko’rsatilgan (1-rasm):
1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. Colculator
(Kol’kulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar
shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini
bajarish shabloni;
Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish
operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash,
summani hisoblash
shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming
(Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish opreatorlari; Greek
(Grek harflari) - Symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori ―:q ishlatiladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert Text Region
(Qo’yish Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaxshisi
klaviaturadan ikkitali
kavichka (―) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda
matn kiritish maydoni paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani
yozish uchun matematik maydonni ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn
187
maydonida turib Insert Math Region (Qo’yish Matematik maydoni) buyrug’ini
berish kifoya.
Mathcadda foydalanuvchi funktsiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va
uning effektivligini oshiradi. Funktsiya chap tomonda ko’rsatilib,
undan keyin
yuborish operatori (:q) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan
o’zgaruvchi kattaliklari funktsiya parametri qilib funktsiya nomidan keyin qavs ichida
yoziladi (3-rasm).
3-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funktsiyasini tuzish.
Ikki o’lchamli funktsiya grafigini qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish
kerak.
1.Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga krestli kursor qo’yiladi.
2.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik)
tugmasi bosiladi.
3.Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abstsiss o’qi argumenti nomi,
ordinata o’qiga funktsiya nomi kiritiladi.
4.Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni
qurish uchun grafik
shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. Agar argumentning diapazon qiymati
berilmasa, u holda avtomatik holda argument diapazon qiymati 10 dan 10 gacha bo’ladi
va shu diapazonda grafik quriladi