72
broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.bunda bo’lajak
bosma
mahsulotlari komp’yuterda tayyorlanadi, ya’ni komp’yuter varaqlash, asl maketlash
ishlari ham komp’yuterda bajariladi. Rizograf esa asl maket shaklida komp’yuterda
tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o’rtacha 130 sahifani chop
qilishi mumkin. Rizograflarning turli xillari mavjud. Ular rangli bo’lib, turli chop qilish
tezligiga ega bo’ladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan
maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta-jurnallar, kitoblar,
turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan. Kichik nashriyot deganda,
shaxsiy komp’yuter dasturiy texnik vositalari hamda turli-
tuman chop qiluvchi va
boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni
tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma maxsulotlar kkda tayyorlanib, bu matnni terish,
tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan so’ng
tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida
ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va
kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot
tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker,
Ventura Publisher, Post
Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi
kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita
hisoblanadi. Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga
mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur
joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab
ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin.
Turli formulali matnlarni (masalan,
matematika, fizika, ximiya fanlariga oid)
tayorlashda TeX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATeX taxrirlovchi dasturlardan
keng miqyosda foydalaniladi. Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation
firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi
Microsoft Windows operatsion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi.
Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi
yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o’tish uchun sichqoncha ko’rsatkichini tegishli
belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Shundan so’ng ro’yxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta
bosish orqali ishga tushiriladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining
asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq
darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy
ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt
tejalishidir.
Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy komp’yuterdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa
lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar komp’yuter
xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini komp’yuterda
73
saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish qurilmasiga
berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda joylashtirishga
ehtiyoj qolmaydi. Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng
imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining evropa bo’limi 1989 yil
sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi.
Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to’liq
versiyasi bo’lishi talab qilinadi. Shaxsiy komp’yuterning operatsion sistemasi bilan
tanish bo’lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nushasini hosil qilish, faylni
o’chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi
kerak. Windows muhiti operatsion sistemaning qobig’i
hisoblanib, foydalanuvchi
uchun operatsion sistemaning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan
bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko’rish va unga chop
qshgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o’zgartirishlar
kiritilagndan so’ng, asl nusha maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli
printerda bosib chiqariladi. Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni
bajarishga to’g’ri keladi:
•Taxrirlangan qo’lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash;
•Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va
joylashtirish;
•Original maket (asl nusha) ni tayyorlash.
Ko’rsatilgan rejani amalga oshirishda va ar bir sahifaning umumiy ko’rinishini
tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin.
Sahifani nashrga tayyorlash uchun qo’lyozmaning matn va suratlarini qanday
tartibda joylashtirish masalasini hal qilish lozim bo’ladi. Ana shundan so’ng, Page
Maker dasturi yordamida asl nusha maketi tayyorlanadi. Agarda qo’lyozma xajmi
ma’lum bo’lsa, sahifaning katta- kichikligini, suratlar va chizmalar egallaydigan
joylarni, har bir sahifadagi ustunlar sonini va matning bosib chiqarish ko’rinishini
aniqlashimiz va sarlavhalarni turli ko’rinishlarda ko’rib chiqishiimz mumkin. Dasturda
17 xil ko’rinishda to’g’ri chiziq, aylana va to’g’ri to’rtburchak belgilarini chizishimiz
mumkin.
Page Maker dasturi uchun boshlang’ich matnni ixtiyoriy matn muharririda
tayyorlash mumkin. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda matn
yozish va shu kabi bir qancha amallarni bajarish ancha qiyinchilik tug’diradi. Nashriyot
dasturlari esa matnni formatlashtirish uchun maxsus tuzilgan dasturlardir.
Ushbu
dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlar vositasida yakuniy matnni
tayyorlaydi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga uzatishdan oldin albatta uning
xatolarini tekshirish lozim, chunki nashriyot dasturida tuzilgan matnni yana qaytadan
o’zgartirish uchun matn muharririga uzatish mumkin emas.
Page Maker dasturi yordamida qo’lyozmani kiritish, tahrirlash, qo’lyozmani o’qib
chiqish, maxsus simvollar bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni
bajarish mumkin.
Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va
matnning o’ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin u
quyidagilarni qabul qiladi:
74
•
Shriftlar(garnitura va kegl’), interlinyash, bosh harf va kichik harflar,
qo’shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi;
•
Matn muxaririda o’rnatilgan char chegara o’zgarishsiz qoladi.
Page Maker
dasturi matn satrini ustun kengligida ajratadi;
•
Matnning chap va o’ng chegaralari Page Maker dasturi o’rnatgan ustunlar
chegarasiga asosan hisoblanadi. Masalan, matnlar faylida chap chegara 1 dyuym qilib
belgilangan bo’lsa, u holda Page Maker dasturi matnni joylashtirishda ustunning chap
tomonidang 1 dyuym joy qoldiradi;
•
Enter va Return klavishlarining bosilishi holati paragrafning oxiri deb qabul
qilinadi;
•
Tabulyatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun
ishlatiladi. Rage Maker dasturida ustunning bitta satridagi tabulyatsiya simvollarining
soni yigirmatadan oshmasligi kerak