79
tahlil qilish va
ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun
jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z
dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’xshash.
Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel
vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika).
Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom
bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar
paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi.
Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha
bir necha
buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga
olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga
joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda
Mathcadning oynasi va uning
matematik panel vositalari ko’rsatilgan:
Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari.
Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar
shabloni; Graph (Grafik)
– grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish
shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni
chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) –
differentsiallash, integrallash, summani
hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar;
Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish
operatorlari; Greek (Grek harflari) -symbolik belgililar
ustida ishlash uchun
operatorlar.