83
kiritiladi. Bunda birinchi grafik birinchi argument bo’yicha birinchi funktsiya grafigini
va ikkinchisi esa mos ravishda ikkinchi argument bo’yicha ikkinchi funktsiya grafigini
tasvirlaydi va hakozo.
Funktsiya grafigini qurish.
Quyida grafik formati muloqot oynasi qo’yilmalarini beramiz.
1.X-Y Axes – koordinata o’qini formatlash. Koordinata o’qiga setka, sonli
qiymatlarni grafikga belgilarni qo’yish va quyidagilarni o’rnatish mumkin:
•
LogScale – logarifmik masshtabda o’qga sonli qiymatlarni tasvirlash;
•
Grid Lines – chiziqqa setkalar qo’yish;
•
Numbered – koordinata o’qi bo’yicha sonlarni qo’yish;
•
Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o’qda avtomatik tanlash;
•
Show Markers – grafikka belgi kiritish;
•
Autogrid – chiziq setkasi sonini avtomatik tanlash.
2.Trace – funktsiya grafiklarini formatlash. Har bir funktsiya grafigini alohida
o’zgartish mumkin:
•
chiziq ko’rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtrixli, Dadot – shtrixli
punktir);
•
chiziq rangi (Color);
•
grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli, Step –
pog’onali grafik va boshqa);
•
chiziq qalinligi (Weight);
•
simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to’g’ri
burchak, romb).
3.Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni
kiritiladi.
4.Defaults – bu qo’yilma yordamida grafik ko’rinishga qaytish mumkin.