|
Huquqiy ma’lumotnoma tizimlar ADPBog'liq portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minotiHuquqiy ma’lumotnoma tizimlar ADP
uzluksiz oqimda kepib tushadigan, ulkan
hajimdagi qonunchilik axboroti bo’lgan samarali ish qurolini o’zida namoyon etadi.
Qariyb barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ma’lumotnoma haqiqiy
hujjatlari mavjud. AQSHda bu Wru, Lexis; Buyuk-Britaniyada-Infolex, Prestel, Polis;
Italiyada-Italguire, Enlex; Bel’giyada-Creodor; Germanyada-Jurist, Lexinform;
Avstraliyada-RDB; Kanadada-Datum; Frantsiyada-Iretiv va boshqalar.
Nazorat savollari
1.
Ish yuritishning integratsiyalashgan tizimlari haqida nima bilasiz?
2.
Bank ADPlariga nimalar kiradi
3.
Moliyaviy menejment ADP qanday dasturlar
Mavzu №17. Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari
Reja:
1.
Dasturlash texnologiyasi
2.
Dasturlash tillari tarixi va dasturlash tillari namunalari
3.
Dasturlash tillariga misollar
Dasturlash tili nima ekanligini tushunish uchun, boshlanishiga har ikkala atamani
tushunish talab qilinadi
Dasturlar
Algoritmlar
Dastur deyilganda kompyuter bajarishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish –
iqtisodiy yoki tabiiy ilmiy-texnik qo’yilishini tavsiflovchi komandalar va operatorlar
izchilligi tushuniladi.
Dasturlash tili haqida gap ketar ekan, gap kompyuter bilan aloqa uchun xizmat
qiladigan sun’iy til haqida ketadi. U ma’lumotlar va algoritmlar strukturalarini
protsessor tushunishi va bajarishi mumkin bo’lgan boshlang’ich kod shaklida ta’riflash
imkoniyatini beradi.
Dasturlash tillari miqdori va til variantlari juda katta va ular haqidagi to’liq
ma’lumot mazkur bo’lim doirasidan chetga chiqqan bo’lar edi. Yaxshi tasnif bu tillarni
avlodlar
bo’yicha taqsimlab chiqishdir. Birinchi avlod mashina tillaridan boshlanadi.
Bugun 5-avlod – dasturlashning vizual tillari dolzarbdir. Quyida alohida avlodning eng
yaxshi vakillari aytib o’tilgan.
1-va 2- avlod mashina tillari
1936-1938 yilda Konrad Tsuze Z1 ni yaratdi. Bu dasturlash tilida yaratilgan
dunyodagi birinchi hisoblash mashinasi edi. Ushbu mo’jiza 500 kg og’irlikda bo’lib,
butun xonani band qilar edi. Mashina 1 sekund ichida 5 taga yaqin ko’paytirish amalini
bajara olar edi.
|
| |