92
Tasvirlash tillari
Web-sahifani ko’rsatish uchun hamma joyda HTML (Hypertext Markup
Language, gipermatn belgilari tili) tasdiqlandi. PHP yoki ASP.netda Web-ilova
yozilish yozilmasligidan qat’iy nazar, Web sahifalarni formatlashni HTML da
o’tkazish mumkin.
Keyingi tasvurlash tili XML (eXtensible Markup Language, belgining
kengayavchan tili) dir. Kim HTML ni egallagan bo’lsa, XML bilan katta
muammolarga yo’liqmaydi. XML yordamida nafaqat Web-sahifalarni formatlash
mumkin, balki axborot almashish va boshqa tasvirlarni saqlab qo’yish mumkin.
Uslublarning kaskad jadvallari yordamida (Cascading Style-Sheets (CSS)) Web
– sahifalarni yagona uslubda jiddiy qiyinchiliklarsiz formatlash mumkin. HTMLWeb-
sahifalarni formatlashni eng yaxshishi CSS yordamida o’tkazgan ma’qul. Ma’lumotlar
bazasiga kirish va ma’lumotlar bazasi so’rovi
Ma’lumotlar bazasidan olingan axborotni o’qish uchun, avvalo tildan foydalanish
kerak. U SQL (Structured Query Language), ya’ni tartiblangan so’rovlar tilidir. Til
ko’pincha ingliz so’zlariga o’xshash qisqa operatorlardan iborat.
SQL ma’lumotlar bazasining eng keng tarqalgan, biroq sintaksisi tizimdan
tizimga biroz farq qilib boradi. Shuningdek, SQL ning barcha elementlarini har qanday
tizim ham qo’llab quvvatlayvermaydi.
Birinchi kompyuterlar vaqtidan boshlab hozirgi kungacha dasturlash tilining
beshta avlodi ishlab chiqilgan. Ob’ektga mo’ljallangan 4 avlod tillari (mas.CQQ), 5
avlodning vizual tillari (mas. VisualBasic, .net ), Web tillari (mas. PHP, XML) va SQL
ma’lumotlar bazalariga rasmiy savollar tili dolzarbdir.