• Dars maqsadi: “
  • Kerakli jihoz va materiallar
  • MAVZU: «TERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI» FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI




    Download 0.86 Mb.
    bet3/62
    Sana12.02.2023
    Hajmi0.86 Mb.
    #41963
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
    17,09,2022, 22.11.2022, 4r9qZmi4dsrxkE0zRhP87OCZPteKEWYMplSkoNRO, amaliy o\'zbek(rus) tili, Simsiz tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish asoslari. Simsiz tiziml-fayllar.org, Abdug\'ani, 028-21 Jo\'rayev Samandar Radi, 029-21 Xudayqulova S Radio, Физика мустақил иш 6.1.1.1.1.1.., Физика мустақил иш 6.1.1.1.1.1..1, Технология PON (1), Сўровнома, Тилхат, 2 5357509885401512451
    MAVZU: «TERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI» FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
    Reja:

    1. Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari fanining obyekti va vazifalari.

    2. Ish yuritish tarixi.



    Dars maqsadi: “Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari” fanining maqsad va vazifalari, ish yuritish tarixi haqida talabalarga ma’lumot berish.
    Tayanch tushunchalari:
    Terminologiya, termin, davlat tili, mushtarak, Vasiqalar to‘plami, Qonuni Humoyun, Suluk al-muluk, Sug‘d arxivi, hujjatchilik , atamashunoslik, farmon, bitim, arznoma, yorliq, tilxat, qarznoma, guvohnoma.
    Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, doska, internet ma’lumotlari.
    1-savol bayoni:
    Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan mazkur kurs ularga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritib kelinayotgan ish qog‘ozlarining turlari, ularning vazifasi, ularda aks etadigan ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, hujjatlarning zaruriy qismlari, ular bilan bog‘liq atamalar to‘g‘risida ma’lum tushunchalar beradi.
    Ma’lumki, respublikamizda 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho‘rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo‘lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qog‘ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida yuritishga o‘tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.
    Ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o‘quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi hujjatni qo‘lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog‘ozlari, hujjatlarga har qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o‘z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki betoblikdan so‘ng ishga tushganligi to‘g‘risida bildirishnoma yozishi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo‘ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan, xizmat safari bo‘yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati yozishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to‘g‘ri rasmiylashtira olmaydilar. Shunga ko‘ra oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursining kiritilishi hamda o‘qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. Shuningdek, bu kurs akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida keyingi yillarda o‘tila boshlagan “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanining mantiqiy davomi sifatida talabalarning bu sohadagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi.
    Mazkur kurs talabalarga amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan hujjatlar, ularning xillari, har bir hujjatda qamrab olinishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos dalillar, ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotimizga oid, o‘z mutaxassisliklariga doir hamda hujjatlar yuritishga oid atamalar, ularni tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni kengroq o‘rganishlari uchun xizmat qiladi.



    Download 0.86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: «TERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI» FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    Download 0.86 Mb.