• 5 – LABORATORIYA ISHI DVIGATELNING SOVUTISH TIZIMI TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/41
    Sana20.11.2023
    Hajmi3,23 Mb.
    #101657
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
    Bog'liq
    Avtotransport vositalarining tuzilishi

     
    4.6. Nazorat uchun savollar 
    1. GTMning vazifasi va tasnifini ayting? 
    2. Kiritish va chiqarish klapanlarining vazifasi va ularning bir-
    biridan farqi nimadan iborat? 
    3. Klapan prujinalarining vazifasini ayting. 
    4. Taqsimlash valining vazifasi va u qanday elementlardan tashkil 
    topgan. 
    5. Taqsimlash valining yuritmalarini ayting. 
    6. Klapanlarning qaysi biri ko‘proq qiziydi va nima uchun? 
    7. Klapani 
    yuqorida 
    joylashgan 
    GTMning 
    shtanga 
    va
    koromisloning vazifasini ayting? 
    8. Issiqlik tirqishining zaruriyati nimadan iborat? 
    9. Gidrokompensatorninng vazifasini ayting. 
    10. Gaz taqsimlash fazalarining zaruriyatini tushuntiring. 
    11. Taqsimlash vali o‘q bo‘ylab siljimasligi uchun konstruksiyada 
    nima qilingan? 
    12. Nima uchun gaz taqsimlash vali, tirsakli valga nisbatan ikki 
    marta kam aylanadi? 


    23 
    5 – LABORATORIYA ISHI 
     
    DVIGATELNING SOVUTISH TIZIMI TUZILISHI VA 
    ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
     
    5.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
    Dvigatelning sovitish tizimining tuzilishi va ishlash prinsipini 
    o‘rganish. Sovitish tizimiga taalluqli detallarning vazifasi va 
    konstruksiyasini o‘rganish. 
    5.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

    Ma’lumki dvigatel ishlayotganda, ayniqsa ish yo‘li takti 


    bajarilganda, yuqori haroratga ega bo‘lgan gazlarning ta’sirida 
    silindrlar, silindrlar blokining kallagi, klapanlar, porshenlar qizib 
    ketadi. Agarda qizigan detallarni sovutilmasa ishqalanuvchi yuzalar 
    orasidagi moy kuyib, ishqalanish haddan tashqari oshib ketadi. 
    Qizishdan detallar kengayadi. Ayniqsa alyuminiyli qotishmadan 
    tayyorlangan porshen kengayib, silindr ichida qadalib qolishi mumkin. 
    Shu sababli dvigatelning qizigan detallarini uzluksiz ravishda sovitib 
    turish lozim.
    Avtomobil dvigatellarida, suyuqlik yoki havo bilan sovitish 
    tizimlari qo‘llaniladi. Sanoqli dvigatellarda havo bilan sovutish tizimi 
    qo‘llanilgan bo‘lib, bunday tizim ayrim afzalliklarga ega, ular 
    quyidagilardan iborat: konstruksiyasi nisbatan oddiy tuzilgan, tizimda 
    suv nasosi, radiator, suv trubalari, termostat va boshqalar yuk; 
    dvigatelda suv g‘ilofining bo‘lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi; 
    suv yuk joylarda ham dvigatelni ishlatish mumkin. Suyuqlik bilan 
    sovitish tizimi havo bilan sovitishga nisbatan afzal hisoblanib 
    shovqinsiz ishlaydi, sovuq kunlari dvigatelni yurgazib yuborishni tez 
    amalga oshiradi. Shu sababli dvigatellarda, asosan, suyuqlik bilan 
    sovutish tizimlaridan foydalaniladi.
    Bunday tizim odatda, silindr bloki va uning kallagidagi sovitish 
    giloflari, radiator qopqog‘i bilan, nasos, termostat, birlashtiruvchi 
    shlanglar va patrubkalardan iborat. 
    Havo bilan sovitiladigan avtomobil dvigatellarida asosan havo 
    oqimini majburiy yo‘naltirish usuli qo‘llaniladi. Dvigatelning silindr 


    24 
    va kallagidan issiqlik tarqatishni tezlashtirish maqsadida ularning 
    tashqi devorlariga qovurg‘alar yasalgan.
    5.1 - rasm. Suyuqlik bilan sovitish tizimining sxemasi: 1 – jo‘mrak;
    2 – pastki bakcha; 3 – jalyuza; 4 – bug‘ naychasi; 5 – radiator 
    qopqog‘i; 6 – ventilyator; 7 – shkiv; 8 va 15 – birlashtiruvchi 
    patrubkalar; 9 – kichik doira kanali; 10 – termostat; 11 – silindr atrofi; 
    12 – suv taqsimlovchi quvur; 13 – termometr; 14 – suyuqlik nasosi.

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish