• 6 – LABORATORIYA ISHI DVIGATELNING MOYLASH TIZIMI TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
  • 6.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/41
    Sana20.11.2023
    Hajmi3,23 Mb.
    #101657
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
    Bog'liq
    Avtotransport vositalarining tuzilishi

    5.6. Nazorat uchun savollar 
    1. Sovitish tizimining vazifasini ayting? 


    26 
    2. Sovitish tizimi elementlari nimalardan tashkil topgan? 
    3. Suv nasosining vazifasi nimadan iborat? 
    4. Suv nasosi nima yordamida va qayerdan harakatni oladi? 
    5. Radiatorning vazifasi nimadan iborat? 
    6. Radiator qopqog‘ida qanday klapanlar bor? 
    7. Radiatorga bug‘-havo klapani nima maqsadda qo‘yilgan? 
    8. Kengaytirish bachogining vazifasi nimadan ibrat? 
    9. Termostatning vazifasi nimadan iborat? 
    10. Suyuq va qattiq to‘ldirgichli termostatlar bir-biri bilan nima 
    bilan farq qiladi? 
    11. Sovitish tizimida suyuqlikning optimal harorati qaysi oraliqda 
    bo‘lishi kerak? 
    12. Sovitish tizimida termostatning o‘rnatilishi sababi nima? 
    13. Shamol parrak (ventilyator) nima uchun kerak? 
    14. Suyuqlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga 
    nisbatan qanday afzalliklarga ega? 


    27 
    6 – LABORATORIYA ISHI 
     
    DVIGATELNING MOYLASH TIZIMI TUZILISHI VA 
    ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
     
    6.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
    Dvigatelning moylash tizimining tuzilishi, ishlash prinsipini va 
    detallarining konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat. 
    6.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

    Dvigatel detallarining ishqalanib ishlashi ularning yeylishiga va 


    qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal 
    yuzalariga uzluksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani 
    dvigatellarda moylash tizimi bajaradi. Moylash tizimi dvigatel 
    ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moy 
    yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi yuzalar qisman soviydi
    yeyilishi ko‘payadi va detallarning yeyilishiga sababchi moyga 
    yopishgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy 
    keyin filtrlanadi.
    Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan kombinatsiyalashgan 
    moylash tizimi qo‘llaniladi. Bunday moylash tizimida zo‘riqib 
    ishlaydigan detal yuzalariga moy bosim ostida majburiy yuboriladi. 
    Bunday yuzalarga tirsakli va taqsimlash vallarining podshipniklari 
    (ayrim dvigatellarda taqsimlash valining mushtchalari ham), 
    koromislo vtulkalari kiradi. Qolgan ishqalanuvchi yuzalarga 
    sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi. Unday yuzalarga silindr 
    devorlari, porshen va porshen halqalari, porshen barmoqlari, 
    taqsimlash valining mushtchalari, turtkichlar, klapanlar sterjeni kiradi. 
    Kombinatsiyalashgan moylash tizimiga quyidagi mexanizm va 
    tuzilmalar kiradi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, moy nasosi, moy 
    filtrlari, moy radiatori, moy kanallari, moy klapanlari.
    Moy nasosi moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining 
    ishqalanuvchi yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish 
    tuzilmalaiga yuborish uchun xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida
    asosan, shesternali nasoslardan foydalanib, ular oddiy tuzilgan va 
    ishonchli ishlaydi. 


    28 
    6.1 – rasm. Moylash tizimining oddiy sxemasi: 1 – mayin filtr;
    2 – termometr; 3 – moy radiatori; 4 – saqlagich klapahi; 5 – jo‘mrak;
    6 – moy qabul qilgich; 7 – moy nasosi; 8 – reduksion klapan;
    9 – o‘tkazish klapani; 10 – dag‘al filtr; 11 – manometr; 12 – asosiy 
    moy kanali; 13 – tirsakli valning o‘zak bo‘yinlari; 14 – taqsimlash 
    valining bo‘yinlari; 15 – koromislo o‘qi; 16 – moy sathini o‘lchagich; 
    17 – moy quyish bo‘g‘zi patrubogi.
    Moy filtrlari moyni dvigatel yeyilishi natijasida hosil bo‘lgan 
    metall zarrachalaridan va boshqa ifloslantiruvchi
    elementlardan 
    tozalaydi. Moy filtrlari to‘la o‘tkazuvchi, ya’ni moylash tizimiga 
    ketma-ket ulanib moyning hammasi filtrdan o‘tkaziladi. Moy
    filtrlari dag‘al va mayin moy tozalash filtrlariga bo‘linadi.

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish