O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana20.11.2023
Hajmi3,23 Mb.
#101657
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Avtotransport vositalarining tuzilishi
hisobot, 2-lab, Menschen A2.2 KB, 1-Labaratoriya elektronika, 2 5255744844390731028, Ишан кала каракалпакская2022, IN1002223, Reference-315231103505, 128-134, pedagogika (1), TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar., ahmad yassaviy ustozi arslon bob va yassaviylikda devoni hikmat
7 – LABORATORIYA ISHI 
 
BENZINLI DVIGATELLARNING TA’MINLASH TIZIMI 
TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH 
 
7.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimining tuzilishi va ishlash 
prinsipini, shuningdek ta’minlash tizimiga kiruvchi asboblarning 
vazifalari va konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat. 
7.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimini tarmog‘i 
yonilg‘i bilan havoni tozalash va ulardan kerakli tarkibda yonilg‘i 
aralashmasi tayyorlab, silindrlarga kiritish hamda ishlatilgan gazlarni 
tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ta’minlash 
tarmogiga kiruvchi asbob-uskunalarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
1) yonilg‘ini saqlash, tozalash va uni yonilg‘i aralashmasi hosil 
qiluvchi asbobga yuborish qismlari – yonilg‘i baki, yonilg‘i sathini 
ko‘rsatuvchi datchik, yonilg‘i filtri, yonilg‘i nasosi va yonilg‘i 
o‘tkazuvchi naychalar; 2) havoni tozalash va uni uzatish qurilmasi – 
havo filtri va havo o‘tkazgich; 3) yonilg‘i va havodan aralashma 
hosil 
qiluvchi 
asbob-karbyurator; 
4) 
yonilg‘i 
aralashmasini 
silindrlarga kirituvchi va ishlatilgan gazlarni chiqarib, ularning 
tovushini pasaytiruvchi qismlar – kiritish va chiqarish quvurlari 
hamda so‘ndirgich (glushitel).
Yonilgi nasos’i karbyuratorli dvigatellarda diafragma turidagi 
yonilg‘i nasosi ishlataladi. Nasos yonilg‘ini bakdan karbyuratorning 
qalqovichli bo‘linmasiga kichik bosim ostida uzatib turadi. Nasos 
uchta ajraluvchi qismdan: korpus, kallak va qopqoqdan iborat, ular 
bir-biri bilan qistirma orqali vint bilan jips mahkamlanadi. 
Yonilg‘i filtrlari va tindirgichlar yonilg‘ini karbyuratorga 
kiritishdan oldin mexanik aralashmalar va suvdan tozalaydi.
Havo filtri dvigatel silindrlariga kiradigan havoni changdan 
tozalash uchun xizmat kiladi. 


32 
Kiritish quvurlari karbyuratorni aralashtirgich bo‘linmasining 
kiritish klapani tuynuklari bilan tutashtirib, yonuvchi aralashmani 
karbyuratordan dvigatel silindrlariga yuborish uchun xizmat qiladi. 
7.1 – rasm. Karburatorli dvigatel ta’minlash tizimining sxemasi:
1 – havo filtri; 2 – karbyurator; 3 – kiritish quvuri; 4 – chiqarish 
quvuri; 5 – naycha; 6 – yonilg‘i nasosi; 7 – filtr-tindirgich;
8 – so‘ndirgichning qabul qiluvchi trubasi; 9 – naycha; 10 – shovqin 
so‘ndirgichi; 11 – chiqarish quvuri; 12 – yonilg‘i baki; 13 – yonilg‘i 
quyish bo‘g‘zi; 14 – qopqoq; 15 – qalqovichli qurilma; 16 – yonilg‘i 
zaxirasini ko‘rsatuvchi asbob.
Avtomobil dvigatelining gaz chiqarish tarmog‘i chiqarish quvuri 
va so‘ndirgich (glushitel) dan iborat. Chiqarish quvurining bir tomoni 
chiqarish klapanlarining kanallari, ikkinchi tomoni esa qabul quvuri 
orqali so‘ndirgich bilan birlashgan. 
Dvigatel silindrlaridan ishlatilgan gazlar katta tezlikda shiddat 
bilan harakatlanib, alanga va uchqun aralash shovqin hamda shitob 
bilan tashqariga chiqadi. Bu kamchilikni kamaytirsh uchun chiqarish 
quvuriga qabul qilgich quvurchasi va so‘ndirgich o‘rnatilgan. Yengil 
avtomobillarga asosiy so‘ndirgichdan oldin ishlatilgan gazlarni 
kengaytiruvchi birlamchi so‘ndirgich qo‘yiladi. Bunday qo‘shimcha 
so‘ndirgich yordamida kengaytirilgan gazlar soviydi va ularning 
jamgarilgan energiyasi birmuncha kamayadi. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish