• 3 – LABORATORIYA ISHI KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMI TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/41
    Sana20.11.2023
    Hajmi3,23 Mb.
    #101657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    Avtotransport vositalarining tuzilishi
    hisobot, 2-lab, Menschen A2.2 KB, 1-Labaratoriya elektronika, 2 5255744844390731028, Ишан кала каракалпакская2022, IN1002223, Reference-315231103505, 128-134, pedagogika (1), TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar., ahmad yassaviy ustozi arslon bob va yassaviylikda devoni hikmat
    2.6. Nazorat uchun savollar 
    1. Avtomobil dvigatellari yonuvchi aralashma hosil qilish 
    usuliga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
    2. Avtomobil dvigatellari ish aralashmasining alangalanishi 
    bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi? 
    3. Avtomobil dvigatellari ish jarayonini hosil qilish usuliga 
    ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
    4. Avtomobil 
    dvigatellari 
    silindrlar 
    soni 
    va 
    ularning 
    joylashuviga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
    5. Silindrning ish xajmi deb nimaga aytiladi? 
    6. Dvigatelning ish xajmi deb nimaga aytiladi? 
    7. Porshen yo‘li deb nimaga aytiladi? 
    8. Silindrning to‘la xajmi nima? 
    9. Siqish kamerasining xajmi nima? 
    10. Ish sikli va takt deb nimaga aytiladi? 
    11. Dvigatel silindrlarining tartib raqamini belgilash qoidasini 
    izoxlang. 
    12. Benzinli dvigatellarda yonish jarayonida harorat va bosim 
    qancha? 
    13. Chiqarish taktida yonib bo‘lgan gazlarning xarorat va bosimi 
    qancha? 


    14 
    3 – LABORATORIYA ISHI 
     
    KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMI TUZILISHI VA 
    ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
     
    3.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
    Talabalarni 
    krivoship-shatun 
    mexanizmiining 
    vazifasi 
    va 
    dvigatelda kuchlarni uzatish va harakatni boshqa turga aylantirib 
    berishdagi roli bilan tanishtirish. Mexanizmning asosiy detallarini va 
    ularning dvigatel ish jarayonidagi rolini ko‘rsatish. 
    3.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

    Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilanma-qaytma 


    harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi. 
    3.1 - rasm. Bir silindrli porshenli ichki yonuv dvigateli krivoship-
    shatunli mexanizmi: 1- silindr; 2 – silindr kallagi; 3 – karter;
    4 – porshen, 5 – porshen barmog‘i; 6 – shatun; 7 – tirsakli val;
    8 – maxovik


    15 
    Krivoship-shatunli mexanizm quyidagi detallardan tashkil 
    topgan: silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, silindr gilzalari
    porshen va porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli 
    val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatel 
    karteri.
    Silindrlar bloki  dvigatelning asosiy bazis detali bo‘lib, u 
    tuzilishi jihatidan nisbatan murakkab hisoblanadi. Shuning uchun 
    silindrlar blokini tayyorlash nisbatan qimmatga tushadi. Silindrlar 
    blokini ishlash muddatini oshirish maqsadida yuk avtomobili va ayrim 
    yengil avtomobili dvigatellarida uni gilzali qilib tayyorlanadi.
    Silindrlar bloki kallagi alyuminiyli qotishmadan tayyorlanadi. 
    Bunday kallaglar yengil va issiqlikni yaxshi o‘tkazuvchan bo‘ladi. 
    Bunday xususiyat dvigatelning siqish darajasini, quvvatini yonilg‘i 
    tejamligini oshirish imkoniyatini beradi.  
    Silindr ichida sodir bo‘ladigan ish siklining barcha jarayonlari 
    porshen yordamida bajariladi. Porshen yuqori bosim va harorat 
    sharoitida ishlaydi, bundan tashqari unga o‘zgaruvchan inersiya 
    kuchlari ta’sir etadi. Shuning uchun porshen quyidagi talablarga javob 
    berishi kerak: issiqlik o‘tkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil 
    bo‘lishi kerak.
    Porshen halqalari o‘zining vazifasiga ko‘ra kompression va 
    moy sidirgichli bo‘ladi. Kompression halqalar porshenning silindrda 
    jipsligini ta’minlaydi. Natijada porshen yuqorisidagi gazlarni karterga 
    o‘tishidan saqlaydi. Moy sidirgich halqalar silindr yuzasidagi ortiqcha 
    moylarni sidirib karterga qayta tushiradi. Shu bilan moylarni yonish 
    kamerasiga o‘tib ketishidan saqlaydi. Porshen halqalari maxsus 
    cho‘yandan tayyorlanadi. Ayrim hollarda po‘latdan ham tayyorlanishi 
    mumkin.
    Porshen barmog‘i  porshen bilan shatunni o‘zaro sharnirli holda 
    biriktirib turadi. Porshen barmog‘ini nisbatan yengil bo‘lishligi uchun 
    uni kavakli qilib tayyorlanadi. 
    Shatun porshenni tirsakli valning shatun bo‘yni bilan 
    birlashtiradi. Shatun, shuningdek porshenning to‘g‘ri chiziqli 
    ilgarilanma-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga 
    o‘zgartirib berishga ham xizmat qiladi. 
    Tirsakli val porshen orqali shatundan berilayotgan kuchni qabul 
    qilib aylanma harakat qiladi.


    16 
    Maxovik dvigatelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir 
    tekis aylanishini ta’minlaydi. Ish yo‘li taktida maxovik energiya yig‘ib 
    qo‘shimcha taktlarning bajarilishida va porshenning, chekka 
    nuqtalardan o‘tishida tirsakli valning aylanishiga yordam beradi. 
    Yig‘ilgan energiya hisobiga dvigatel o‘t olishini osonlashtiradi va 
    avtomobilning o‘rnidan qo‘zg‘alishini yengillashtiradi.  

    Download 3,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish