O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana20.11.2023
Hajmi3,23 Mb.
#101657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Avtotransport vositalarining tuzilishi
hisobot, 2-lab, Menschen A2.2 KB, 1-Labaratoriya elektronika, 2 5255744844390731028, Ишан кала каракалпакская2022, IN1002223, Reference-315231103505, 128-134, pedagogika (1), TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar., ahmad yassaviy ustozi arslon bob va yassaviylikda devoni hikmat
2 – LABORATORIYA ISHI 
 
DVIGATELNING UMUMIY TUZILISHINI O‘RGANISH
 
2.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Zamonaviy 
avtomobillarga 
o‘rnatilgan 
ichki 
yonuv 
dvigatellarining umumiy tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlarini 
o‘rganish. 
2.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan, porshenli ichki 


yonuv 
dvigatellari 
o‘rnatiladi. Avtomobillarga o‘rnatiladigan 
porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi belgilari bilan 
klassifikatsiyalanadi: 
1. Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab: yengil suyuq yonilg‘i – 
benzinda ishlaydigan va siqilgan suyuq gaz bilan ishlaydigan 
karbyuratorli dvigatellar, og‘ir suyuq dizel yonilg‘isida ishlaydigan 
dizel dvigatellari. 
2. Yonuvchi aralashma hosil qilish usuliga qarab: silindr 
tashqarisida aralashma hosil qiluvchi karbyuratorli, injektorli 
dvigatellar va silindr ichida aralashma hosil qiluvchi dizel dvigatellari. 
3. Ish aralashmasining alangalanishi bo‘yicha: elektr uchquni 
bilan alangalanadigan karbyuratorli, injektorli dvigatellar va siqish 
natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi dizel dvigatellari. 
4. Ish jarayonini hosil qilish usuliga qarab: to‘rt taktli va ikki 
taktli dvigatellar. 
5. Konstruktiv belgilari bo‘yicha: silindrlar soni va ularning 
joylashuv tartibiga qarab (vertikal qatorli, gorizontal qatorli yoki V –
simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo‘yicha – 
klapanlari yuqoriga yoki pastga joylashgan. 
Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi mexanizm va 
tizimlardan tashkil topgan: krivoship-shatunli mexanizm, gaz 
taqsimlash mexanizmi hamda va ta’minlash tizimlari. Bundan 
tashqari, karbyuratorli dvigatellarda majburan o‘t oldirish, dizel 
dvigatellarida esa yuritish tizimi bor. 


10 
Krivoship-shatunli mexanizm gazning kengayishdagi bosimini 
o‘ziga qabul qiladi hamda porshenning to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma va 
qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib 
beradi.
2.1 – rasm. Bir silindrli to‘rt taktli benzinli dvigatelning tuzilishi:
1 – GTMni yurituvchi shesterna; 2 – gaz taqsimlash vali; 3 – turtkich; 
4 – prujina; 5, 6 – chiqarish va kiritish kollektorlari; 7 – karburator;
8, 11 – chiqarish va kiritish klapanlari; 9 – yuqori kuchlanish simi;
10 – o‘t oldirish svechasi; 12 – silindr kallagi; 13 – silindr; 14 – suv 
ko‘ylaklari; 15 – porshen; 16 – porshen barmog‘i; 17 – shatun;
19 – tirsakli val; 20 – karter.
Gaz taqsimlash mexanizmi yonilg‘i aralashmasi yoki havoning 
silindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni 
boshqarish uchun xizmat qiladi.


11 
Ta’minlash tizimi benzin hamda havodan yonuvchi aralashma 
tayyorlaydi, uni dvigatel silindrlariga uzatadi va ishlatilgan gazlarni 
atmosferaga chiqarib yuboradi. 
Sovitish tizimi dvigatelning qizigan detallaridan ajralgan 
issiqlikni atmosferaga tarqatadi va uni eng qulay issiqlik rejimida 
ishlashini ta’minlaydi. Dvigatel suv yoki havo bilan sovitiladi. Suv 
bilan sovitiladigan dvigatelda suv g‘ilofi, havo bilan sovitiladigan 
dvigatelda esa maxsus sovitish qovurg‘alari bo‘ladi. 
Moylash tizimi dvigatelning ishqalanuvchi detallariga moy 
uzatib, ularning ilashishini kamaytiradi, uning detallarini qisman 
sovitadi, ishqalanuvchi yuzalarda vujudga keladigan yeyilish 
zarrachalarini yuvadi hamda moyni tozalab beradi. 
Yondirish tizimi karbyuratorli va injektorli dvigatel silindrlarida 
ish aralashmasini majburiy ravishda o‘t oldirish uchun elektr uchquni 
hosil qiladi va uni ma’lum tartibda silindrlarga yuboradi. 
Yuqori chekka nuqta (yu.ch.n.) porshenning tirsakli val o‘qidan 
eng uzoqlashgan silindr ichidagi yuqori turish holati. 
Pastki chekka nuqta (p.ch.n.) – porshenning tirsakli val o‘qiga 
eng yaqinlashgan silindr ichidagi pastki qolati. 
 
Porshen yo‘li – porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka 
nuqtagacha harakatlanganda bosib o‘tilgan masofa. 
Porshen yo‘li S porshenning har bir o‘tgan yo‘lida tirsakli val 
o‘z o‘qi atrofida ½ marta aylangandagi, ya’ni 180
0
burchakka 
burilgandagi masofa. 

Download 3,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish