|
XIII – Mavzu: Turli tabiiy–iqlim sharoitida avtomobillardan foydalanishni ta’minlash
|
bet | 18/35 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 133,16 Kb. | | #140080 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.orgXIII – Mavzu: Turli tabiiy–iqlim sharoitida avtomobillardan foydalanishni ta’minlash
|
3
|
|
1. Avtomobillardan turli iqlim sharoitida foydalanishda ularning ishlash qobiliyatini va ishonchlilik ko’rsatkichlarini o’zgarishiga tahsir etuvchi omillar.
2. Avtomobillarni ishlash sharoitiga moslashtirish. Sovuq iqlim sharoitida avtomobillarni saqlash va saqlash anjomlaridan foydalanish usullari.
3. Issiq iqlim va changli iqlim hamda tog’ sharoitlarida avtomobillardan texnik foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Og’ir sharoitlarda avtomobillarni ishga yoroqli holda ushlab turish uchun ko’riladigan chora tadbirlar.
|
|
|
Semestr bo’yicha jami:
|
48
|
2.3. “Avtomobil dvigatellarining sovutish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi” mavzusining ma’ruza matni
Reja:
1. Suyuqlik bilаn sоvitish tizimi va havo bilan sovitish tizimi tuzilishi, farqi vа ishlаshi.
2. Suyuqlik bilan sovitish tizimi asosiy nuqsonlari va ularni kelib chiqish sabablari.
3. Suyuqlik bilan sovitish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish
4. Suyuqlik bilan sovitish tizimini ta’mirlash
1. Suyuqlik bilаn sоvitish tizimi. Tizim elеmеntlаri tuzilishi vа ishlаshi. Vazifasi, turlari va ishlashi. Ish yo‘li taktida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori haroratga ega gazlar ta’sirida bo‘lgan detallar (silindrlar, silindrlar kallagi, porshenlar, klapanlar) haddan tashqari qiziydi. Yonilg‘ining silindrda yonishidan ajralgan issiqlikning 20…25% dvigatel detallarining qizishiga sarflanadi. Agarda detallardan issiqlikni tashqi muhitga tarqatilmasa, ya’ni dvigatel sovitilmasa, unda harakatdagi detallarning ishqalanuvchi yuzalari orasidagi moy kuyib, ishqalanishni xaddan tashqari orttirib yuboradi. Natijada, ayniqsa alyuminiyli qotishmadan ishlangan porshenning qizishi va kengayishi oqibatida xattoki uni silindr ichida qadalib qolishi xavfi ham tug‘iladi.
Qiziganda, dvigatel to‘la quvvat hosil qila olmaydi, yonilg‘i sarfi ortadi, detallari esa yetarli darajada moylanmaganligi sababli tez yeyiladi. Shu sababli dvigatelning qizigan detallaridan issiqlikni uzluksiz ravishda tashqi muhitga tarqatib turish lozim. Lekin, dvigatelni xaddan tashqari sovitib yuborilsa ham issiqlik energiyasi bekorga sarf bo‘ladi, moy quyuqlashib, ishqalanishga sarflanadigan quvvat ortadi, undan tashqari yonuvchi aralashma to‘liq bug‘lanmaydi, qisman bug‘langanlari esa silindrning sovuq devorlariga urilib yonilg‘i tomchisiga aylanadi va devordagi moyni yuvib tushirib karterdagi moyni suyultiradi. natijada silindr-porshen guruhiga kiruvchi detallarning yeyilishi ortadi.
Demak, dvigatelning juda qizib ketishi yoki xaddan tashqari sovib qolishi uning effektiv quvvatini kamaytirib yonilg‘i tejamkorligini yomonlashtiradi.
|
| |