|
-rasm. Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining umumiy ko‘rinishi
|
bet | 20/35 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 133,16 Kb. | | #140080 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org1-rasm. Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining umumiy ko‘rinishi
Ishlash prinsipi: Tizimdagi bosim me’yoridan ortib, klapan ochilganda, ortiqcha bug‘ quvur 9 orqali tashqariga chiqariladi. Yopiq sovitish tizimi ochiq sovutish tizimiga, ya’ni tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosfera bilan bog‘lanib turadiganiga, nisbatan birmuncha ixcham bo‘ladi va suyuqlikning bexuda sarflanishi oldi olinadi.
2-rasm. Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining prinsipial sxemasi
Tizimda suyuqlikning majburiy harakatlanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Suyuqlik nasosi o‘zining shkivi orqali dvigatel tirsakli valining shkividan harakatga keltiriladi. Suyuqlik blok va kallagi sovitish g‘iloflarining qizigan devorlari ta’sirida qiziydi va radiator quvuri 1 orqali radiatorning yuqorigi idishiga o‘tadi. Suyuqlik, havo oqimi bilan shamollatilayotgan radiator quvurlarida sovitiladi va radiatorning pastki idishiga oqib tushadi (2-rasm).
Radiator orqali o‘tadigan havo oqimining vujudga kelishi ventilyatordan va avtomobilning harakatida uning oldidan bo‘ladigan qarshi havo bosimining oqimidan paydo bo‘ladi. Sovitilgan suyuqlik radiator quvuri 4 bo‘ylab nasosga va undan suv taqsimlagich quvuri orqali har qaysi silindrning kuchli qizigan joylariga qayta yuboriladi. Suv taqsimlagich trubasi slindrlarga nasosdan qanchalik uzoqlikda bo‘lishidan qat’iy nazar ularni bir tekis sovishini ta’minlaydi (3-rasm).
3-rasm. Sovitish tizimi elementlari:
1, 4-radiator quvurlari; 2-radiator; 3-ventilyator va qopqog‘i; 5-termostat; 6, 8-salon isitgichi quvurlari; 7-havo chiqarish shtutseri; 9-bug‘ chiquvchi quvur; 10-quyish quvuri; 11-kengayish baki
Silindrlar bloki gʻilofining pastki va yuqorigi qismida suyuqlikning oʻzaro haraktalanishi termosifon, ya’ni issiq va sovuq suyuqliklar zichligining farqi tufayli tabiiy ravishda boʻladi. Tizimdagi suyuqlik haroratini bilish uchun silindrlar kallagiga datchik oʻrnatilgan va unga termometr ulangan. Dvigatelning normal issiqlik rejimida ishlashi uchun slindrlar kallagi gʻilofidagi sovituvchi suyuqlikning harorati 80…100°C boʻlishi kerak.
Dvigatelni tez qizdirish uchun, ayniqsa uni birinchi yurgazilganda, sovitish tizimiga termostat 5 oʻrnatiladi. Dvigatel yurgazilganda gʻilofdagi sovituvchi suyuqlikning harorati past boʻlganligi sababli termostat klapani yopiq boʻlib, gʻilofdagi suyuqlik oʻtkazuvchi kanal orqali nasosga qaytadi. Bunda suyuqlik kichik doira boʻyicha aylanishi, ya’ni radiatorga bormaganligi sababli u tez isiydi, natijada dvigatelning qizishi ancha tezlashadi. Suyuqlik harorati 80…85°C dan ortganda termostat klapani ochila boshlaydi, shunda suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suv nasosiga oʻta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 85-95 °C larga borganda termostat klapani toʻliq ochiladi, shunda suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Shu tarzda, dvigatelning harorat rejimi ma’lum oraliqda avtomatik rostlanib turadi.
Dvigatelning optimal harorat rejimini saqlash, asosan radiatordan oʻtayotgan havo oqimining jadalligini (intensivligi) oʻzgartirish bilan erishiladi. Havo oqimining radiatordan oʻtish tezligini, ventilyator 3 yanada oshiradi. Ba’zida ventilyator, dvigatelning harorat rejimi me’yoridan ortgandagina ishga tushadigan qilib ishlanadi. Ayrim dvigatellarda esa ventilyatorning aylanishlar chastotasi sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab avtomatik ravishda oʻzgarib turadi. Suyuqlik sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi boʻgʻizidan quyiladi, soʻngra boʻgʻiz qopqoq bilan zich berkitiladi Ba’zi avtomobil dvigatellarida suyuqlik sovitish tizimiga kengayish bakchasi orqali quyiladi. Tizimni suyuqlikdan boʻshatish uchun radiatorning pastki bakchasiga joʻmrak 2 oʻrnatilgan.
|
| |