• 2. Suyuqlik bilan sovitish tizimi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




    Download 133,16 Kb.
    bet19/35
    Sana18.01.2024
    Hajmi133,16 Kb.
    #140080
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org

    Vazifasi: Sovitish tizimi kuchli qizigan detallardan issiqlikning tarqatilishini bir me’yorda saqlab dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlash uchun xizmat qiladi. Shunda dvigatelning yuqori quvvatga va yonilg‘i tejamkorligiga ega bo‘lgan holda uzoq muddat ishlashi ta’minlanadi.
    Dvigatelda issiqlikni majburan tashqi muhitga tarqatish suyuqlik (suyuqlik bilan sovishi tizimi) yoki havo (havo bilan sovitish tizimi) bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Avtomobil dvigatelda asosan qo‘llaniladigan suyuqlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
    1. qo‘llaniladigan suyuqlikni qaynash harorati 370…3800 K (100…110 °C) bo‘lganligi sababli dvigatelning detallari qattiq qizib ketmaydi;


    2. suyuqlik bilan sovituvchi dvigatelda nisbatan shovqin past bo‘ladi;


    3. tashqi muxitning harorat sharoiti past bo‘lganda dvigatelni yurgazish nisbatan oson bo‘ladi va qizishi tezlashadi;


    4. bu turdagi dvigatelning sovitish tizimi qoburg‘alarining bo‘lmaganligi sababli u ixcham bo‘ladi.


    Havo bilan sovitish tizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:


    1. tizimda suyuqlik nasosi, radiator, suyuqlik kanallari, termostat yo‘qligi sababli u bir muncha yengil va oddiy ishlangan;


    2. dvigatelda suv g‘ilofi bo‘lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi.




    2. Suyuqlik bilan sovitish tizimi. Dvigatelning slindrlari atrofida, shuningdek, kallagi ichida bo‘shliqlar (sovitish g‘iloflari) bo‘lib, ular sovituvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Sovitish g‘iloflari patruboklar yordamida qizigan suyuqlikni sovitib beradigan radiator bilan ulanadi. Suyuqlik sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi (1-rasm).
    Qopqoqda klapanlar bo‘lib, sovitish tizimining ichki bo‘shlig‘i ular orqali atmosfera bilan bog‘lanadi. Bunday sovitish tizimini yopiq sovitish tizimi deyiladi. Yopiq sovitish tizimidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 45…100 kPa ga ortiq bo‘ladi. Suyuqlik bunday bosimda uning harorati taxminan 109…120°C ga yetmaguncha u qaynamaydi.


    Download 133,16 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




    Download 133,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

    Download 133,16 Kb.