• Sovitish tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi
  • Sovitish tizimining asosiy nosozliklariga




    Download 133,16 Kb.
    bet27/35
    Sana18.01.2024
    Hajmi133,16 Kb.
    #140080
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org

    Sovitish tizimining asosiy nosozliklariga: germetiklikni buzilishi, suv nasosi salnigidan, patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining yetarlimasligi, uning yorilishi, uzilishi, termostat qopqog‘ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog‘ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho‘kindi (quyqa)si hosil bo‘lishi kabilar kiradi.
    Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo‘ladi: Dvigatel uzoq muddatda, zo‘riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar oziqlash va yondirish jihozlari noto‘g‘ri sozlangan bo‘lsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi. Termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo‘lsa (dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, klapan bordi-yu, kech ochilsa, dvigatel tezroq qizib ketadi.
    Tizimning nosozliklari zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi moytutqichi (salnigi), patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining bo‘shashib qolishi, uning uzilishi, termostat qopqog‘ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog‘ining jips yopilmasligi, tizim devorlarida suyuqlik cho‘kindi (quyqa)si hosil bo‘lishi hisoblanadi.
    Sovitish tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi
    TXK ishlari avtomobillarga KXK, 1-TXK va 2-TXK vaqtida bajariladi. Kundalik xizmat ko‘rsatishga tizimning jipsligini ko‘rish va sovitish suyuqligining sathini me’yoriga keltirish kiradi. Qish vaqtda avtomobil garajdan tashqarida, ya’ni ochiqda saqlanganda sovutish tizimidagi, o‘t oldirish isitkichidagi, shuningdek peshoyna yuvish uchun mo‘ljallangan bakchadagi suv to‘kib tashlanadi. Dvigatelni yurgazishdan oldin tizim issiq suv bilan to‘ldiriladi yoki maxsus isitish tizimiga ulanadi.
    1-TXK va 2-TXK dan avval tizim diagnostika qilinadi, bunda tizimning zichligi, sovutish suyuqligining harorati, chaqmoqollatgich tasmaning tarang tortilishi va termostat klapanining ochilish va yopilish haroratlari tekshiriladi. Tizimga TXK va ta'mirlashdan avval diagnoz qo‘yilib, uning qizish holati va germetikligi, tasmaning tarangligi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me'yorida ishlaganda sovitish tizimi suyuqligining, harorati 80-950 C chegarasida bo‘lishi kerak, radiatorning yuqori va pastki qismidagi suyuqlik haroratining farqi 8-120 C oralig‘ida bo‘ladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib oqishini suv nasosining (va boshqa birikish joylarini) ostki qisimlaridagi suyuqlik izlaridan payqash mumkin. Buni nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning (germetikligi) jipsligi, radiatorning ustki suyuqlik bilan to‘lmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi bilan tekshiriladi. Ventilator uzatmasi, tasmasining tarangligi shkivlarning o‘rtasidagi masofada tasmani bosib ko‘rib (30-40N kuch bilan) tekshiriladi. Tasmaning me'yordagi tarangligi (turli xildagi dvigatellar uchun) 10-20 mm bo‘lishi kerak. Yechib olingan termostat, qizitilgan suvli vannaga botirilib, ishlashi tekshiriladi.
    Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65–700 C va to‘la ochilishida 80–850 C bo‘ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur.
    Diagnostika natijalariga ko‘ra sozlash va maxkamlash ishlari bajariladi. Undan tashqari 1-TXK va2-TXK da chaqmoqolparrak, radiator hamda jalyuzi tekshiriladi va, kerak bo‘lsa, mahkamlanadi. Yuritma tasmalari tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda chaqmoqolparrak tasmasini taranglovchi qurilmaning podshipniklari moylanadi. Mavsumiy xizmat ko‘rsatishda sovitish va isitish tizimining, shuningdek, yurgazib yuborish isitgichining jipsligi tekshiriladi, sovutish tizimi yuviladi, qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rilayotganda yurgazib yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi. Jipslik nazorat qilinadi, shlanglar yuzalaridagi yoriqlar, shishgan joylar va qatlamlarda halqob bo‘lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi, manometr va radiator qopqog‘i o‘rniga qo‘yiladigan maxsus qurilmadan foydalangan ma’qul. Nasos yordamida radiatorning yuqori qismida 60 kPa atrofida bosim hosil qilinadi Agar tizim jips bo‘lsa, kran berkitilgandan so‘ng manometr strelkasi qimirlamaydi, aks holda, strelka bosimning pasayishini ko‘rsatadi. Radiator yoki kengaytirish bakchasi qopqog‘idagi havo va bug‘ klapanlari qo‘l barmoqlari bilan bosib ko‘rib tekshiriladi.

    Download 133,16 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




    Download 133,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sovitish tizimining asosiy nosozliklariga

    Download 133,16 Kb.