|
Sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi
|
bet | 28/35 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 133,16 Kb. | | #140080 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.orgSovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish suyuqligi to‘kiladi; tizim suv bilan to‘ldiriladi; dvigatel yurgaziladi va qizdiriladi; suv to‘kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir marta yuviladi; so‘ng radiator sovitish suyuqligi bilan to‘ldiriladi, radiator qopqog‘ining o‘rniga qo‘yib, kengayish bakchasiga «MIN» belgisidan 30…50 mm balandlikkacha suyuqlik quyiladi. Konstruktsiyaning o‘ziga xos tomonlarini va materiallar xossalarini hisobga olgan holda, tayyorlovchi zavodlar o‘z ko‘rsatmalarida sovutish tizimini yuvish tartibini hamda yuvish uchun ishlatiladigan suyukliklar tarkibini belgilaydi.
Masalan, KamAZ-740 va OTAYO‘L dvigatelining radiatori yechib olinadi va unga 5 foizli kaustik soda hamda 95 foiz suv yoki 2,5 foiz kuchsizlantirilgan sulfat kislota hamda 97,5 foiz suvdan iborat eritma quyiladi. Eritmaning harorati 60-80°C bo‘lishi kerak. 30…40 daqikadan so‘ng eritma to‘kib tashlanadi va radiator issiq suv bilan yuviladi.
Sovutish suyuqligining yaxlab qolishi va tizimning zanglab yeyilishi va unda quyqa hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida, zamonaviy avtomobil-larning barchasida antifrizlardan foydalaniladi. Yaxlab qolmasligi uchun, uning zichligi nazorat qilib turiladi. A-40 antifrizining 20°S dagi zichligi 1,067…1,072 va Tosol A-40 antifriziniki 1,075…1,085 g/sm3 bo‘lishi kerak.
Sovutish tizimi bo‘yicha sozlash ishlari, ventelyator tasmasini me'yorigacha tortish, shlangalar birikkan joylarini qotirish, kerak bo‘lsa, suv nasosi salnigini o‘zgartirish va tizimni nakipdan tozalashdan iborat. Tizim 0.02-0.03 MPa bosim ostida suv yoki aralashma yordamida yuviladi. Tizimning yuvish yo‘nalishi, sovitish jarayoniga qarama-qarshi yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Shakip issiqlik almashtirish jarayonini yomonlashtiradi. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, 1 mm nakip sovutish intensivligini 25%ga, quvvatni 6%ga kamayishiga va yoqilg‘i sarfini 5%ga oshishiga olib keladi. Shakip kimyoviy aralashmalar yordamida yuviladi. Sovutish tizimini sulfat kislotasining yumshatgichlari va ko‘pik tindirgichlar aralashmasida yuvish yuqori samara beradi. Aralashma tizimga to‘ldirilib 10-15 minut dvigatel ishlatiladi va 600 C haroratda to‘kiladi, keyin issiq suv bilan chayqaladi. Kislotani qoldiqlarini neytrallash uchun chayqovchi suvga neytrilizator qo‘shiladi (soda, 2 xromli kaliy).
UZ AVTOWOO Yengil avtomobillari sovutish tizimiga TXK
TIKO va DOMAS rusumli avtomobillarda sovutish tizimiga TXKda tizimdagi sovutish suyuqligining sathi tekshiriladi (dvigatelning sovuq holatida), uning sathi "FULL" va "LOW" belgilarining oralig‘ida bo‘lishi zarur. Agar sath "LOW" belgisidan pastda bo‘lsa, suyuqlik sathi me'yoriga keltiriladi.
NEKSIYA va ESPERO avtomobillarida suyuqlik sathi "COLD" belgisidan yuqorida bo‘lishi kerak.
Sovutish tizimidagi suyuqlik dvigatelni me'yoriy issiqlik rejimida ushlab turadi va zanglashni oldini oladi. Shuning uchun suyuqlik sathi pasaygan taqdirda mutlaqo suv quyish mumkin emas. Tizimdagi suyuqlik 2 yilda almashtirib turiladi.
Sovutish tizimini joriy ta’mirlash. Sovutish tizimining jipsligi shikastlangan mis o‘tkazgichlarni kavsharlash, zarurat tug‘ilsa, almashtirish yo‘li bilan ta’mirlanadi. Radiatorlarni ta’mirlashda, ularning yaroqsiz holga kelgan o‘tkazgichlarini 5% gacha berkitib qo‘yish va 20% gacha yangisiga almashtirish ruhsat etiladi.
Jezdan tayyorlangan radiatorlarni kavsharlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aluminiy qotishmasidan tayyorlangan radiatorlarni kavsharlash juda mushkul. Buning uchun diametri 3…5 mm li SVAK simi, 34A markali kavsharlash qorishmasi, F-34A markali kukunsimon flyus ishlatiladi. Kavsharlashga tayyorlangan yuza 400…560°C haroratda alanga bilan qizdiriladi. Agar yuza bir tekis qizdirilmasa, kavshar yuzaga bir tekis yoyilmaydi va qumoq-qumoq bo‘lib qoladi. Amalda kavsharlash yuzasini bir tekis qiziganligini aniqlash uchun yog‘och sterjendan foydalaniladi. U bir tekis qizdirilgan yuzaga tekka-zilganda, ko‘mirsimon tusga kiradi va yuzada qora iz qoldiradi.
Radiatorni avtomobilga o‘rnatishdan avval 0,1 MPa bosim ostidagi siqilgan havo bilan 3…5 min mobaynida tekshiriladi. Suv bilan tekshirilganda bosim 0,1…0,15 MPa ni tashkil etishi kerak.
|
| |