|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
bet | 31/35 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 133,16 Kb. | | #140080 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org2.5.2. “T-tahliliy jadval” metodi
Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Bunda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, bir g‘oyaning ikki tomoni, foyda va zararlari, tanqidiy, tahliliy, aniq mantiiqiy fikrlash muvaffaqiyati rivojlantirishiga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkon yaratadi,ma’ruza yakunida qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotga tatbiq etilishi
Ushbu metod mashg‘ulotda ichki yonuv dvigatellarning sovutish tizimlarining turlari haqida ma’lumot berib bo‘lingandan so‘ng ma’lumotlarni mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
1. Talabalar T-sxema qonun-qoidalari bilan tanishib chiqadilar.
2. Ekranda T- jadvali aks etgan slayd namoyish etiladi.
3. Berilgan topshiriq bo‘yicha qiyosiy tahlilni amalga oshirish vazifasi topshiriladi.
4. Talabalar berilgan topshiriqni daftarda bajaradilar.
5. Bajarilgan vazifa yuzasidan fikr bildiradilar.
6. Barcha fikr muloxazalar tinglangach, ekranda T-jadvalining to‘g‘ri to‘ldirilgan jadvali namoyish etiladi va talabalardan topshiriq yuzasidan bergan javoblaridagi xatoliklarni tuzatish, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish va aniqliklar kiritish vazifasi beriladi.
Namuna
Topshiriq: T-tahlili sxemasi jadvali orqali ichki yonuv dvigatellarning sovutish tizimining turlarini afzallik va kamchilik tomonlarini ochib bering.
Havo bilan sovitish tizimi
|
Afzalliklari
|
|
Kamchiliklari
|
Havo bilan sovutish tizimining afzalliklari dvigatelning ichki tuzilishiga aralashuvni talab qilmaydigan elementar nazarda tutilgan va shuning uchun havo bilan sovutish tizimini shubhasiz sodda deb atash mumkin. Bundan tashqari, havo bilan sovutish dvigatel og‘irligini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Ushbu tizimlar bilan jihozlangan avtomobillarga xos bo‘lgan sovuq iqlimda o‘t olishning ajoyib ko‘rsatkichlarini ham qayd etamiz.
|
Ularning ishlashi murakkab sharoitlar bilan bog‘liq, shuning uchun yonilg‘i va moylash materiallari sifati uchun ancha talabchan bo‘ladi. Ish vaqtida muqarrar ravishda yuzaga keladigan shovqin darajasi yuqori. Afsuski, sovutish jarayonlarining bir xilligi juda ko‘p narsalarni talab qiladi.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|