|
Metodning mashg‘ulotga tatbiq etilishi/
|
bet | 34/35 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 133,16 Kb. | | #140080 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.orgMetodning mashg‘ulotga tatbiq etilishi/
Ushbu metoddan mashg‘ulotning yakuniy qismida foydalaniladi.
1.Mavzuga oid muammoli savol o‘rtaga tashlanadi.
2.Muammoli savol bo‘yicha javoblarni maxsus jadvalda aks ettirilishi topshiriladi.
3.To‘ldirilgan jadval asosida muammoni hal etilishi qay darajada to‘g‘ri ekanligi baxs-munozara orqali aniqlanadi.
Namuna
Topshiriq: Havo bilan sovutish tizimida eng ko‘p tarqalgan nosozliklar. bo‘yicha muammolarni hal eting.
Muammoning turi
|
Muammoning kelib chiqish sabablari
|
Muammo kelib chiqqanda amalga ooshiriladigan harakatlar.
|
Muammoni bartaraf etish choralari
|
Havo bilan sovutish tizimida dvigatelning harorat ko‘rsatkichlarining maksimal ruxsat etilgan chegaradan yuqori bo‘lishi
|
ventilyatorning kamarini uzilishi.
Termostat bilan muammolarning bo‘lishi
|
Haydovchi haddan tashqari qizish boshlanganini sezgandan so‘ng, g‘ayritabiiy harorat o‘sishining sababini aniqlash uchun mashinani to‘xtatishi kerak va asboblar paneli avtomobilni tegishli signal chiroqni yoqish orqali xabardor qiladi.
|
Havo bilan sovutish tizimida yonilg‘i va moylash materiallarining sifatli bo‘lishi bunday muammolarni kelib chiqishini kamayishiga olib keladi
|
2.5.6. Metodlarning samaradorlik natijalari
Mavzuga tatbiq etilgan metodlar orqali quyidagi samarador natijalarga erishganlik aniqlandi
- Mashg‘ulotning nazariy bilimlarni berishga qaratilgan maqsadidan kelib-chiqib, talabalarni o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishga erishildi.
- O‘quv mashg‘ulotiga ijodkorona yondashish asosida tanlangan interfaol metodlarning:
- mashg‘ulot maqsadi va vazifalariga,
- talabalarning bilim darajasiga,
- auditoriyaning sharoitiga mosligi ta’minlandi.
- O‘tilgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni talabalar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilshi va mustahkamlab olinishiga erishildi.
- Ta’lim jarayoni ishtirokchilari orasida tezkor teskari aloqani ta’minlashga erishildi
- Mashg‘ulotning o‘quv-didaktik ta’minoti to‘liq ta’minlandi.
- Talabada mashg‘ulotda berilgan ma’lumotlarni diqqat bilan eshitish va o‘rganishga bo‘lgan istak uyg‘ondi.
- Metodlar orqali berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida mavzuni mustaqil o‘rganish va mustahkamlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
- O‘zaro fikr-mulohazalarini almashish va tezkor savollarga javob berish jarayonida mavzuga oid yangi ma’lumotlarni olishga erishildi
XULOSA
Hozirda zamonaviy talablariga javob beradigan, o‘zi tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy faoliyatiga tayyor, Respublikaning ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir, yuksak ahloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy masala hisoblanadi.
Bitiruv ishini tayyorlash jarayonida o‘quv-tarbiya jarayoni tizimining tuzilishi va ana shu jarayonning mazmuni o‘qituvchilar va talabalarning faoliyati, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvning samaradorlik darajalarini ko‘rib chiqdik, hamda har bir fanni talabalarga yetkazib berishda eng avvalo hozirgi zamon talablarini inobatga olish kerakligi zaruriy shartlardan biri ekan degan xulosaga keldik. O‘quv jarayonlariga zamonaviy yondashuvlar natijasida talabalarni fanga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otish, mavzularni oson o‘zlashtirish, ijodiy va ilmiy faoliyatga tayyorlash, shuningdek keng dunyoqarash va kerakli malakalarni shakllantirishga o‘rgatish imkoniyatlari yuqori bo‘lishi o‘z isbotini topdi.
|
| |