• 5-rasm. Radiator oʻzaklarining turlari Radiator, dvigatel oldida ramaga rezina yostiqchaga oʻrnatilgan holda mahkamlanadi. Radiator qopqog‘i.
  • Suyuqlik nasosi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




    Download 133,16 Kb.
    bet22/35
    Sana18.01.2024
    Hajmi133,16 Kb.
    #140080
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org

    4-rasm. Sovitish radiator sxemasi
    Radiator oʻzagining ikkala turida ham qoʻllaniladigan quvurlar asosan yassi oval kesimli boʻladi. Quvurlar, radiator oʻzagida vertikal yoki gorizontal oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Koʻpchilik avtomobillarda vertikal oʻrnatilgan boʻlsa ayrim yengil avtomobillarda (“Neksiya” avtomobillari) quvurlari gorizontal joylashtirilgan (5-rasm).
    Radiator oʻzagining detallari, issiqlikni tez tarqatuvchan xususiyatga ega boʻlgan latundan tayyorlanadi. Quvurlari gorizontal joylashgan radiatorlarda (“Neksiya” avtoobillari) oʻzak detallari alyuminiydan, bakchalari esa plastmassadan tayyorlangan.

    5-rasm. Radiator oʻzaklarining turlari
    Radiator, dvigatel oldida ramaga rezina yostiqchaga oʻrnatilgan holda mahkamlanadi.
    Radiator qopqog‘i. Qopqoq radiator boʻgʻizini zich berkitadi uchun ishlatiladi.

    6-rasm. Radiator qopqog‘ining tuzilishi
    Qopqoqda bugʻ-havo klapanlari oʻrnatilgan boʻlib, radiatorning ichki boʻshligʻi atmosfera bilan shu klapanlar orqali tutashadi. Radiator boʻgʻizini yopib turuvchi bugʻ klapani kuchli prujinaga ega boʻlib tizimdagi bosim, suyuqlikning bugʻlanishi natijasida, atmosfera bosimidan 45-55 kPa ga ortganda ochiladi (6rasm).
    Havo klapani, sovituvchi suyuqlik sovib, tizimdagi bosim siyraklashganda (bugʻlarning suv tomchisiga aylanishi hisobiga) radiator quvurlarining puchqayib qolishidan saqlaydi. Havo klapani kuchsiz prujinaga ega boʻlib tizimdagi bosim atmosfera bosimidan 10 kPa ga pasayganda ochiladi va radiator boʻshligʻini tashqi muhit bilan bogʻlab siyraklanishni yoʻqotadi.
    Suyuqlik nasosi. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakatlanishi suyuqlik nasos yordamida amalga oshiriladi. Suyuqlik nasosining umumiy ko‘rinishi 6.7-rasmda ko‘rsatilgan.

    7-rasm. Suyuqlik nasosining umumiy ko‘rinish
    Odatda past bosimli (40…100 kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. 6.8-rasmda suyuqlik nasosining umumiy tuzilishi keltirilgan. Suyuqlik nososining vali 3 korpusga 1 sharli podshipnik 7 yordamida oʻrnatilgan. Podshipnik konsistent moy bilan moylanadi.
    Valning oldingi uchiga shkiv 8 oʻrnatiladi. Valning keyingi uchiga plastmassali parrak 2 oʻtkaziladi. Parrakning 2 valga oʻtkazilgan joyida siquvchi salnik 5 oʻrnatilgan boʻlib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi 4 prujina yordamida parrakning 2 silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi.
    Siquvchi salnik 5, parrak joylashgan boʻshliqdan podshipnik oʻrnatilgan korpus 1 boʻshligʻiga suyuqlikni sizib oʻtishiga yoʻl qoʻymaydi. Suv nasosi silindrlar blokining oldingi devoriga mahkamlangan boʻlib, tishli tasma orqali tirsakli val shkividan harakatga keltiriladi.


    Download 133,16 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




    Download 133,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

    Download 133,16 Kb.