• ________________________________” FANIDAN Mustaqil ish
  • Tezlik va sarf o’lchash asboblari Reja: I Kirish II Asosiy qism.
  • О’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligi islom kаrimov nomidаgi toshkent dаvlаt texnikа universiteti olmаliq filiаli




    Download 5,13 Mb.
    bet1/2
    Sana23.01.2024
    Hajmi5,13 Mb.
    #143787
      1   2
    Bog'liq
    gidravlika mustaqil ish
    Представим что я работаю в салоне красоты «, Тз Электроагрегат АБП 5,5 Т230ВХ, Mavzu Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari-fayllar.org, Kapadokiya, письмо Ташалиева У.У, blank-akt-ustanovki-oborudovaniya, navroz bajrami urf-udumlari urf-odatlar, 21.12.1995, Dastgohini kinematik strukturasi, 5-mavzu Qotishmalar va ularning turlari, Ingliz tili zamonlar, Payvandlash , Sklaf, 123, Amaliy ish 1

    ОZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O’RTА MАXSUS TАLIM VАZIRLIGI ISLOM KАRIMOV NOMIDАGI TOSHKENT DАVLАT TEXNIKА UNIVERSITETI OLMАLIQ FILIАLI

    ________________________________” FAKULTETI


    ________________________________” KAFEDRASI
    ________________________________” FANIDAN

    Mustaqil ish



    _____________________________________________


    Guruh: ____________
    Bajardi: ____________
    Tekshirdi: ____________
    Olmaliq 2023-yil


    Tezlik va sarf o’lchash asboblari

    Reja:
    I Kirish
    II Asosiy qism. Tezlik va sarf o‘lchash usullari hamda asboblari haqida.
    1. Hajmiy usulida o‘lchash.
    2. Og‘irlik usulida o‘lchash.
    3. Suv o‘Ichagichlar turlari.
    III Xulosa
    IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini o‘rganuvchi hamda bu qonunlami texnikaning har xil sohalariga tadbiq etish bilan shug‘ullanuvchi fan gidravlika deb ataladi. Gidravlika suyuqliklarda kuchlaming tarqalishi va uning harakat davomida o‘zgarib borishi qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalami hisoblash hamda loyihalashga tatbiq etish bilan ham shug‘ullanadi. Gidravlika shuningdek, gidrotexnika, irrigatsiya, suv ta’minoti va kanalizatsiya, nefit mexanikasi kabi bir qancha fanlaming asosi hisoblanadi. Insoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq suvdan foydalanish hayotda ma’lum o‘rin egallagan. Arxeologik tekshirishlar juda qadim zamonlardanoq (eramizdan 4000-2000-yillar avval) turli gidrotexnika inshootlari qurishni bilganliklarini ko'rsatadi. Hozirgi zamon neft sanoati va texnikasida o‘zbek olimi X.A.Raxmatulin asos solgan ko‘p fazali muhitlar gidrodinamikasi muhim ahamiyatga ega ishlardan hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshiralayotgan islohotlaming muvaffaqiyatida, jumladan irrigatsiya va melioratsiya, sug‘orish tizimi, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik sanoati va texnikaning bir qancha sohalarida gidravlikaning ahamiyati beqiyosdir.
    Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi. Sarfni

    1. Doimiy perepadli (rotametr);

    2. Oʻzgaruvchan perepadli (Diafragma);

    3. Tezlik xisoblagichlari;

    4. Induksion sarf oʻlchagichlar;

    5. Hajm oʻlchagichlar yordamida aniqlash mumkin.

    Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat holatiga koʻra, ushbu modda uchun faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda yuqori harorat va bosim ostidagi reaksiyalar natijasidan keyingi holat sarfi oʻlchanishi mumkin, ammo har bir modda uchun uning solishtirma zichligi, molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi. Shuningdek har modda uchun meʼyoriy harorat va bosim ham alohida hisoblanishi mumkin. Odatda gazlar harorat oshgan sari hajmi ortib boradi. Bu holatda hajmiy sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf hisobi meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va haroratga koʻra oʻlchangan sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf hisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20 C harorat qabul qilinadi.
    Hajmiy usulda tekshirilayotgan oqimdan suyuqlik maxsus darajalangan idish (menzurka) ga tushadi. Idishning to‘lish vaqti sekundomer yordamida aniq o‘lchanadi. Agar idishning hajmi V, o‘lchangan vaqt T bo‘lsa, hajmiy sarf quyidagiga teng bo‘ladi:
    Q=V/T
    Oqimning harakat kesimi ma’lum bo‘lsa, uning tezligi ushbu formula bilan aniqlanadi.
    Og‘irlik usulida biror idishga oqimdan suyuqlik tushiriladi. Tarozida o ‘lchash yo‘li bilan idishdagi suyuqlikning og‘irligi topiladi. Idishning to’lish vaqti T bo‘lsa, og‘irlik sarfi quyidagiga teng:
    G=GV/T
    Suyuqlikning hajmiy sarfi og‘irlik bo‘yicha sarfini solishtirma og‘irlikka bo’lish yo‘li bilan aniqlanadi:
    Q=G/T

    Bu usullar, albatta, kichik miqdordagi sarflami o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Katta sarflarni o’lchash uchun esa juda katta o’lchov idishlari kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, quvur va kanallarda sarfni yuqoridagi usul bilan o‘lchaganda oqimning tuzilishi o‘zgaradi va o‘lchash natijasi katta xatolar bilan chiqadi. Shuning uchun ko‘pincha quvurlar va kanallardagi sarf boshqa usullar bilan o‘lchanadi.


    Venturi suv o‘Ichagichi maxsus quvurdan suv o‘tishiga asoslangan bo‘lib, tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo‘qdir. (1-rasm). Bu asbob talabga qarab vertikal yoki gorizontal joylashtiriladi. Uning gorizontal holdagisini ko‘ramiz.
    Venturi suv o‘lchagichi ikkita bir xil d1 diametrli 1 va 2 quvur bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘lib, ular 3 va 4 diffuzorlar hamda kichik d2 diametrli quvur bo‘lagi (patrubok) orqali tutashtirilgandir. Uning 1-1 va 2-2 kesimlariga pezometrik naychalar o’rnatilgan bo‘lib, ular shu kesimlardagi bosimlar farqi h ni ko‘rsatadi. Quvur gorizontal bo‘lgani uchun (z1 = z2), 1-1 va 2- kesimlariga Bernulli tenglamasi quyidagicha yoziladi:

    Bundan



    1-rasm. Venturi suv o’lchagichi

    Bu formula ideal suyuqlik uchun chiqarilgan. Haqiqatda ikki kesim o'rtasida bosim pasayishi va tezliklaming kesim bo‘yicha bir tekis tarqalmaganligi uchun yuqoridagi formula bo‘yicha olingan natija haqiqiy sarfdan farq qiladi. Shuning uchun sarf formulasiga tuzatma koeffitsiyent m ni kiritamiz:

    m koeffitsiyentining qiymati turli suv o ‘lchagichlar uchun har xil bo‘lib, ular tegishli suv o’lchagich uchun tajribada aniqlab

    2-rasm. Suv o’lchagich shayba
    qo‘yiladi. Hisoblash ishlarida sarf, odatda, quyi dagi soddalashtirilgan formula bilan hisoblanadi:

    koeffitsiyent suv о‘Ishagich doimiysi deb ataladi va har bir berilgan suv o'lchagich uchun hisoblab qo‘yiladi.
    Suv o ‘lchagich shayba (diafragma) ikki quvur bo‘lagi o ‘rtasiga o ‘matilgan halqadan iborat bo‘lib (2- rasm) uning ichki aylanma teshigining chekkalari 45° burchak ostida qiyalangan yoki oqib o ‘tuvchi oqimcha shaklida silliqlashgan (soplo ko‘rinishda) bo‘ladi. Halqaning ikki tomoniga ikki pezometr yoki differentsial manometr o ‘matilgan bo'lib, ular diafragmaning ikki tomonidagi bosimlar farqini aniqlashga yordam beradi.
    Sarf pezometrlardagi suyuqlik sathlarining farqi orqali, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

    c1 koeffitsiyent har bir diafragma uchun tajriba asosida aniqlanadi.
    Vertushka (pirildoq) va 1 2 ga o ‘rnatilgan aylanma kurakchalar 1 ga ega bo‘lgan g‘ildirak bo‘lib, asosiy korpusga mahkamlanadi (3-rasm). Vertushka suv oqimiga to‘g‘ri yo‘naltirilishi uchun korpus 4 ga qanotcha o ‘matilgan. Vertushkadan o ‘tkazgichlar 3 elektr qo‘ng‘iroq tortilgan bo‘lib, kurakchalar aylanganda elektr zanjirini tutashtiradi va qo‘ng‘iroq jiringlaydi yoki maxsus schyotchik aylanish sonini avtomatik hisoblaydi. Suvga tushirilgan vertushkalaming kurakchalari suvning tezligiga qarab sekinroq yoki tezroq aylanadi. Shuning uchun suyuqlikning tezligi schyotchikning ko‘rsatkichi yoki vaqt birligida qo‘ng‘iroqning jiringlash soniga qarab aniqlanadi. Kanallarda suyuqlik sarfini topish uchun ulaming ko‘ndalang kesimini elementar yuzalarga bo‘lib chiqamiz (4-rasm). Bu yuzalarning geometrik markazlarida tezliklarni vertushka yordamida o’lchab, ulami yuzalarga ko‘paytirsak, har bir kesim bo‘yicha sarf kelib chiqadi:


    4-rasm Pirildoq

    Bu usul gidrometrik o ‘lchashlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir.
    Pito naychasi uchi to‘g‘ri burchak hosil qilib egilgan naycha bo‘lib, uning egilgan uchi suyuqlik oqimi yo‘nalishiga qarama-qarshi qilib qo‘yiladi. Naychaning ikkinchi uchi suyuqlikdan tashqariga chiqib turadi. (3.21-rasm a). Bu holda ozod sirtda va naychadagi suyuqlik sathida bosim atmosfera bosimga teng. Shuning uchun naychadagi suyuqlikning balandligi h oqimning tezlik bosimini beradi, ya’ni:

    Download 5,13 Mb.
      1   2




    Download 5,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligi islom kаrimov nomidаgi toshkent dаvlаt texnikа universiteti olmаliq filiаli

    Download 5,13 Mb.