• Nazorat savollari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Texnologiyalar. ―Texnologiya‖ grekcha so‘z bo‘lib mohirlik, ustalik, biror 
    ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma‘lum bir jarayonga nisbatan qo‘llanilgan. 
    Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar majmui 
    tushunilgan. Ushbu jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi 
    va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy hollarda 
    texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan 
    xomashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining 
    o‘zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror 
    bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir. 
    Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifati ham
    mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob‘ekt, jarayon yoki hodisa 
    to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma‘lumot bo‘ladi. Texnologiya xodimning 
    axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon 
    bo‘ladi. Axborot texnologiyasi ob‘ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon 
    yoki voqeaning yangi xususiyati to‘g‘risida axborot olish uchun ma‘lumotlarni 
    yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan 
    jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki 
    tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Axborot texnologiyalari fanining maqsadi nimalardan iborat ?
    2. Axborot texnologiyalari fanining vazifalari nimalardan iborat ?
    3. Axborot texnologiyalari qanday belgilar asosida tavsiflanadi? 
    4. Axborot mahsulotlari tarkibiga nimalar kiradi? 
    5. Axborot texnologiyasi deganda nimani tushuniladi? 
     
    1.2.―Qurilishda axborot texnologiyalari‖ fanining mohiyati, maqsadi va 
    vazifalari. 
    Axborot texnologiyasining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo‘lib, 
    uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo‘l urish uchun tegishli qaror 
    qabul qilish. 


    12 
    Axborotlarni yig‘ish, uzatish, to‘plash, saqlash, taqdim etish va foydalanish 
    uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot 
    texnologiyasi avtomatlashgan va an‘anaviy (qog‘oz) ko‘rinishija amalga oshiriladi. 
    Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir 
    texnologiyaning mohiyatiga bog‘liq. 

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti

    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish