14
BOB-2. QURILISHDA AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARINING TASNIFI
2.1. Axborot tushunchasi va turlari.
Axborot tushunchasi. О‗zbekiston Respublikasining 2002 yil 12
dekabrdagi 439-II son ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‗g‗risida‖gi
Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar
shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar tо‗g‗risidagi
ma‘lumotlardir.
Axborot keng qamrovli tushuncha bо‗lib, unga quyidagicha ta‘riflar ham
berish mumkin.
1. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim
hamda
tushunchalar yoki buyruqlar;
2. Ma‘lum xos matnda aniq ma‘noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil,
voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilimlar
majmui;
3. Qiziqish uyg‗otishi mumkin bо‗lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim
bо‗lgan jami dalil va ma‘lumotlar. Kitob matni,
ilmiy formulalar, bank hisob
raqamidan foydalanish va tо‗lovlar, dars jadvali, о‗lchash majmualarining yer va
fazo stansiyasi о‗rtasidagi masofa tо‗g‗risidagi ma‘lumotlar va hokazolar axborot
bо‗lishi mumkin.