24
Protsessor – bu kompyuterning asosiy mikrosxemasidir yoki boshqacha
aytganda kompyuterning ―miyasi‖. U xotirada joylashgan dasturiy kodlarni
bajarishni va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Uning ishni bajarish tezligi
kompyuterning tezligini anqlaydi. Protsessor maxsus yacheykalardan tashkil
topgan bo`lib, ular registrlar deb ataladi. Shu registrlarda buyruqlar joylashgan
bo`lib, protsessor tomonidan boshqariladi. Protsessorning ishi shundan iboratki
xotiradan ma‘lum bir buyruqlar ketma – ketligi va ma‘lumotlarni tanlanib
bajariladi.
ShK larda albatta, markaziy protsessor (Central Processing Unit - CPU )
bo`lishi shart. U barcha asosiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Ko`pincha ShK
qo`shimcha soprotsessorlardan tuzilgan bo`lib, ular ma‘lum bir maxsus
funksiyalarni effektiv bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, matematik
soprotsessor raqamli berilganlarni qayta ishlaydi, grafik soprotsessorlar grafik
tasvirlarni qayta ishlaydi va h.k.
Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u
ma‘lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Birinchi mikroprotsessorlar
1971 yilda amerikaning Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mikroprotsessor asosan arifmetik - mantiqiy va boshqarish qurilmalaridan
tashkil topgan. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni
bajaradi. Arifmetik – mantiqiy qurilma boshqaruv qurilmasi boshqaruvida
protsessorga kelayongan berliganlarni arifmetik va mantiqiy ko`rinishga
aylantiradi.
ShK
larning
tezligi
mikroprotsessorlar
tezligiga
bog`liqdir.
Mikroprotsessorning tezligi esa o`z navbatida uning razryadiga va taktik
chastotasiga bog`liqdir.