• Tezkor xotira
  • Doimiy xotira
  • Kompyuter xotirasi va uning turlari




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Kompyuter xotirasi va uning turlari 
    Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan 
    qurilmadir. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va 
    boshqalar. 


    25 
    Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin 
    bo`lgan) kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish 
    uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni 
    alohida takidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan 
    dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Tezkor xotira juda tez yozishi va o`qishi 
    bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining sababi, u juda tez ishlaydi va 
    protsessor berilganlarni xotiradan o`qishida yoki yozishida kutishiga hojat yo`q. 
    Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb 
    ataladi. Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo`yiladi. Xotira 
    modullari ikki xil bo`ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM 
    modullar). Pentium protsessorli kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish 
    kerak (sistema platasiga o`rnatishda hamma vaqt juft sonda bo`ladi). DIMM 
    modullarni bittadan o`rnatish mumkin. Bitta platada har xil modullarni o`rnatish 
    mumkin emas. 
    Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi quyidagicha: 
     
    xotira hajmi; 
     
    murojaat vaqti. 
    SIMM modullari 4, 8, 16, 32, 64 Mbayt hajimga ega; DIMM modullariniki 
    esa 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mbayt. Murojaat vaqti xotira yacheykalariga murojjat 
    qilishda qancha kerak bo`ladigan vaqtni ko`rsatib, vaqt qancha kam bo`lsa shuncha 
    yaxshidir. Bunda vaqt nanosekunda o`lchanadi. SIMM modullarida – 50 – 70 ns, 
    DIMM modullarida esa – 7 – 10 ns. 
    Doimiy xotira (Read Only Memory – ROM – faqat o`qish uchun). Bunda, 
    berilganlar (standart dasturlar) unga avvaldan xotira mikrosxemasiga ishlab 
    chiqarilgan zavodida joylashtirilgan bo`ladi va berilganlarni o`zgartirish talab 
    qilinmaydi. Bunday xotiradan faqat unda saqlanayotgan ma‘lumotlarni o`qish 
    mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. ROM da kompyuter 
    o`chirilganda ham ma‘lumotlar saqlanadi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira 
    kompyuter jihozlarining ishlashini tekshirish, operatsion tizimning boshlang`ich 


    26 
    yuklanishini ta‘minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini 
    bajarish uchun ishlatiladi. 
    Kompyuter ishga tushganda uning tezkor xotirasida hech qanday ma‘lumot 
    bo`lmaydi, chunki yuqorida ta‘kidlaganimizdek tezkor xotirada kompyuter 
    o`chirilganidan so`ng hech qanday ma‘lumot saqlanmaydi. Lekin, kompyuter ishga 
    tushganidan protsessorga buyruq kerak. Shuning uchun protsessor unga ma‘lum 
    bo`lgan maxsus boshlang`ich manziliga murojaat qiladi, ya‘ni birinchi buyrug`iga. 
    Bu manzil ROM yoki doimiy xotiradir. Doimiy xotiradagi dasturlar majmuyi 
    BIOS (Basic Input Output) kiritish/chiqarish tizimning bazasini tashkil qiladi. 
    Bu dasturlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular tizimning tarkibi va 
    ishga yaroqliligini tekshiradi hamda klaviatura, monitor, yumshoq va qattiq disklar 
    orasidagi bog`lanishni ta‘minlaydi. 

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish