• Katta kompyuterlar
  • Shaxsiy kompyuterlar
  • Noutbuk kompyuterlar.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi 
    masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob–
    havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning 


    20 
    kechishini o`rganish masalalari, global informatsion tizimlar va h.k. keltirish 
    mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Super 
    kompyuterlarning ma‘lum yo`nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham 
    mavjud. 
    Katta kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni 
    yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super 
    kompyuterlarnikiga qaraganda bir–ikki pog`ona past. 
    Mini kompyuterlar hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta 
    kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning 
    o`lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni 
    egallaydiganlari yaratilmoqda. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy maqsadlar 
    uchun ishlatilgan va maxfiy hisoblangan. 
    Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oily o`quv 
    yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos 
    kompyuterlardir. 
    IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar 
    ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir 
    – biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. 
    Noutbuk kompyuterlar. Ularning hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo 
    bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib 
    bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga 
    o`rnatilgan batareyalardan ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) 
    ishlash mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi 
    zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. 
    Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari 
    ishlab chiqilmoqda. Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari 
    Kompyuterning ishlash printsipini birinchi ingliz olimi Charliz Bebich va uning 
    g`oyasining mukammalshgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning 
    printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma – ket ishlash 
    g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p rusumli kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. 


    21 
    Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya‘ni bir vaqtda 
    dasturning bo`laklarini ketma – ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham 
    yaratilganligini ko`rsatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan 
    tuzilgan dastur asosida ishlaydi.
    O`z navbatida, dastur qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun 
    qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma –ketligidir. 
    Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida 
    kompyuterlar tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, 
    ma‘lum qoidalar asosida yoziladigan ketma – ketliklardan iborat. Fon Neyman 
    printsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning 
    xotirasiga yuklanadi. Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir 
    operator ishni ketma – ket bajaradi. 

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti

    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish