19
BOB-3. KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINI TADBIQ QILISHNING
TEXNIK VOSITALARI
3.1. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari.
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat
hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham
amallar bajaradi. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan
iboratdir. Avvalo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz
kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta,
sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgargi
universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan, ko`p masalalarni yechish uchun bu
kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Kompyuterlarning amalda
turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari
yuqori bo`lgani uchun ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir
rivojlangan mamlakatda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi,
ma‘lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh
guruhga bo`lish mumkin:
super kompyuterlar (Super Computer);
katta kompyuterlar (Manframe Computer);
mini kompyuterlar (Minicomputer);
shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer);
bloknot kompyuterlar (Notebook).